Get Mystery Box with random crypto!

Hayot falsafasi 🍃

Telegram kanalining logotibi falsafasi_hayot — Hayot falsafasi 🍃
Kanal manzili: @falsafasi_hayot
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 66.88K
Kanalning ta’rifi

Ҳаётда ҳеч нарса тасодиф эмас. Сиз айнан керакли вақтда, керакли жойдасиз!
📚 «Ҳаёт фалсафаси» - Ҳаёт ўргатади, лекин биз билан тезроқ.!
Реклама: @manfaatli_reklama_agentligi
Cреатор: Моҳинур ))
#Ayollar #Oilaviy #Foydali #Bolalar

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 275

2021-12-09 19:50:14
Agar bugun tunda uxlab tongda uyg'onmasam ham quyosh sharqdan chiqaveradi...

Men bormi-yo'qmi ahamiyatsiz. U yana g'arbga botaveradi...

Yer yuzida men bo'lmasam ham u o'z o'qi atrofida aylanaveradi...

Ammo men bo'lmasam , kim uchundir chiqqan quyosh ahamiyatsiz....

U inson uchun endi yer aylanadimi-yo'qmi , muhimmas...
Men ana shu kishi uchun ham o'zimni asrashim , uyg'onishim kerak..!

Har birimizda bunday inson bor...
Bu inson bizning onamiz...

Tuningiz osuda oʻtsin qadrligim ))


@falsafasi_hayot
23.3K views16:50
Ochish/sharhlash
2021-12-09 17:10:04
Hayot kitoblarda bitilgan rivoyatlarga o‘xshaydi…

Har kuni yangi saxifa…

Bir beti mahzun kechsa…

Keyingi saxifasi quvonchga to‘la bo‘ladi…

Shuning uchun ham "Xavotir olmang!" Qorong‘ulikdan keyin yorug‘lik, musibatdan keyin albatta omad keladi...

Hayot sahifalarini varoqlayvering-da, Allohga tavakkal qiling, o‘zi shundoq ham hayot qisqa, zavqlanib yashang!

@falsafasi_hayot
22.4K viewsedited  14:10
Ochish/sharhlash
2021-12-07 05:18:07
Barcha gullarni qo‘porib tashlashlari mumkin, ammo, bahorning yana yangittan kelishini aslo to‘xtata olishmaydi...

@falsafasi_hayot
27.3K viewsedited  02:18
Ochish/sharhlash
2021-12-07 05:17:50
Yaxshiyam siz borsiz dedik...
Na yaxshiligi qoldi, na borligi...


@falsafasi_hayot
26.1K viewsedited  02:17
Ochish/sharhlash
2021-12-05 10:46:03
Qoʻrqyapsizmi...

Boshqatdan ranjitilishdan, sevilmaslikdan, boshqatdan sevolmaslikdan qoʻrqayapsiz...

Bir marta ranjitilganingizda boshqatdan oldingiday boʻlolmayman deb oʻylayapsiz...

Yuragingizdagi umid chechaklarini sindirib ketgan shamollardan xafasiz...

Biri kelib, takror xafa qilishidan choʻchib, hamma insonlardan oʻzingizni olib
qochayapsiz...

Yangidan umid qilishdan qoʻrqayapsiz...

Bilasizmi, qancha qochsangiz ham, umid singan joyidan takror chechak ochadi...

Inson boshqatdan sevoladi, boshqatdan umidlar uygʻonadi va yana tabassum qila boshlaydi...

Ishoning... Tirikmisiz, nafas olayapsizmi, hali hayot davom etayapti va hammasi oldinda...

@falsafasi_hayot
32.9K views07:46
Ochish/sharhlash
2021-12-05 07:48:46
Hayotingizda qaygʻu yomgʻiri yogʻsa, tayyor turing... Sabrning gullari ham tez orada unib chiqadi, Inshaalloh

@falsafasi_hayot
27.8K viewsedited  04:48
Ochish/sharhlash
2021-12-04 18:57:34
Ichingizdagi og‘riq, iztiroblarni ,,MEN YAXSHI,, deb pardalashni doim udda qilib kelgansiz... Siz doim yaxshiman deysiz, ammo ichingizni ko‘rish mumkin bo‘lganda edi uncha-muncha odam undagi og‘riq, iztiroblardan dod deb yuborgan bo‘lardi... Yaxshisi shu bo‘lsa, yomoni qanday bo‘larkin... Hammaga yaxshilik sog‘inasiz, hech kimga dardingizni doston qilmaysiz... Alloh quvvat bersin, ajr-savobini ko‘paytirib bersin.... Mehnatlaringizning rohatini ko‘ring... Siz yomonam yaxshisiz, muslimam...

@falsafasi_hayot
29.1K viewsedited  15:57
Ochish/sharhlash
2021-12-02 13:20:32
-- Birovni qalbini ogʻritish xato emas, ozor..!

-- Bir inson xaqida aniq bilmay turib , boshqalarga gapirish xato emas, gʻiybat..!

-- Birovni hayoti bilan oʻynashish xato emas, nomardlik..!

-- Tinimsiz yolgʻon gapirish xato emas, ishonchni sindirish...!

-- Ota-Onaga baqirish xato emas, nonkoʻrlik..!

-- Asl tuygʻular ustidan kulish xato emas, tubanlik..!

-- Koʻnglimda bittasi, qoʻynimda bittasi... deyishlik xato emas... xiyonat..!

Adashtirmang...!

@falsafasi_hayot
35.6K viewsedited  10:20
Ochish/sharhlash
2021-12-01 19:19:04
Shunchaki odamlardan uzoqlik, Allohga yaqinlik kerak bu qalbga...
Foydasiz, nasibsiz, o‘tkinchi yo‘llarda qalblaringizni charchatmang....
Shubhasizki, qaytishimiz Allohga!


@falsafasi_hayot
32.6K viewsedited  16:19
Ochish/sharhlash
2021-11-29 19:19:42
Oʻrgandim...

Hech ham adolatli bo'lmasa-da, hayotni kechirishni o'rgandim...
Ozor chekkanimda ne qadar azob chekmoqqa arzisa-da, muhim emas deyishni o'rgandim...
Kimnidir qanchalar o'ylasam o'ylayin, qanchalar sevsam sevayin, tag'in ham ortidan qaramasdan keta olasan deyishni o'rgandim...
Rozi qila olmasam-da birovni, rozi boʻlishni; unutmasam-da, unutilishni o'rgandim...
Qadr deb bilganim aslida qiymatsizlik ekanligini o'rgandim...

Va qanchalar qaro boʻlmasin, qora tun ortida yorugʻ tong borligini, oʻtmaydi deb oʻylaganlarimning barchasi vaqti kelib oʻtishini oʻrgandim...

Ps/ Kanal uchun maxsus buyurtma asosida tarjima qilingan, ruhsatsiz koʻchirmang ))


@falsafasi_hayot
39.2K viewsedited  16:19
Ochish/sharhlash