Get Mystery Box with random crypto!

Hayot falsafasi 🍃

Telegram kanalining logotibi falsafasi_hayot — Hayot falsafasi 🍃 H
Telegram kanalining logotibi falsafasi_hayot — Hayot falsafasi 🍃
Kanal manzili: @falsafasi_hayot
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 61.94K
Kanalning ta’rifi

Ҳаётда ҳеч нарса тасодиф эмас. Сиз айнан керакли вақтда, керакли жойдасиз!
📚 «Ҳаёт фалсафаси» - Ҳаёт ўргатади, лекин биз билан тезроқ.!
Реклама: @manfaatli_reklama_agentligi
Cреатор: Моҳинур ))
#Ayollar #Oilaviy #Foydali #Bolalar

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2024-04-27 06:28:18
Ayol... Oyoq osti boʻlish uchun yaratilganda ehtimol oyoq suyaklaridan yaratilardi...
Qovurgʻadan yaratildi, yurakka yaqin boʻlsin deb
...

@falsafasi_hayot
23.2K views03:28
Ochish/sharhlash
2024-04-26 19:41:14

Ishq bir hasratdir..
Hojar onamizdek bir goʻdak bilan choʻllarda Allohga omonat yashamoqdir.

Ishq ishonchdir...
Ibrohim Xalilullohdek eng sevganini eng sevganiga ikrom qilmoqdir.

Ishq hayodir..
Odam Atodek gunohlardan uyalib qirq yil osmonga qaray olmasdan yigʻlab, avf soʻramoqdir.

Ishq fidoyilikdir..
Yaʼqub alayhissalom kabi Allohga qilgan birgina xatosi uchun eng suyganining firoqida hijronda yashamoqdir.

Ishq fidokorlikdir.. Xuddiki bor davlatini din uchun fido qilgan Xadicha onamizdek.

Ishq rashkdir..
Xuddiki Oisha onamizdek, vafot etgan boʻlsalar ham sevganlarini Xadicha onamizdan qizgʻanib koʻz yosh toʻkkandek.

Ishq kechirishdir..
Yusuf alayhissalomdek oʻziga minglarcha xiyonatlarga sevgi bilan javob bergandek.

Ishq yigʻlamoqdir.. Tanimaydigan ummatining gunohlari uchun yigʻlamoq kabi..

Ishq Alloh uchun moʻminni sevmoqdir...Xuddiki Sevimlisi Hamzaning jigarini sugʻurib olgan Vahshiydan moʻmin boʻlgani uchun nafratlanmagan Habibimiz (s.a.v)dir..!

@falsafasi_hayot
17.8K views16:41
Ochish/sharhlash
2024-04-26 18:24:16
Diqqat: hovli sotiladi!

• Darvozalari: sakkizta.
• Kaliti: «Laa ilaaha illalloh».
• Oltin va kumush g‘ishtdan qurilgan.
• Maydoni: Yer va osmon oralig‘icha.
• Narxi: Allohga hech narsani sherik qilmaslik.
• Xarid sanasi: Qiyomat kuni.
• Xususiy egasi: taqvodorlar.
• Manzili: Firdavs.
• Nomi: Jannat.

Alloh taolo barchamizni ana shu makon ahlidan qilsin!


@falsafasi_hayot
18.2K views15:24
Ochish/sharhlash
2024-04-26 17:05:27
Ko‘rinishidan boy bo‘lgan yigit keksa yoshli bir MISKIN kishidan:
—- Tuxumingiz necha pul..? - deb so‘radi.
U:
—- Bir donasi besh yuz so‘m, - dedi.
Yigit:
—- 2000 so‘mga 6 ta berasizmi..? Yoki ketaveraymi...? - dedi.
Qariya:
—- Olavering, men bugun hali hech narsa sotganim yo‘q. Mayli, bugun shunday bo‘lsa ham savdoyimni boshlab olay. Oxirgi vaqtlarda judayam kam sota olyapman, - dedi...
... Yigit 1000 so‘m FOYDA qilganidan xuddi katta sovg‘ani qo‘lga kiritgandek xursand bo‘ldi...
Sal nariroqdagi qimmatbaho mashinasiga o‘tirdi. Do‘stlari bilan choyxonaga borishga kelishishdi...
Har doimgidek go‘sht ortidan osh buyurtirishdi. Ulardan yeyilmay qolib ketgani ham bo‘ldi (har galgidek).
Choyxona xodimlari buyurtma hisobini keltirishdi. Hammaga taqsimlanganda 45 ming so‘mdan to‘g‘ri keldi.
Yigit 50 ming berib, qaytimi kerakmasligini aytdi...
Bu voqea choyxona uchun oddiy hol bo‘lsa - da, FAQIR keksa kishi uchun alamlidir...
U yigit qariyadan 1000 so‘mni qizg‘ondi... Yeb - yemagan, yeb tugata olmagan taomi uchun 50 ming so‘mni shundoq berib yubordi...

@falsafasi_hayot
15.7K views14:05
Ochish/sharhlash
2024-04-26 12:36:22
Diqqat, barcha qiz farzandi bor erkaklar!

Koʻzingizni bir on yuming va tasavvur qiling: kelajakda sizning farzandingiz sizga oʻxshagan bir erkakka turmushga chiqayapti...
- Tabassum qildingizmi...?!
- Rozi boʻlasizmi...?!
Agar yoʻq boʻlsa, oʻzingizni yaxshi tomonga oʻzgartiring! Islohni hozirdan boshlang!

