Get Mystery Box with random crypto!

Hayot falsafasi 🍃

Telegram kanalining logotibi falsafasi_hayot — Hayot falsafasi 🍃
Kanal manzili: @falsafasi_hayot
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 66.88K
Kanalning ta’rifi

Ҳаётда ҳеч нарса тасодиф эмас. Сиз айнан керакли вақтда, керакли жойдасиз!
📚 «Ҳаёт фалсафаси» - Ҳаёт ўргатади, лекин биз билан тезроқ.!
Реклама: @manfaatli_reklama_agentligi
Cреатор: Моҳинур ))
#Ayollar #Oilaviy #Foydali #Bolalar

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2024-05-09 11:59:01
ШОКАЛАД ҲАЛОЛМИ

Ассалому алайкум! Шокалад ҳақида бир одамдан эшитиб қолдим унга чўчқа ёғи қўшилар экан, лекин таркибига ёзилмаган шунга шокаладни еса бўладими ёки харомми

(Жавобни расмга олманг )
14.9K views08:59
Ochish/sharhlash
2024-05-08 18:23:12
Bu odamni yemishi xam kiyimi xam, boshpanasi xam yo‘q.

Uni oilasi xam birorta qarindosh urug‘iyam yo‘q.

Lekin u yolg‘iz emas.Uning Robbisi bor va qo‘lida Robbisining kalomi Qur’on bor!
Mana shu narsa uni inson ekanini his qilib yashab kelishiga sabab bo‘lmoqda.
Ramazon ostonasida miskinlarni unutmaylik...

@falsafasi_hayot
16.6K views15:23
Ochish/sharhlash
2024-05-08 16:28:18
Bir kishi uylandi-yu, ammo ayoli bilan kelisha olmadi.
- So‘radilar «Nechun ayoling bilan kelisha olmayapsan?»
- U aytdi: «Nomusim haqida hech kimga churq etmayman!»
Ayoli bilan ajrashdi.
- Yana so‘radilar: «Nega ajrashding? Uni nima ayblari bor edi?»
- U dedi: «Zimmamdan chiqib bo‘lgan ayol haqida so‘zlamayman».

@falsafasi_hayot
14.9K views13:28
Ochish/sharhlash
2024-05-07 18:15:08
Ozgina tabassum

Ayol shu rasmni tarmoqqa qo‘yib, quyidagicha yozibdi:
— Kimdir yurishni o‘rganib olibdi, mana oqibat.

Bunga qaynonasi izoh yozibdi:
— Kimdir uy polini anchadan beri artmagan koʻrinadi...



@falsafasi_hayot
12.6K views15:15
Ochish/sharhlash
2024-05-07 06:27:06 Teshilgan qozon...

2006 yillar edi. Yangi oila qurgan paytlarimiz. Toshkentda ijarada yashar edik. Ishlarim ham birida bor birida yo‘q edi. Qiynalib yashar edik. Qambag‘alni tuyani ustida it qopar deganday, bisotimizdagi bittayu bitta kichkina qozoncha ham moshday bo‘lib, teshilib qolibdi.
Teshik qozonni tashlab yuborib, yangi qozon sotib olishga, cho‘ntak kasal. Qozonsiz o‘tirishga, tomoq qurg‘ur ham teshik. Yeyman deydi. Oxiri, o‘ylab o‘ylab, svarchik topib, qozonni yamatishga qaror qildim. Mashinalarni ta’mir qiladigan joyga bordim. Usta qozonni ko‘rib,- uka, biz bu qozonni svarka qilib, yamay olmaymiz dedi. Kayfiyatim tushib ketdi. Endi nima qilaman?
Usta menga, bu qozonni yamasa kemping yoki argon svarka qiladiganlar yamaydi dedi. Ko‘chama ko‘cha yurib, kemping qidirishga tushdim. Faqirlik fitnasidan o‘zing saqla yo Allohim deb, ichimda duo qilib, xorligim kelib, ezilib ketardim.
Va nihoyat, kemping degan svarkani ham topdim. Ikki ming so‘m berib yamatdim.
Juda xursand bo‘ldim. Usta akani ham duo qilib ketdim.
Uyga kelib, og‘zim qulog‘imda, yamalgan qozonni turmush o‘rtog‘imga ko‘rsatdim. Ikkimiz ham faqirlarcha xursand edik.
O‘sha kechasi tush ko‘rdim. Muysafid bir kishi yaqinimga kelib, atrofimdagi odamlarga eshitdirmay, o‘zim eshitadigan qilib past ovozda, - o‘g‘lim, faqirlik ko‘rmay desang, Voqea surasini o‘qib yurgin,--dedida mendan uzoqlashib ketib qoldi.
Uyqudan uyg‘onib, tushimni xotinimga aytdim. Qur’onda bu nomdagi sura bor yoki yo‘qligini ham bilmasdim. Qur’oni karimni olib izlashga tushdim. Voqea surasi bor ekan. Topdimu o‘qishga tushdim.
Har kuni bir marta bo‘lsa ham o‘qib qo‘yardim. Allohning inoyati bilan ishlarim iziga tushib ketdi.
Yangi qozon ham sotib oldik. Teshik qozonni tashlab yubormadim. Uzoq yillar saqlab yurdim. Voqea surasi bilan bog‘liq bu sinoatni unutibman. Kecha bir do‘stim kelib, kompyuteringizda bo‘lsa, menga Voqea surasini ko‘chirib bering dedi va voqea surasi xaqida va o‘qib yurgan kishiga Allohning ne’matlari kesilmasligi xaqida aytib qoldi...
Unutilgan xotiralar esimga tushdi. Voqea surasi fazilatlari xaqida topib o‘qidim.
Allohning kalomi Qur’on karimda biz bilmagan sir-sinoat qancha?
Har qanday holatda ham, Allohning rahmatidan umid uzmasligimiz kerak ekan.


