Get Mystery Box with random crypto!

Aynan bugungi davr qizlarining oʻzgarib ketganiga ham shular s | IMHO

Aynan bugungi davr qizlarining oʻzgarib ketganiga ham shular sabab: qizlar erkin boʻlishni xohlashadi va baʼzi qizlar madaniyat va axloq chegarasidan chiqib ketishadi. Yaʼni qizlarimiz orasida nisbat juda yuqori-da: baʼzilar bor umuman hech nima talab qilmaydi va umuman oʻzining shaxsiy fikri yoʻq, baʼzilar bor fikr bildirishda qoʻpollik, kerak boʻlsa, dagʻallikdan, andishasiz soʻzlar ishlatishdan ham qaytishmaydi. Har tomonlama sogʻlom fikrlaydigan qizlar kam.

Hozir qizlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasini kuzatsangiz, aksariyatida hayotdan bezish, xafaxonlik, odamning koʻnglini ezib yuboradigan kontentlar juda koʻp. Toʻgʻri, ayol kishi hissiyotlarini ifodalashdan qoʻrqmaydi, dersiz. Lekin bu axir qizlarning ruhiyatidagi aks-sado-ku.

Endi jamiyatimizdagi qizlarga nisbatan sodir etilayotgan xunuk vaziyatlar toʻgʻrisida gapirmasam ham boʻladi. Bu narsalar haqida hamma gapirib boʻldi. Men shulardan tashqari qizlarda boʻlayotgan jarayon, bosim haqida gapirdim. Jamiyatimiz qizlar uchun xavflimi yoki yoʻqmi degan savolning javobini sizlarga qoldirdim.

@imho_my