@falsafasi_hayot
15.6K views09:36
Ochish/sharhlash
2024-04-26 06:18:02

Sevgan ayolingiz uchun dunyolarni ostin-ustun qilishingizga hojat yo‘q!
Uning dunyosini boshiga qulatmang, shu kifoya..

Sevgan ayolingizga bir-biridan go‘zal va’dalar berishingizni keragi yo‘q!
Siz bilan bog‘liq xayollarini havoga sovurmang, shu yetarli..

Sevgan ayolingizga sevgingizni isbotlashingizga hojat yo‘q! Sizga bo‘lgan hadsiz ishonchini oyoq ostiga olib ezg‘ilamasangiz, shu kifoya..

Uni ko‘klarga ko‘tarib izzat qilishingizga ehtiyoj yo‘q! Qalbini ishqdan masrur etib, baxtdan oyoqlarini yerdan uzsangiz, shu kifoya..

Qah-qaha otib kuldirishingizga hojat yo‘q!
Sovuq e’tiboringiz ila uni yum-yum yig‘latmasangiz, shu kifoya..

Unga jannatlarni va’da qilishingizga hojat yo‘q Sadoqatsizlik qilib, hayotini jahannamga aylantirmang, uni siz bilan jannatlarda birga bo'lish orzusi bilan yashashini o‘zi kifoya!


@falsafasi_hayot
24.1K views03:18
Ochish/sharhlash
2024-04-25 19:42:01
​​ Turmush qurishi kechikayotgan kishilar har kuni bomdod va xufton namozlaridan keyin "Jum’a" surasini o‘qishlari tavsiya etiladi.

Shuningdek, "Fotiha" va "Baqara" suralari ham turmush qurishi kechikayotgan, farzand ko‘rishi kechikayotgan, biror xastalikdan aziyat chekayotganlar uchun shifo manbaidir.

Tahajjud namozlarida, xususan, bomdod vaqti kirishidan 1-2 soat oldingi istig‘for, zikr va duolar rad etilmaydi. Ayniqsa, Alloh taoloning go‘zal ismlari: al-Vadud, al-Jome’, ash-Shofe’, ar-Razzoq va mutlaqo ar-Rahmon, ar-Rahim sifatlarini zikr qilib, avval istig‘for, so‘ng hamdu sano, salovat va siniqlik, muhtojlik, taslimiyat bilan duo qilinib, yana hamdu sano, salovat va Istig‘for bilan duolar yakunlansa, Allohning izni.bilan tez fursatda duosi qabul bo‘ladi. (Tajribada sinalgan!!!)

Shuningdek, "La ilaha illa anta subhanaka inni kuntu minazzolimiyn" va "Robbi inni Lima anzalta illaya min xoyrun faqir" duolarini takrorlab yurish ham Allohning izni bilan yorug‘likka chiqish uchun yordam beradi.

Alloh har bir mo‘min va mo‘minaning mushkuliga O‘zi Vakil bo‘lsin!

Zotan, bizga Allohning O‘zi yetadi. U eng yaxshi Vakildir..!

@falsafasi_hayot
20.2K views16:42
Ochish/sharhlash
2024-04-25 18:56:03
Negadir...

Negadir dasturxonda kamroq taom qolsa, onalarning qorni hamisha «to‘q» bo‘ladi...

Negadir yangi kiyim olish navbati onalarga yetsa, ularning kiyimlari hamisha «but» bo‘ladi...

Negadir onalar aksirsa, yo‘tal tutsa, shunchaki «tomog‘i qichishgan» bo‘ladi...

Negadir oilaga tashvish tushsa, bor mas’uliyat onalar zimmasiga tushadi... O‘zlarini qurbon qilishga tayyor turadilar...

Negadir onalar hech yig‘laganini ko‘rsatmaydilar, agar ko‘zida namlik ko‘rsak, shunchaki ko‘zlari «og‘riyotgan» bo‘ladilar...

Biz mana shu «rost»larga o‘zimizni ishontirishga urinamiz, negadir?!...

اشرف..

@falsafasi_hayot
19.3K views15:56
Ochish/sharhlash
2024-04-25 18:11:46
O‘qigan kishilarni seving, azizim!
Bir kuni roman o‘qiydi, hayotni taniydi....
Bir kuni Haq Kitobni o‘qiydi, Robbisini taniydi...
Va kun keladi, ko‘nglingizni o‘qiydi, sizni taniydi...

Umida Aziz

@falsafasi_hayot
16.0K views15:11
Ochish/sharhlash
2024-04-25 16:15:38
Ozgina tabassum

Oila mustahkam boʻlishi uchun ​​muhim tavsiyalar:

AYOLLAR UCHUN:
1. U bilan tortishmang!
2. So‘ziga quloq soling!
3. Ota-onasini hurmat qiling!
4. U doim to‘g‘ri ish qilishini e’tirof qilib turing!
5. Telefonini titmang!
6. Unga taalluqli masalalarni yodda tuting!

ERKAKLAR UCHUN:
1. Ayolingizga pul bering!
2. Doimo unga pul berib turing!
3. Pul berishni unutmang!
4. Beradigan pulingizni berishni yoddan chiqarmang!
5. So‘ramasidan turib pul bering!
6. Unga pulim yo‘q, demang!
7. Pul berishni to‘xtatmang!


@falsafasi_hayot
16.4K views13:15
Ochish/sharhlash