Get Mystery Box with random crypto!

IMHO

Telegram kanalining logotibi imho_my — IMHO I
Telegram kanalining logotibi imho_my — IMHO
Kanal manzili: @imho_my
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.46K
Kanalning ta’rifi

Kanalda bir insonni oʻylantirgan 💡IMHO fikrlar, exclusive yangiliklar 💥, foydali maʼlumotlar✅ berib boriladi.
Reklama va murojaatlar uchun bot:
t.me/imho_my_bot
📩INSTAGRAM: https://instagram.com/imho_my?igshid=ZDdkNTZiNTM=

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-05-03 20:02:39
Nimani his qildingiz?

Reaksiya orqali munosabat bildiring.

@imho_my
10 views17:02
Ochish/sharhlash
2023-05-03 17:27:26
#susambil_universitet

Nega u holda bizga shu paytgacha instagramga qanday rasm qoʻysa, koʻproq layk yigʻishini oʻrgatishmagan ekan-a?!

@imho_my
12 views14:27
Ochish/sharhlash
2023-05-03 15:41:54
Jamiyatda iyerarxiya kuchli

Garchi Konstitutsiya va "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi"da hammaning birday tengligi belgilab qoʻyilgan boʻlsa-da, haqiqiy real hayotda unday emas. Chunki "iyerarxiya" soʻzi "ustunlik" degan maʼnoni beradi. Bizda kimdir kimdirdan ustun rostan: yoshi katta yoshi kichikdan, boy kambagʻaldan, amaldorlar oddiy xalqdan oʻzini ustun koʻradi. Bunday ustunliklarda jamiyat bir tekis rivojlana olmaydi. Chunki taraqqiyot jamiyatning har bir jabhasini qamrab olishi kerak. Iyerarxiya tufayli esa buning imkoni yoʻq. Shu boisdan ham rivojlangan mamlakatlarda iyerarxiya koʻrsatkichi ancha past.

@imho_my
13 views12:41
Ochish/sharhlash
2023-05-03 11:59:54
Siyosat desa birdan qoʻrqib qoladigan xalqmiz

Qachonki siyosatdan gap boshlansa, koʻpincha uni tinglashdan toʻxtashadi, yetmaganiga u toʻgʻrisida gapirmaslikni maslahat berishadi. Siyosat ham alohida fan va uni bilish, oʻrganish kerak, shundagina jamiyatdan yaxshi siyosatchilar yetishib chiqadi. Siyosatga umuman aralashmaslik xalqni oʻzidan bexabar qiladi. Chunki "siyosat" soʻzining maʼnosi "boshqarish"dir. Bunda xalq oʻz-oʻzini idora qilishdan ham qochayotgan boʻladi.

Shunday gap bor: "Siyosat bilan ishi boʻlmagan xalqni xalq bilan ishi boʻlmagan siyosatchilar boshqaradi".

@imho_my
16 views08:59
Ochish/sharhlash
2023-05-03 06:11:31
Nega devonayi Mashrab va doim iztirob chekadigan Farhod?

Mashrab va Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonidagi Farhod obrazining doimiy gʻamgin holatda yurishi faqatgina ularning darveshona feʼl-atvori hamda tasavvufning talablari bilan bogʻliq emas. Masalan, Farhodning hamma narsasi bor boʻlgan va qoʻlidan deyarli hamma narsa kelgan. Mashrab ham oʻtkir aql sohibi, jarangdor shoir hisoblangan. Lekin negadir ikkalasining koʻngli ham gʻam uyi boʻlgan. Bunga sabab Alisher Navoiy va Mashrab davridagi muhit, odamlarning ilmsizligi va qashshoqligi deb oʻylayman. Chunki Navoiy yashagan davrda Temuriylarning bir-biri bilan janglari avj pallaga yetgan boʻlsa, Mashrab yashagan zamonda xonliklar bir-birini qirish bilan ovora edi.

Agar oshiqligʻim aytsam, kuyib jon-u jahon oʻrtar,
Bu ishq sirrin bayon etsam, taqi ul xonumon oʻrtar!
( Mashrab)

@imho_my
17 views03:11
Ochish/sharhlash
2023-05-02 20:01:56
Nimani his qildingiz?

