Get Mystery Box with random crypto!

Negadir... Negadir dasturxonda kamroq taom qolsa, onalarning | Hayot falsafasi 🍃

Negadir...

Negadir dasturxonda kamroq taom qolsa, onalarning qorni hamisha «to‘q» bo‘ladi...

Negadir yangi kiyim olish navbati onalarga yetsa, ularning kiyimlari hamisha «but» bo‘ladi...

Negadir onalar aksirsa, yo‘tal tutsa, shunchaki «tomog‘i qichishgan» bo‘ladi...

Negadir oilaga tashvish tushsa, bor mas’uliyat onalar zimmasiga tushadi... O‘zlarini qurbon qilishga tayyor turadilar...

Negadir onalar hech yig‘laganini ko‘rsatmaydilar, agar ko‘zida namlik ko‘rsak, shunchaki ko‘zlari «og‘riyotgan» bo‘ladilar...

Biz mana shu «rost»larga o‘zimizni ishontirishga urinamiz, negadir?!...

اشرف..

@falsafasi_hayot