Get Mystery Box with random crypto!

IMHO

Telegram kanalining logotibi imho_my — IMHO I
Telegram kanalining logotibi imho_my — IMHO
Kanal manzili: @imho_my
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.46K
Kanalning ta’rifi

Kanalda bir insonni oʻylantirgan 💡IMHO fikrlar, exclusive yangiliklar 💥, foydali maʼlumotlar✅ berib boriladi.
Reklama va murojaatlar uchun bot:
t.me/imho_my_bot
📩INSTAGRAM: https://instagram.com/imho_my?igshid=ZDdkNTZiNTM=

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2023-04-27 21:27:00 Bizning jamiyat qizlar uchun xavfli jamiyatmi?

Shu gapni qayerdadir eshitganman. Hamma joyda ayollarning huquqi, erkinligi, gender tengligi kabi gaplar koʻp aylanadi. Ammo adashtirmang, gender tengligi deganda ayollarning erkaklar bilan huquqlari tenglashtiriladi, vazifalari emas! Va tabiiyki, tenglik boʻlgandan keyin teng boʻlishi kerak, ustun emas!

Bizda bu narsa boʻyicha koʻp "oʻzimizning haqiqatlarimiz" bor. Lekin vaziyatga real baho beraylik. Biz vaziyatning yutuqli tomonlarini emas, kamchiliklarini topib, ularni bartaraf etmogʻimiz lozim. Rostan ham oʻzbek jamiyati qizlar uchun shunchalar xavflimi? Inson zoti turlicha boʻlgani uchun ham qizlarning hammasini "bir goʻr" deyish toʻgʻri emas. Har kim har xil muhitda har xil vaziyatda har xil odamlar orasida turlicha shakllanadi. Kimdir pazanda boʻlib voyaga yetsa, kimdadir soʻzamollik yaxshi rivojlanadi, yana kimdadir qoʻpollik koʻproq boʻlsa, kimdir oʻz ayollik nafosatini yoʻqotib qoʻygan boʻladi. Kamdan kam hollarda sogʻlom fikrlaydigan, oʻzini va boshqalarni hurmat qiladigan, mustaqil fikrli qizlar koʻzga tashlanadi.

Jamiyatimizdagi qizlarga qarasak, ularda bunday xarakterning shakllanishida maʼlum sabablar rol oʻynagan: sogʻlom fikrli qizlarda tarbiya yaxshi boʻlgan, ota-onasi doimiy qoʻllab-quvvatlagan, jahldor va qoʻpol qizlarga yaqinlari shunday muomala qilishgan, oʻziga ishonchi sust, xafaxon qizlarga kamroq eʼtibor, mehr berilgan... Xullas, har qaysisining oʻz tarixi, oʻz sababiyati bor. Shu bois hozir jamiyatimizdagi qizlarni biz 2 yoki 3 turga ajratolmaymiz. Ular turlicha: soliha, uyalchang, shaddod, qoʻrs, havoyi, beparvo, quvnoq, tabiiy va hokazo... Har qaysisi aslida xohlaymizmi-yoʻqmi jamiyatimizning bir qismi, ajralmas boʻlagidir.

Mavzuga qaytadigan boʻlsak, qizlarning taqdirini, kelajagini, odatda, bizda ota-onalar, kattalar, yaqin qarindoshlar belgilashadi. Ha, bizning qizlarga sogʻlom fikrlashni oʻrgatishmaydi. Ularni toʻgʻri muhitda tarbiya qilishmaydi. Tarbiya, albatta, har bir insonning hayotida juda muhim rol oʻynaydi.

Butun hayoti davomida ota-onasining barcha maslahatlariga soʻzsiz amal qilib, turmush qurish payti kelganda ham oʻz hayotini oʻzi belgilamasligi, albatta, xunuk jarayon. Ota-onalar ham turlicha boʻladi. Albatta, oʻz qizini sogʻlom muhitda tarbiya qilgan ota-onalar qizlarining raʼyiga qaraydi. Lekin, afsuski, jamiyatimizda oʻz qizlarini odamlarning gap-soʻzi, jamiyat muammolari, mentalitet sabab oʻzi bilmagan holda notoʻgʻri tarbiya qilib qoʻyayotgan yaxshi ota-onalar koʻpchilikni tashkil etadi. Yaʼni oʻzi ota-onalarning niyati yaxshi boʻladi, albatta, qizini tag-tugli, maʼlumli joyga uzatmoqchi boʻladi. Lekin buning oʻrniga qizlarni fikrlashga oʻrgatib, sogʻlom muhitda tarbiyalaganida yaxshi boʻlardi. Hozirda shunday ota-onalar jamiyatimizda koʻp. Axir sogʻlom fikrli qizlar kelajakda ona boʻlib, butun millat avlodlarini tarbiyalaydi-ku! Shunda jamiyat ham sogʻlom fikrli oʻgʻil-qizlardan tashkil topardi.