Reaksiya orqali munosabat bildiring.

@imho_my
18 views17:01
Ochish/sharhlash
2023-05-02 18:20:21
Podshoh va kimdir misolida tushuntirilmasligi kerak

Bizga maktabda ham maʼlum bir insoniy fazilatning afzalligini podshoh va oddiy xalqdan kimdir misolida koʻrsatib berishgan. Masalan, yaxshi soʻzning, tilning ahamiyatini "podsho hamma qarindoshlaridan koʻp yashaydi" desa, tilning asalligi, "podshoning hamma qarindoshi oʻlib, yolgʻiz qolib ketadi" desa tilining zaharligi hisoblanarkan. Ha, rostan shunaqa. Fikrni ifodalashda tildan toʻgʻri foydalanish lozim. Lekin, iltimos, buni podsho va oddiy xalqdan kimdir yoki vazir misolida tushuntirmang. Bu axir maddohlik, xushomad emasmi?!

Bunday insoniy fazilatlarning ahamiyatini koʻrsatganda, iloji boricha, podshoh mavzusidan boshqa mavzuda tushuntirilishi darkor.

@imho_my
18 views15:20
Ochish/sharhlash
2023-05-02 16:25:35
Instagram "istoriya"larida nega koʻpchilik siqiladi?

Ha, koʻpchilik instagram "istoriya"siga siqilish videosi yoki hamma narsaning ustidan kuladigan hazil koʻngilochar video qoʻyadi. Boshqacharoq kontent joylasa boʻlmaydimi? Boʻladi, lekin, agar sizda filtr boʻlmasa va unda qiladigan zarur ishingiz, oladigan bilimingiz boʻlmasa hamda siz instagramga shunchaki koʻngilxushlik uchun yoki kimnidir kuzatish uchun kirsangiz, Instagramga kirishning oʻzi depressiyaga sabab boʻladi va siz natijada hayotdan bezish, ezilishga oʻxshash kontentlarni oʻz "istoriya"ngizga joylay boshlaysiz. Shu bois ham koʻpchilikning instagram "istoriya"sini stress videolar "bezab turibdi". :)



@imho_my
16 viewsedited  13:25
Ochish/sharhlash
2023-05-02 14:10:00
Bahs, munozara, debat boʻlishi kerak

Oʻzbekiston parlamenti — Oliy Majlis yigʻilishlarida ikkita deputat bir-biri bilan tortishib qolsa, bunga boshqacha qarashadi. Toʻgʻri, nizoga, urishishga bormasligi kerak. Lekin madaniy bahs, munozara boʻlishi darkor. Chunki aslida "parlament" soʻzining oʻzi "soʻzlashish", "gapirish" deb tarjima qilinadi. Parlament yigʻilishlarida muammolar koʻtarilishi, hal qilinishi kerak. Bunda fikrlar qarama-qarshiligi boʻlishi tabiiy hol va bu normal holat. Yoqalashishga bormagan holda muammo hal qilinmaguncha fikrlashish, bahslashish zarur. Bu muammolarning bartaraf etilishi, kamchiliklarning kamayishiga sabab boʻladi va bu ijobiy holat.

@imho_my
16 views11:10
Ochish/sharhlash
2023-05-02 12:18:31
Bilim olishdan, bilim berishdan oldin psixologik travmalar bilan ishlash kerak

Notoʻgʻri tarbiya, eskirgan mentalitet hamda qotib qolgan stereotiplar jamiyatda alamzadalikni avj oldiradi. Alamzada jamiyat esa taraqqiyotga erisholmaydi. Yuksak marralarni koʻzlashdan oldin birlamchi va mayda koʻringan muammolarimni hal qilishimiz kerak.

Bu shunday ishlaydi: kichik narsalarsiz katta narsa qurib boʻlmaydi. Qachonki biz ruhiy xotirjamlikka, ruhiy barqarorlikka erishsakkina haqiqiy bunyodkorlik namoyish eta olamiz. "Milliy gʻoya va maʼnaviyat asoslari" fanidagi bunyodkorlik bilan bogʻliq jumlalarni oʻqib yaratuvchan, kreativ boʻlib qolmaymiz.

@imho_my
15 views09:18
Ochish/sharhlash