Get Mystery Box with random crypto!

Ishq bir hasratdir.. Hojar onamizdek bir goʻdak bilan choʻlla | Hayot falsafasi 🍃


Ishq bir hasratdir..
Hojar onamizdek bir goʻdak bilan choʻllarda Allohga omonat yashamoqdir.

Ishq ishonchdir...
Ibrohim Xalilullohdek eng sevganini eng sevganiga ikrom qilmoqdir.

Ishq hayodir..
Odam Atodek gunohlardan uyalib qirq yil osmonga qaray olmasdan yigʻlab, avf soʻramoqdir.

Ishq fidoyilikdir..
Yaʼqub alayhissalom kabi Allohga qilgan birgina xatosi uchun eng suyganining firoqida hijronda yashamoqdir.

Ishq fidokorlikdir.. Xuddiki bor davlatini din uchun fido qilgan Xadicha onamizdek.

Ishq rashkdir..
Xuddiki Oisha onamizdek, vafot etgan boʻlsalar ham sevganlarini Xadicha onamizdan qizgʻanib koʻz yosh toʻkkandek.

Ishq kechirishdir..
Yusuf alayhissalomdek oʻziga minglarcha xiyonatlarga sevgi bilan javob bergandek.

Ishq yigʻlamoqdir.. Tanimaydigan ummatining gunohlari uchun yigʻlamoq kabi..

Ishq Alloh uchun moʻminni sevmoqdir...Xuddiki Sevimlisi Hamzaning jigarini sugʻurib olgan Vahshiydan moʻmin boʻlgani uchun nafratlanmagan Habibimiz (s.a.v)dir..!

@falsafasi_hayot