Endi ota-onalarning nega bunday yoʻl tutishlariga ham muayyan sabablar mavjud: ularning ota-onalari ham shunday qilishgan! Yaʼni, ularning koʻpchiligi oʻz xohishiga qarab emas, aynan ota-onasining tanloviga koʻra turmush qurishgan.

Ayollar mavzusi hozir turli boʻlimlarga ajralib, turfa xil yoʻnalishlarga boʻlinib ketgan: kimdir oʻz hayotini butunlay yaqin qarindoshlariga topshirib qoʻyib, hayotiga koʻnib yuribdi, yana kimdir turmushga chiqib, rostan baxtli yashab yuribdi, yana kimlardir oʻzgaruvchan, pozitsiyalarini oʻzgartirib turadigan rolga oʻtib olgan. Uchinchi toifadagi ayollar guruhi koʻpayib ketyaptimi deyman-da! Chunki ular ota-onasini ham rozi qilishi kerak, oʻzining ham istaklariga quloq tutishi lozim, maʼlum maʼnoda karyera ham qilishi kerak. Shu tarzda hammasini eplayotganlar ham yoʻq emas. Lekin, albatta, ular toʻlaqonli erkin emas va ularga qiyin, garchi ularning niyati xolis, hech kimga zarari yoʻq, yomon niyati boʻlmasa ham.
12 viewsedited  18:27
Ochish/sharhlash
2023-04-27 18:42:10
Yoqmagan ishda hech kimni yoqtirmasdan kun kechir!

Instagram: IMHO

@imho_my
15 views15:42
Ochish/sharhlash
2023-04-27 18:39:39
Kimni siznimi?

Instagram: IMHO

@imho_my
15 views15:39
Ochish/sharhlash
2023-04-27 17:09:23 Koʻk boʻri kezgan sarhad itlarga talosh endi,
Koʻtarilgan bosh emas, birgina quyosh endi,
Uchqun sochgan koʻzlarning topingani yosh endi,
Turkiy elning shiddati soʻnganga oʻxshayotir.

Sarbadorlar qonini sellar yuvib ketganday,
Millat uchun jon berar alpni devlar yutganday,
Ultontozlar kun sanab, e voh, shuni kutganday,
Elning kuni nomardga qolganga oʻxshayotir.

Yuz ellik yil otangni otganni ogʻa sanab,
Dili buzuq kelganning qadamiga gul qadab,
Yo, haq, deya yonganning mozoriga tosh qalab,
Saroyingga qargʻalar qoʻnganga oʻxshayotir.

Eldan chiqib elidan irganganlar koʻringay,
Oʻz tarixin oʻzgadan oʻrganganlar koʻringay,
Gʻujuri-yu zaboni oʻzgarganlar koʻringay,
Oʻz farzanding oʻzingni sotganga oʻxshayotir.

Kechang zavolga doʻndi, haykalday qotib boʻldi,
Sening bor nasibangni beklaring totib boʻldi,
Bugundan-ku ayrilding, ertangni sotib boʻldi,
Yoʻl koʻrsatar mayogʻing oʻchganga oʻxshayotir.

Burgut uchgan zovlarda quzgʻun bazm etmoqda,
Ildizingni kavshabon toʻngʻiz hazm etmoqda,
Ertangni belgilashga yotlar jazm etmoqda,
Qoshiq butun, qiliching singanga oʻxshayotir.

Kechagi yovqir nigoh bugun yerga qadalgan,
Vatan kutgan jasorat non topishga atalgan,
Boʻyin egik, qoʻl qadoq, tizzalaring qavargan,
Umid koʻzyosh shoʻridan soʻlganga oʻxshayotir.

Uygʻotay deb kelgan ul bahorlar bekor ketar,
Har tongda quyosh turtib, har shomda bezor ketar,
Boʻgʻzin yirtib shoirlar ming hayqirib, xor ketar,
Alloh, bu xalq shu holga koʻnganga oʻxshayotir.
Turkiy elning shiddati soʻnganga oʻxshayotir.

