Get Mystery Box with random crypto!

Hayot falsafasi 🍃

Telegram kanalining logotibi falsafasi_hayot — Hayot falsafasi 🍃
Kanal manzili: @falsafasi_hayot
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 66.88K
Kanalning ta’rifi

Ҳаётда ҳеч нарса тасодиф эмас. Сиз айнан керакли вақтда, керакли жойдасиз!
📚 «Ҳаёт фалсафаси» - Ҳаёт ўргатади, лекин биз билан тезроқ.!
Реклама: @manfaatli_reklama_agentligi
Cреатор: Моҳинур ))
#Ayollar #Oilaviy #Foydali #Bolalar

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 12

2024-05-02 06:21:01
Goʻzal gumon...

Bir ayol dedi:
“Xudo xohlasa, men albatta solih insonga turmushga chiqaman! U bilan baxtli hayot kechiraman”. Aytgani boʻldi.

Dedi:
“Men universitetda oʻqishga qabul qilinishimga ishonaman va shunga intilaman! Oʻzim istagan mutaxassislikga kiraman!” Aytgani boʻldi.

Unga dedilar:
“Yetar shuncha tuqqaning! Bolalar charchatishdan boshqasiga yarashmaydi”.
Dedi:
“Alloh yordam beradi. Farzandalarim qobil, koʻzimning quvonchi boʻlishadi”. Aytgani boʻldi.

Eri katta tuhmatga qolib qamaldi. Dedilar:
“Ering tuhmatga qolib qamaldi. Yaqin orada chiqmasa kerak. Uning faqat oʻligi chiqadi”.
Dedi:
“Yoʻq, Xudo xohlasa, albatta chiqadilar. Men ularni juda ham chiroyli kutib olaman”. Aytgani boʻldi. Erining qanday chiqqani hammani hayratda qoldirdi...!

Bir kishi dedi:
“Men ishdan haydalishdan qoʻrqaman. Shuning uchun ishsiz qoladigan kunlarimga ham pul yigʻmogʻim kerak!” Aytgani boʻldi. Ishdan boʻshatildi.

Nimaga bizning aytganlarimiz roʻyobga chiqadi?

Chunki Alloh taolo: “Bandam Meni qanday oʻylasa, shundayman!” deydi. Agar Alloh haqida chiroyli gumon qilsa, oʻziga yaxshi. Yomon oʻylasa, oʻziga yomon.

Shuning uchun ham Muso alayhissalom Nil daryosiga kelib, qochishga yoʻl qolmaganda ham Robbilari haqida chiroyli gumon qildilar. Qavmlari: “Endi qoʻlga tushdik” deyishsa ham, ular: “Yoʻq! Albatta, Robbim men bilan, U menga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatur” dedilar. Alloh ularning aytganlarini roʻyobga chiqardi. Aql bovar qilmas holda daryo qoq ikkiga boʻlindi. Yoʻl ochildi...!

Hatto arzimas narsalar haqida gapirish, oʻylashda ham diqqat qiling!

Doim nekbin (optimist) boʻling! Alloh haqida chiroyli gumon qiling! U - Kariym, U Rohiym!

Yomonlik haqida oʻylamang! Agar qiyin vaziyatga tushib qolsangiz, Muso alayhissalom aytganlaridek:

U (Muso) “Yoʻq! Albatta, Robbim Albatta, Robbim men bilan, U menga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatur”, dedi, deb ayting...!

Inshaalloh hali hammasi yaxshi boʻladi

@falsafasi_hayot
28.4K views03:21
Ochish/sharhlash
2024-05-01 18:47:26
Ozgina tabassum

Agar man idish sindirsam, onam: - "Sindir, sindir, sindirmaganing shu qoldi oʻzi.."

Agar onam idish sindirsalar, "Kelgan balo shunga ursin..."

@falsafasi_hayot
18.4K views15:47
Ochish/sharhlash
2024-05-01 17:17:01
Ozgina tabassum

Hurmatli pullar! Sizlarni juda juda sog‘indim! Sizlar uchun yangi kartmon oldim, unda o‘zingizni boshqacha his qilasiz!

Ko‘nglim keng, Amerikadan qarindoshlaringizni ham chaqirishingiz mumkin! Gʻiring desam odammasman)))


@falsafasi_hayot
19.2K views14:17
Ochish/sharhlash
2024-05-01 06:30:44
Xozirgi kunda pul topish muammo bo‘lgan bir vaqtda, kirakash akalarimizda ishlar ancha susayib qoldi. Rasmdagi do‘stimizni qizi shaharda student, o‘qidi. Xozirgina qizi telefon qilib -"Ota, imkoningiz bo‘lsa ozgina pul bering"deb qoldi.
Bo‘ldi jonim qizim xozirda deb menga klik orkali kartasiga pul o‘tkazib berishimni so‘radi. Ertalabdan beri 110 ming so‘m ishlagan ekan, shundan 100 mingini o‘tkazib berdik. Qo‘lida esa 10 ming so‘m qoldi. Ko‘zlarimga yosh keldi. Yoqilg‘isiga xam pul qolmadi. Oriyati kuchli bu birodarim umuman birovdan yordam olmaydi, qiynalsa xam o‘zi xarakat qiladi. Xoxlamaydi birovni oldida tili qisiq bo‘lib qolishni.
Qizlarimizni shunaqa qiynalib o‘qitib, voyaga yetkazishni o‘zi oson emas...

Otalarimiz bor bo‘lsin...

