Get Mystery Box with random crypto!

IMHO

Telegram kanalining logotibi imho_my — IMHO I
Telegram kanalining logotibi imho_my — IMHO
Kanal manzili: @imho_my
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.46K
Kanalning ta’rifi

Kanalda bir insonni oʻylantirgan 💡IMHO fikrlar, exclusive yangiliklar 💥, foydali maʼlumotlar✅ berib boriladi.
Reklama va murojaatlar uchun bot:
t.me/imho_my_bot
📩INSTAGRAM: https://instagram.com/imho_my?igshid=ZDdkNTZiNTM=

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-05-10 11:00:58
Kimdir axlatni tozalashi kerak edi...

@imho_my
21 views08:00
Ochish/sharhlash
2023-05-10 09:03:39 Oʻzimiz qarsak chaldik

Kimdir oʻz ishini qilsa, nega qarsak chalishimiz kerak? Hisobchi talabalarga stipendiyani oʻz vaqtida tushirib bersa, davlat xizmatchisi o`z vazifasini vaqtida va halol ado etsa, nega uni maqtovlarga, eʼtiroflarga koʻmib tashlaymiz? Nega?

Axir, ortiqcha maqtov va e`tiroflar laganbardorlikka olib kelishini bilamiz-ku!

Bir tanqidchi aytgandi: "Futbolda men hujumchilarni nega bunchalik koʻkka koʻtarishlarini tushunmayman, axir ular oʻz ishlarini qilishyapti-ku!"

P/S: Bu qarsaklar chin dildan boʻlsa, mayli edi, ammo koʻpchiligimiz nega qarsak chalayotganimizning sababini ham bilmay, shu zaylda davom etaveramiz.

@imho_my
22 views06:03
Ochish/sharhlash
2023-05-10 06:03:21
Shu narsa toʻgʻrimi, sizningcha?

@imho_my
21 views03:03
Ochish/sharhlash
2023-05-09 19:09:10
Sogʻinganlar bormi?

Reaksiya orqali munosabat bildiring.

@imho_my
25 views16:09
Ochish/sharhlash
2023-05-09 17:17:43
Nimani his qildingiz?

Reaksiya orqali munosabat bildiring.

@imho_my
26 views14:17
Ochish/sharhlash
2023-05-09 14:05:15 Oʻqimasdan kimdir boʻlish?

Yoʻq, muvaffaqiyatga erishish uchun, albatta, oʻqish kerak. Har qanday holatda oʻqish kerak. Universitetda taʼlim olish kerak demayapman, kitob oʻqish, izlanish, amaliyot qilish shart. Agar yaxshiroq mutaxassis yoki kattaroq biznesmen boʻlishni xohlasangiz ham oʻqishingiz darkor. Busiz iloji yoʻq.

@imho_my
27 viewsedited  11:05
Ochish/sharhlash
2023-05-09 11:09:01 Oʻzingiz oʻqishni xohlagan kitobingizni oʻqing

Koʻp kitob oʻqiydigan insonlarning maslahatini tinglang va ular orasidan faqat oʻzingiz xohlaganlarini oʻqing. Majburan hech qachon oʻqimang. Ular oʻqishga qattiq daʼvat qilgan kitoblarga ham bir kun yetib kelasiz, lekin hozir boʻlishi shart emas. Koʻnglingizga jizz etgan kitobni oʻqib, bosqichma-bosqich kitob oʻqib ketavering. Muhimi — mutolaa qilganingiz va undan olgan xulosangiz. Kitob oʻqish ham ruhiy, ham jismonan sizga yengillik baxsh etadi, qachonki siz uni yoqtirib, bosimsiz oʻqisangiz. Majburiy oʻqilgan kitob sizga hech nima bermaydi. Shu bois qalb tanlovlaringizdan kelib chiqqan holda kitob mutolaa qiling.

@imho_my
28 views08:09
Ochish/sharhlash
2023-05-08 19:06:31 #reading_challenge

Kitoblar.......


Kitoblar g‘oyalarni tarqatib, aholini nazorat qilishni ancha qiyinlashtiradi. Bu g‘oyalardan ayrimlari iqtisodiy o‘sishni kuchaytirish bo'yicha qimmatli yangiliklar bo'lishi, ayni paytda, ba'zilari buzg'unchi g‘oyalar bo‘lishi, mavjud siyosiy va ijtimoiy vaziyatga xavf tug'dirishi mumkin. Kitoblar, shuningdek, og‘zaki bilim egalarining ta'sir kuchini ham pasaytirib yuboradi, negaki kitoblar
savodi bor har kimga bilim olishni oson qilib qo‘yadi. Bu esa bilimlar elita* nazorat qiladigan mavjud vaziyatni izdan chiqarish xavfini yuzaga keltiradi.

Elita - mamlakatdagi barcha boylikni katta qismini amaldagi kichik bir insonlar guruhini qo'lida to'planishi. Shu insonlarga nisbatan ishlatilgan atama.


"Mamlakatlar tannazuli sabablari" kitobidan.

P.S. Kitob o'qimang. Nega deysizmi? Kitoblar sizni qarashingizni va fikrlashingizni tubdan o‘zgartirib, siz ortiq o'zingiz bilgan shaxs emassiz. Rivojlanish va yuksalishni xohlaysiz. Lekin.....


Manba: https://t.me/zokiroffpost

@imho_my
30 views16:06
Ochish/sharhlash
2023-05-04 09:29:36
Atrof-muhitingiz — doʻstlaringiz juda muhim

Doʻstlaringiz sizga nafaqat hayotdagi holatingizga, balki ijtimoiy tarmoqlarda tomosha qilayotgan kontentlaringizga ham oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Eʼtibor bersangiz, bir guruh doʻstlar jamoasi koʻpincha bir-biriga yaqin fikrlaydi. Garchi ular yaqindagina doʻstlashgan va avval boshqa toifadagi doʻstlar guruhida boʻlgan boʻlsa ham. Negativlar orasida boʻlsangiz, tabiiyki, siz ham biroz negativlashasiz. Ijobiy fikrlaydiganlar bilan boʻlsangiz esa ijobiylashib boraverasiz. Facebook va Instagramda bir-birini kuzatadigan akkaunt egasi bir kontentga layk bossa, shu narsa boshqa birsining tasmasida ham chiqib kelishini yaqindagina payqab qoldim. Shu bois atrof-muhitingiz har qanaqasiga toza tuting.

@imho_my
5 views06:29
Ochish/sharhlash
2023-05-03 20:04:26
Bolalardek yashaylik!
Axir bola bo'lganmiz-ku.
Nega eng buyuk bilimlarni , eng buyuk sirlarni unutib boryapmiz.
Biz bestseller deb o'qiyotgan shaxsiy rivojlanish haqidagi kitoblar bizni boladek yashashga o'rgatadi,xolos.

Ulanib qoʻyinglar, bu kanal hozircha bepul: https://t.me/allforus_lu

@imho_my
9 views17:04
Ochish/sharhlash