Get Mystery Box with random crypto!

IMHO

Telegram kanalining logotibi imho_my — IMHO I
Telegram kanalining logotibi imho_my — IMHO
Kanal manzili: @imho_my
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.46K
Kanalning ta’rifi

Kanalda bir insonni oʻylantirgan 💡IMHO fikrlar, exclusive yangiliklar 💥, foydali maʼlumotlar✅ berib boriladi.
Reklama va murojaatlar uchun bot:
t.me/imho_my_bot
📩INSTAGRAM: https://instagram.com/imho_my?igshid=ZDdkNTZiNTM=

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-05-11 16:01:37
Maslov piramidasi haqida

Birlamchi ehtiyojlarsiz yashab boʻlmaydi, ikkilamchi ehtiyojlarsiz esa yashash mumkin.

@imho_my
12 views13:01
Ochish/sharhlash
2023-05-11 13:55:35
Instagramda juda koʻp reels koʻradiganlarga maslahat

@imho_my
13 views10:55
Ochish/sharhlash
2023-05-11 11:17:12
Biz qulligimiz ramzini gerbimizga olib chiqqan millatmiz

Sarvar Karimov

@imho_my
15 views08:17
Ochish/sharhlash
2023-05-11 09:17:22
Oʻzingizga hech qachon past baho bermang!

@imho_my
14 views06:17
Ochish/sharhlash
2023-05-11 07:25:49
Jorj Oruellning "Molxona" asarini hamma oʻqishi shart deb oʻylayman

@imho_my
15 views04:25
Ochish/sharhlash
2023-05-10 18:27:50 Sunʼiy dofaminlar ish sifatingizni pasaytirib yuboradi

Sunʼiy dofaminlarga nimalar kiradi? Sizga sunʼiy lazzat beruvchi barcha narsalar sunʼiy dofamin hisoblanadi. Masalan, gazli ichimliklar (Cola, Pepsi, Fanta, Mountain dew va hokazo), shokoladlar(Alpen Gold, Nestle, KitKat va boshqa shokoladlar), shakar koʻp boʻlgan mahsulotlar (shirinliklar, Cofee, muzqaymoq va boshqa turdagi barcha shakar koʻp boʻlgan mahsulotlar).

Hatto, kino va musiqalar ham sunʼiy dofaminning turiga kiradi. Bu narsalar ham sizni sunʼiy tarzda maʼlum maʼnoda tinchlantiradi, sizga yengillik beradi. Chunki siz kinoni kinoteatrga borib koʻrmaysiz yoki musiqani jonli eshitmaysiz. Hammasini telefon orqali bajarasiz. Shuning uchun ham ular sunʼiy dofamin sanaladi.

Avval aytganimdek, ijtimoiy tarmoqlardagi barcha kontentlar ham sunʼiy dofaminning bir turi sifatida xizmat qiladi. Alkogol ichimliklarni koʻp ichish, tamaki va yana bir turdagi mahsulotni (nos deb qoʻyivur) surunkali chekish, turli xil giyohvand moddalarni haddan ziyod isteʼmol qilish ham sunʼiy dofaminning eng keng tarqalgan koʻrinishlaridan biri ekanini bilsangiz kerak.

Nimalar tabiiy dofaminga kiradi? Bizdan oldingi ajdodlarimiz isteʼmol qilgan, ular ham foydalangan narsalar. Masalan, suv, tabiiy ovqatlar, sabzavotlar, mevalar, uyqu, jismoniy faoliyat va hokazo.

Sunʼiy dofaminning zarari shundaki, siz unga osonlikcha erishasiz va sizda oʻqishga, izlanishga, oʻz ustingizda qattiq ishlashga motivatsiya qolmaydi. Natijada siz kitob oʻqimaysiz, yangi narsa oʻrganishga erinasiz va dangasa boʻlib qolasiz. Bundan tashqari stress va depressiyaga ham koʻp hollarda sunʼiy dofamin sabab boʻlishi isbotlangan. Shu tufayli ham sunʼiy dofaminni meʼyorida ishlatishni oʻrganishingiz kerak.

Hozirgi zamonda hamma yoqni faqat sunʼiy dofamin beradigan narsalar egallab olganligi uchun ulardan qochib qutulishning deyarli imkoni yoʻq. Shu bois ulardan, iloji boricha, kamroq foydalaning va maqsadlaringiz yoʻlida ildam davom eting!

P/S: Tabiiy dofamin ekan deb uyquni "yeb" yuravermanglar yana

@imho_my
18 views15:27
Ochish/sharhlash
2023-05-10 15:27:43
"Kung-fu panda"ning muxlislari bormi?

Reaksiya orqali munosabat bildiring.

@imho_my
19 views12:27
Ochish/sharhlash
2023-05-10 14:01:11 Kichiklashgan sari qiyinlashib boraveradimi?

Butun dunyo koinotdagi muammolarni hal qilib yurgan bir paytda biz mahallamizga gaz oʻtkazolmay yuribmiz. Ehtimol, mahallamizdagi yoʻllarimizni ravon qilishdan koʻra fazodagi jarayonlarni oʻzgartirish osonroqdir. Chunki dunyoni oʻzgartirishdan koʻra insonning oʻzini oʻzgartirishi mushkulroq-ku.

@imho_my
19 views11:01
Ochish/sharhlash
2023-05-10 13:06:40 Hamma haqiqatni bilishni istaydi

Dunyoning hamma bilimlarini egallasa ham, haqiqatni bilgan taqdirda ham, bilib yashash ham, bilmasdan yashash ham oson emas. Bilsa, aytolmasligidan siqiladi, bilmasa, bilmasligidan.

@imho_my
21 views10:06
Ochish/sharhlash
2023-05-10 12:01:00
Siz yomgʻirni sevishingizni aytasiz, lekin yomgʻir yogʻa boshlagach, soyaboningiz ochasiz.

Siz quyoshni yaxshi koʻrishingizni aytasiz, ammo darhol soyaroq joy izlashni boshlaysiz.

Siz shamolni yoqtirishingizni taʼkidlaysiz, biroq negadir oynalaringizni yopib olasiz...

@imho_my
20 views09:01
Ochish/sharhlash