@falsafasi_hayot
21.1K views03:30
Ochish/sharhlash
2024-05-01 05:59:01
Суратдаги қиз АҚШдаги хусусий клиника шифокори иш жойида шафқатсизларча ўлдирилди.

Беш киши Лос-Анжелес яқинидаги клиникага кириб, дўстини зудлик билан операция қилишни талаб қилишди; улар операция хонасига киришди ва шифокор томонидан рад этилди.
Шу сабабли, у дарҳол клиникада отиб ўлдирилган.

Натижада қиз рад жавобини берганлиги аниқланган...
20.8K views02:59
Ochish/sharhlash
2024-04-30 18:46:04
Shifoxonada yotgan qariyaning ahvoli to‘satdan og‘irlashib qoldi. Shifokor cholning aft-angorini ko‘rib, cho‘chib tushdi:
— Hamshira!
O‘limi yaqinlashganini sezgan chol:
— Shoshma, o‘g‘lim. Senga bir vasiyatim bor.
— Bolalaringizga xabar beraman...
— Yo‘q, shoshma! Avval gapimni eshit.
— Mayli, ayting.
Qariya ko‘zlarida yosh bilan:
— Uyimdagilarga kechqurun, soat 10 dan keyin xabar ber, bu juda zarur! Sababini so‘rama. So‘nggi iltimosim va vasiyatim shu...
Shifokor noiloj rozi bo‘ldi. Cholning joni peshinga yaqin uzildi. Vasiyatga amal qilib, uyidagilarga kechasi xabar qilishdi.
Tunda yetib kelgan to‘ng‘ich o‘g‘il:
— Kech xabar beribsiz? — dedi.
— Otangiz shunday vasiyat qildi.
— Vasiyat? — o‘g‘il turgan joyida kotib qoldi. Ko‘z yoshlari yonoqlariga oqib tusha boshladi, — Eh otaginam-a! Bugun men to‘y qilgandim... O‘g‘limning to‘yi buzilmasin deb, bechora otam hatto yaqinlari bilan ham vidolashmabdi-ya…

@falsafasi_hayot
12.7K views15:46
Ochish/sharhlash
2024-04-30 12:17:15
Xotin eriga:
- Siz mendan qo’rqasiz!

Er:
- O’zingcha nimalar deyabsan?!

Xotin:
- Unda nega sovchilikka kelganda 4 ta odam bilan, unashtirishga kelganda 100 ta odam bilan, to’yga 300 ta odam bilan keldingiz, qalbim quvonchi
men sizni uyingizga bir o’zim keldim-ku…

@falsafasi_hayot
14.5K views09:17
Ochish/sharhlash
2024-04-30 12:00:51
БЎРИ ҚАБРНИ ОЧИБ МАРХУМНИ ТОРТИБ ОЛДИ.

Бу воқеа Россиянинг чекка қишлоқларидан бирида содир бўлди.Кунларнинг бирида ўрмон қоровули йўлда кетаётиб тузоққа тушиб қолган бўрини ку‌риб қолди. Қахратон қиш, қоровул бўрини қутқариб уйига олиб кетди. Бўри қоровулнинг уйида яшай бошлади.Қоровулнинг хомиладор аёли қоровул бўри билан овдалигида кўмир ёқиб ухлаб қолади ва кўмир исидан вафот этади.Аёлни дафн қилишди. Бўри ўша куни тинмасдан увиллади ва қабристонга кетди. Қоровул уни кузатиб борарди, борганида эса бўри...
Давоми...
14.0K views09:00
Ochish/sharhlash
2024-04-30 06:19:02
Umar ibn Hattob roziyallohu anhuning barcha erkaklarga nasihati.

«Sizlar bu ayollarga qattiq va’dalar berib uylanasizlar. Ular og‘ir mashaqqatlar bilan sizning farzandlaringizni qorinlarida ko‘tarib so‘ngra dunyoga keltiradilar, ularni yedirib ichiradilar, behisob uyqusiz tunlarni boshidan kechiradilar. Qachonki bolalari betob bo‘lsalar
bu ularning sog‘liklari va navqiron yoshliklarini tortib oladi. Qachonki go‘zallik va yoshlik ularni tark etganlarida erlar ulardan yuz o‘giradilar... Agarda ular uy ishlarini va bolalar parvarishini bir chetga surib faqat o‘zlarini chiroyiga zeb berish va erlariga yasanish bilangina mashg‘ul bo‘lganida edi,
ular haqida «Qanday ham yomon ona va uy bekasi ekana...», deb gapirar edingiz.
Qani sizdagi ma’suliyat, javobgarlik hissi...?
Allohdan qo‘rqinglar va o‘z xotinlaringizga bunday munosabatda bo‘lmanglar!»

@falsafasi_hayot
22.9K views03:19
Ochish/sharhlash
2024-04-30 05:59:01
Baxor faslida yuzingizni ajin va dog'larga qarshi, qanday parvarish qilishni bilmayapsizmi?!

Tezdaaa "AYOLLAR DUNYOSI" kanaliga kirvoling!

Uy sharoitida sinalgan va ishonchli yuz parvarishi, dietolog va kasmetologlarni foydali tavsiyalari BEPULGA berib boriladi!

"AYOLLAR DUNYOSI" kanalimizga OBUNA BO'LING!

    @UZBEK_SOLIHA_AYOLLARI
    @UZBEK_SOLIHA_AYOLLARI
22.0K views02:59
Ochish/sharhlash