Get Mystery Box with random crypto!

Hozirda qabul davom etayotgan mahalliy tanlov va oromgohlar M | Hujjat topshirish jarayonlari

Hozirda qabul davom etayotgan mahalliy tanlov va oromgohlar

Mahalliy tashkil etilayotgan dasturlarga qabul qilinish ehtimoli xalqaro dasturlardan ko'ra yuqoriroq bo'lib, tajriba orrtirish va networking'ni rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyat hisoblanadi.

Qolaversa, hozirda shunday tanlovlar tashkil etilmoqdaki, agar unda g'olib bo'lsangiz, o'z biznesingizni yo'lga qo'yish uchun 100 million so'mgacha pul mukofotiga ega bo'lishingiz mumkin.

1. President Tech Award: Eng yaxshi startaplar uchun tanlov. Umumiy mukofot jamg'armasi 1 000 000 AQSH dollari.
Dedlayn: 2023-yil 7-iyul.

2. Unicorns startaplar tanlovi. Umumiy mukofot jamgʻarmasi 150 mln soʻm.
Dedlayn: 2023-yil 21-may

3. Kimyo va biologiya fanlaridan o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish bo‘yicha Milliy tanlov. G'oliblarga 100 million so‘mdan bir martalik mukofot puli beriladi.
Dedlayn: 2023-yil 10-iyul

4. “Eko volontyorlar” oromgohi. Jizzaxning Zomin tumanida bo'lib o'tuvchi bepul oromgoh.
Dedlayn: 2023-yil 13-may

@grantlar_namuna