@falsafasi_hayot
13.4K views03:27
Ochish/sharhlash
2024-05-06 18:54:16
"Yaxshi pishmapti,
Tuzi koʻp boʻlipti,
Limonsiz bemaza,
Qiymasi oz boʻlipti..." deb yoqtirmaganingiz nima bor boʻlsa, bu idishga qoʻying. BIZ OCHMIZ...

Darhaqiqat inson zoti oʻta noshukurdir...

@falsafasi_hayot
13.0K views15:54
Ochish/sharhlash
2024-05-05 06:53:45
Suratni olgan yigit aytadi: "Ushbu suratdagi inson mening otam. U men o‘tirgan poyezdni yurishini kutib turibdi. Yoshim yigirma oltida. Harbiy qo‘shnda xizmat qilaman. Har ta’til nihoyasiga yetganida, otam men bilan birga poyezd vokzaligacha birga keladi. Va ketgunimgacha meni oldimda o‘tiradi. Meni yoshim ulg‘aysa ham otamga juda muhtojman!".

Bu mening Otam!

@falsafasi_hayot
25.3K views03:53
Ochish/sharhlash
2024-05-05 05:59:01
Хар куни тонгда бу маҳсулотни 1 ҳафта истеъмол қилиб, Миомадан бутунлайга қутилдим! (Жуда қийин бўлди )

Бу оддийгина маҳсулот орқали нафақат миома касаллигидан балки бачадон шамоллаши, эрозиялар, ҳайз кунларидаги кучли оғриқлар, бактерия ва инфекциялардан бемалол қутиласиз!

7.000 Сўмлик бу рецептни уй шароитида тайёрлаб, сиз айол ва қизларни жудаям қийнаётган муаммолардан тез ва осон қутилинг
https://t.me/+o4STph-b_kNkZDky
24.3K views02:59
Ochish/sharhlash
2024-05-04 20:02:49
"Yarim tun.. Chaqoloq yig‘lay boshladi.. Uy yumushlaridan charchagan ona madorsiz uxlab yotardi.. Bolaning yig‘isidan yosh ota uyg‘ondi, va asta go‘dakni bag‘riga bosti-da shunday dedi--"Uxla qizim uxlay qol.. Oyijoning charchagan .. Birozgina dam olsin.! Shu laxzada ayoli uyg‘oq edi va dunyoda baxtli ayol ekanidan asta jilmayib asta ko‘zlarini yumdi .."

@falsafasi_hayot
14.5K views17:02
Ochish/sharhlash
2024-05-03 11:59:01
Қабридан  атиргул хиди таралиб турган аёл хақида...

Бир аёл вафот этди. Уни қабрга қўйишди.Ҳар гал унинг қабрини зиёрат қилгани келишганда, қабр тупроғидан атиргулнинг хиди келиб турар эди. Бу ҳолатдан одамлар ҳайратга тушиб мархум аёл эрининг ёнига бориб нега бундай бўлаётганини сўрашди. Эри айтган жавобдан сўнг ҳаммалари йиғлаб юборишди. Бунинг сабаби шу эдики...

ДАВОМИНИ У́КИШ...
13.8K views08:59
Ochish/sharhlash