Manba: https://t.me/Najmiddin_Ermatov

She'r muallifi: Najmiddin Ermatov

@imho_my
17 viewsedited  14:09
Ochish/sharhlash
2023-04-27 16:10:46
Psixologik jihatdan menga kuchli taʼsir qilgan kitoblar TOP uchligi:
3. Robin Sharma — "Oʻlsang kim yigʻlaydi?"
2. Deyl Karnegi — "Qanday qilib doʻst orttirish va odamlarga taʼsir etish mumkin?"
1. Mark Menson — "Beparvolikning nozik sanʼati".

@imho_my
16 viewsedited  13:10
Ochish/sharhlash
2023-04-27 15:22:12
IMHOning maʼnosi nima?

IMHO — in my humble opinions, yaʼni mening kamtarin mushohadalarim deb tarjima qilinadi. Kanalda oʻzimning va menga yoqqan oʻzgalarning eng kamtarin fikr-mulohazalarini berib boraman.

Bundan tashqari oʻziga xos yangiliklar, foydali maʼlumotlar va manfaatli xabarlarni ham berib boraman.

@imho_my
18 views12:22
Ochish/sharhlash
2023-04-27 15:19:57
Inson 2 xil holatda kimdir bilan muloqot qilishda muammoga duchor boʻladi: yo undan ilm jihatdan oldinlab ketgan boʻladi yoki orqada yurgan boʻladi. Bizda hozir shu borada ham ierarxiya, yaʼni notenglik mavjud. Kimdirlar koʻp biladi, nimalarnidir gapirib yotadi. Tinglovchi esa uni tushunmaydi, eshitadi, ammo tushunmaydi. Bir xil yoshdagi insonlar orasida aynan shu narsa koʻp kuzatiladi. Yoshlar va kattalar orasida bu narsa tabiiy hol. Lekin tengdoshlar orasida bu narsaning koʻp sodir boʻlishi yaxshi emas. Ilmsizlik bizda aybdek goʻyo. Xuddiki ilm olsangiz, hammaning oldida kulgiga qolasiz. Ommadan ajralib qolgandek boʻlasiz. Tushunmovchiliklarning koʻpi ham shundan kelib chiqadi.

@imho_my
17 views12:19
Ochish/sharhlash
2023-04-27 15:09:08
Kechagina oqshomlari oy toʻlib nur sochar edi...

Madaniyat yoʻqolib boryaptimi? Chirigan Gʻarbni qoʻyib turaylik. Baribir ularning ilgʻor tajribalarini emas, faqat yomon jihatlarini oʻzlashtiryapmiz. Lekin nega oʻzimizda bor goʻzal odatlarimizni saqlab qola olmadik?! Nimagadir erishish uchun nimadandir voz kechish kerak deyishadi. Shunda biz erkinlik evaziga hayosizlikni, andishasizlikni boy berib qoʻydikmi?

Bir narsa aniq: madaniyat boʻlmagan joyda taraqqiyot boʻlmaydi. Avval oʻz madaniyatimizni rivojlantiramiz (amalda), keyin taraqqiy topishimiz mumkin boʻladi!

@imho_my
18 views12:09
Ochish/sharhlash
2023-04-27 14:07:09
Biz kimlarning avlodimiz?

Biz Ibn Sinoningmi yoki uning ishlarini shirk, harom degan odamlarning avlodimizmi?! Mirzo Ulugʻbekningmi yoki uni qatl etgan, oʻz farzandiga begona qilganlarning avlodimizmi?! Uning ishlarini dahriy sanagan, uning ishlarini qoralaganlarning avlodimizmi?! Beruniyningmi yoki uni sarson qilgan, Al-Buxoriyningmi yoki uni quvgʻin qilganlarning avlodimizmi?!

Ha, biz aynan buyuk bobokalonlarimizning emas, buyuk bobokalonlarimizni qiynagan odamlarning avlodimiz! Alisher Navoiy oila qurmagan, Amiri Temurning avlodlari esa butunlay qirilib ketgan! Boshqa bobolarimizning avlodlari ham ilmsizlashib, ommaning orasiga singib, yoʻq boʻlib ketgan!

@imho_my
15 viewsedited  11:07
Ochish/sharhlash
2023-04-27 13:02:52
ALISHER UZOQOV «1000 soʻmdan, akajonlar!» boʻyicha oʻz munosabatini bildirdi:
"San’atimizning kuni kimlarga qoldi..."(jon kuydirib)

P/S: Bunday saviyasiz koʻngilochar kontentlarning mashhur boʻlib ketishi xalqimizing sanʼatga munosabatini, qarashini belgilab beradi, aslida! :)

@imho_my
15 viewsedited  10:02
Ochish/sharhlash