Get Mystery Box with random crypto!

Sevgan ayolingiz uchun dunyolarni ostin-ustun qilishingizga ho | Hayot falsafasi 🍃


Sevgan ayolingiz uchun dunyolarni ostin-ustun qilishingizga hojat yo‘q!
Uning dunyosini boshiga qulatmang, shu kifoya..

Sevgan ayolingizga bir-biridan go‘zal va’dalar berishingizni keragi yo‘q!
Siz bilan bog‘liq xayollarini havoga sovurmang, shu yetarli..

Sevgan ayolingizga sevgingizni isbotlashingizga hojat yo‘q! Sizga bo‘lgan hadsiz ishonchini oyoq ostiga olib ezg‘ilamasangiz, shu kifoya..

Uni ko‘klarga ko‘tarib izzat qilishingizga ehtiyoj yo‘q! Qalbini ishqdan masrur etib, baxtdan oyoqlarini yerdan uzsangiz, shu kifoya..

Qah-qaha otib kuldirishingizga hojat yo‘q!
Sovuq e’tiboringiz ila uni yum-yum yig‘latmasangiz, shu kifoya..

Unga jannatlarni va’da qilishingizga hojat yo‘q Sadoqatsizlik qilib, hayotini jahannamga aylantirmang, uni siz bilan jannatlarda birga bo'lish orzusi bilan yashashini o‘zi kifoya!


@falsafasi_hayot