Get Mystery Box with random crypto!

​​ Turmush qurishi kechikayotgan kishilar har kuni bomdod va | Hayot falsafasi 🍃

​​ Turmush qurishi kechikayotgan kishilar har kuni bomdod va xufton namozlaridan keyin "Jum’a" surasini o‘qishlari tavsiya etiladi.

Shuningdek, "Fotiha" va "Baqara" suralari ham turmush qurishi kechikayotgan, farzand ko‘rishi kechikayotgan, biror xastalikdan aziyat chekayotganlar uchun shifo manbaidir.

Tahajjud namozlarida, xususan, bomdod vaqti kirishidan 1-2 soat oldingi istig‘for, zikr va duolar rad etilmaydi. Ayniqsa, Alloh taoloning go‘zal ismlari: al-Vadud, al-Jome’, ash-Shofe’, ar-Razzoq va mutlaqo ar-Rahmon, ar-Rahim sifatlarini zikr qilib, avval istig‘for, so‘ng hamdu sano, salovat va siniqlik, muhtojlik, taslimiyat bilan duo qilinib, yana hamdu sano, salovat va Istig‘for bilan duolar yakunlansa, Allohning izni.bilan tez fursatda duosi qabul bo‘ladi. (Tajribada sinalgan!!!)

Shuningdek, "La ilaha illa anta subhanaka inni kuntu minazzolimiyn" va "Robbi inni Lima anzalta illaya min xoyrun faqir" duolarini takrorlab yurish ham Allohning izni bilan yorug‘likka chiqish uchun yordam beradi.

Alloh har bir mo‘min va mo‘minaning mushkuliga O‘zi Vakil bo‘lsin!

Zotan, bizga Allohning O‘zi yetadi. U eng yaxshi Vakildir..!

@falsafasi_hayot