Get Mystery Box with random crypto!

Seniki, meniki... Hukumat har doim ma'lum missiyani amalga os | IMHO

Seniki, meniki...

Hukumat har doim ma'lum missiyani amalga oshirish uchun qo'llayotgan propogandasida qandaydir kalit so'zlardan foydalanmoqda.

2017-yil: Harakatlar strategiyasi, besh tashabbus.
2021-yil, Prezident ikkinchi muddatga saylanish arafasida: Inson qadri uchun, Yangi O'zbekiston.
2023-yil, Konstitutsiyani o'zgartirish arafasida: Meniki, seniki, hammamizniki.

Bu tendensiya qanchalik ish beryapti, bilmadim. Lekin, mazkur kalit so'zlar ichida yashirin ma'no bor ekan. Masalan, oxirgi hafta bo'lgan voqealarni misol qilaylik:

• Mehribonlik uyida zo'rlangan yosh qizlar — seniki yoki meniki bo'lishi mumkin edi. Ular hammamizniki edi.

• Atigi 17 yosh qizni 11 kishi zo'rlasa ham, "o'zida ham ayb borda" deydigan razil jamiyat — inson qadri uchun qilinayotgan ishlar samarasidir balki.

• Ro'zadorlarga majburan suv ichdirgan hokimlar ham, hirsiga qul adliyachilar ham, bolalari va o'zini 9-etajdan tashlagan ayol ham, qizlar yotoqxonasi yashirin kamera o'rnatganlar ham, yomg'ir yog'sa suvga g'arq bo'ladigan poytaxt ham — Yangi O'zbekiston yuziga tutilgan oyna aslida.

5 yil oldin maktabda harakatlar strategiyasi yodlashni so'rashardi. Bugun strategiyamiz ish berdi shekilli, openbyudjetga ovoz so'rab yurishibdi.

5 tashabbusni ranglarigacha aytib berish majburiy edi, biroq maktabni bitirgach bu safsatalar hech qayerda kerak bo'lgani yo'q. Aksincha yangidan-yangi shiorlar va balandparvoz gaplar bolaladi.

Qisqasi, tarix zamonaviy tarzda takrorlanmoqda va biz uning bir qismiga aylanyapmiz. Nachora...

Infinity

@imho_my