Get Mystery Box with random crypto!

50-dars. So/such so'zlarining sifat va ravishlar bilan qo'llan | GREEN GRAMMAR

50-dars. So/such so'zlarining sifat va ravishlar bilan qo'llanishi (The fiftieth lesson: use of so/such words with adjectives and adverbs)

So - juda/shunday degan ma'nolarni bildiradi va oʻzidan keyin sifat yoki ravishni talab qiladi.
Eg. I didn't like the book .The story was so stupid. (so+sifat)
Eg. Nora drives the car so carelessly. (so+ravish)

Such - juda/shunday degan ma'nolarni bildiradi va oʻzidan keyin ot talab qiladi. Ot sanaladigan birlikda boʻlsa - noaniq artikl, sanalmaydigan yoki koʻplikdagi ot boʻlsa - hech qanday artikl qoʻyilmaydi. Such soʻzi va ot orasida sifat ham qoʻllanishi mumkin.
Eg. I didn't like the book. It was such a stupid story. (such+noaniq artikl+sifat+ birlikdagi sanaladigan ot)
Eg. Tom's parents are such nice people. (such+artikl yo'q+sifat+ko'plikdagi ot)
Eg. I couldn't eat such awful food. (such+artikl yo'q+sifat+sanalmaydigan ot)

So soʻzi sifat (yoki ravish), such soʻzi sifat ma'nosini kuchaytirish uchun qoʻllaniladi.
Eg. It's a beautiful day, isn't it? It's so warm. (...juda issiq)
Eg. It's difficult to understand him because he speaks so quietly. (...juda past ovozda gapiradi)
Eg. It was a great holiday. We had such a good time. (...juda zoʻr vaqt oʻtkazdik)

So va such soʻzlari ishtirok etgan gaplar that ergashtirib kelgan gap bilan qoʻllanilib, natija ergash gapli qoʻshma gap hosil qilishadi.
So...that+sentence:
Eg. The book was so good that I couldn't put it down. (Kitob shunchalik yaxshi ediki, men uni qo'limdan qo'ya olmadim)
Eg. I was so tired that I fell asleep in the armchair. (Men shunchalik charchagan edimku, kresloda uxlab qoldim)

Such...that+sentence:
Eg. It was such a good book that I couldn't put it down. (U shunchalik yaxshi kitob ediki, men uni qo'limdan qo'ya olmadim)
Eg. It was such good weather that we spent the whole day on the beach.

Biz so va such soʻzlarini bunday/bunchalik degan ma'noda ham qoʻllay olamiz.
Eg. Somebody told me the house was built 100 years ago. I didn't realise it was so old. ( ...bunchalik qadimiyligini bilmagan edim)
Eg. Somebody told me the house was built 100 years ago. I didn't realise it was such an old house. ( ...bunchalik eski uy ekanligini bilmagan edim)

Artiklsiz qoʻllaniladigan no such iborasiga e'tibor bering.
Eg. You won't find the word blid in the dictionary. There is no such word.

So+sifat+a/an+birlikdagi ot qurilmasiga ham e'tibor bering.
Eg. It is not so simple a problem as it seems.

Muddatni, masofani va miqdorni bildirishda so va such soʻzlarining qoʻllanishiga e'tibor bering.
So long - shunchalik/bunchalik uzoq (vaqtga nisbatan)
Eg. I haven't seen her so long that I have forgotten what she looks like.
Such a long time - shunchalik/bunchalik uzoq vaqt.
Eg. I haven't seen her for such a long time that I have forgotten what she looks like.
So far - shunchalik/bunchalik uzoq (masofaga nisbatan)
Eg. I didn't know that it was so far.
Such a long way - shunchalik/bunchalik uzoq yo'l.
Eg. I didn't know that it was such a long way.
So many/so much - bunchalik/shunchalik/juda ko'p.
Eg. I'm sorry I'm late - there was so much traffic.
Such a lot of - shunchalik ko'p.
Eg. I'm sorry I'm late - there was such a lot of traffic.

Dars audiosi keyingi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor