Get Mystery Box with random crypto!

Ko‘rinishidan boy bo‘lgan yigit keksa yoshli bir MISKIN kishid | Hayot falsafasi 🍃

Ko‘rinishidan boy bo‘lgan yigit keksa yoshli bir MISKIN kishidan:
—- Tuxumingiz necha pul..? - deb so‘radi.
U:
—- Bir donasi besh yuz so‘m, - dedi.
Yigit:
—- 2000 so‘mga 6 ta berasizmi..? Yoki ketaveraymi...? - dedi.
Qariya:
—- Olavering, men bugun hali hech narsa sotganim yo‘q. Mayli, bugun shunday bo‘lsa ham savdoyimni boshlab olay. Oxirgi vaqtlarda judayam kam sota olyapman, - dedi...
... Yigit 1000 so‘m FOYDA qilganidan xuddi katta sovg‘ani qo‘lga kiritgandek xursand bo‘ldi...
Sal nariroqdagi qimmatbaho mashinasiga o‘tirdi. Do‘stlari bilan choyxonaga borishga kelishishdi...
Har doimgidek go‘sht ortidan osh buyurtirishdi. Ulardan yeyilmay qolib ketgani ham bo‘ldi (har galgidek).
Choyxona xodimlari buyurtma hisobini keltirishdi. Hammaga taqsimlanganda 45 ming so‘mdan to‘g‘ri keldi.
Yigit 50 ming berib, qaytimi kerakmasligini aytdi...
Bu voqea choyxona uchun oddiy hol bo‘lsa - da, FAQIR keksa kishi uchun alamlidir...
U yigit qariyadan 1000 so‘mni qizg‘ondi... Yeb - yemagan, yeb tugata olmagan taomi uchun 50 ming so‘mni shundoq berib yubordi...

@falsafasi_hayot