Get Mystery Box with random crypto!

​BOLA YAXSHI OʻQISHI UCHUN QANDAY YORDAM BERISH KERAK? Hamma | IT taʼlim

BOLA YAXSHI OʻQISHI UCHUN QANDAY YORDAM BERISH KERAK?

Hamma bola tugʻma daho emas, ularning hammasi ham maktabga chiqishi bilan tezda darslarni oʻzlashtirib, faqat besh baholarni olib kela olmaydi. Shu sabab 1-sinfdagi har bir bola individual yondashuvga muhtoj. Maktab tanlash, repetitorlarni yollash, bolalar xonasini qulay jihozlashgina darslarni oʻzlashtirishining sifatini oshirish uchun yetarli emas.

Agar farzandingiz maktabdan xafa boʻlib qaytgan boʻlsa, u bilan gaplashing, yomon kayfiyat sabablarini soʻrang. Bola ota-onalar bilan har qanday mavzuda suhbatlashishdan qoʻrqmasligi kerak. Ehtimol, u sinfdoshlari bilan janjallashgan yoki oʻqituvchidan yoqimsiz gap eshitgandir. Muammoni darhol muhokama va hal etgan yaxshi.

Agar oʻquvchi darslarni oʻrganishda qiynalayotgan boʻlsa, ota-onalar qiyin mavzuga diqqatni qaratib, tushunishga yordam berishlari kerak. Bu bolaga oʻziga boʻlgan ishonchni beradi va masʼuliyatni rivojlantiradi.

Agar u doimo yaxshi koʻrsatkichlarga ega boʻlib kelsa-yu toʻsatdan ikki va uchlarni qatorlashtirib olsa, vahimaga tushmasligingiz kerak. Ehtimol, u shunchaki charchagan, uxlamagan, oʻrganishni unutgandir. Hamma ham xato qiladi. Undan bunday keskin muvaffaqiyatsizlik sababini bilib oling. Qarabsizki, u tezda oʻziga kelib, baholari yaxshilanadi.

Farzandingiz sizni yomon koʻrsatkichlar bilan muntazam ravishda “xursand” qilayotgan boʻlsa, unga yordam kerak boʻlishi mumkin. Bunday holda, faqat gaplashish yetarli emas. Oʻqituvchilari bilan suhbatlashing — ehtimol ular sizga nima qilish kerakligini aytishadi. Oʻgʻlingizga yoki qizingizga darslarda yordam berishni boshlang, bolaning materialni qanday oʻrganganligini tekshiring. Agar sizning yordamingiz yetarli boʻlmasa, professional repetitorni yollang.

Bolaning vaqti va kun tartibini toʻgʻri yoʻlga qoʻying. Bu maktabda yaxshi oʻqishiga yordam beradi. Agar kun tartibi toʻgʻri rejalashtirilgan boʻlsa, u holda uning jismoniy va ruhiy salomatligi mustahkamlanib, intellektual qobiliyatlari rivojlanadi.

Bolaning toʻshagi qulaymi, xonasining yorugʻligi qanday, qayerda darslarini tayyorlaydi, stol va stul unga boʻyi va yoshiga mosmi yoki yoʻqmi shularga eʼtibor bering. Bola miriqib uxlasa, tanasi dam oladi. Demakki, u bilim olishi yaxshilanadi. Inson miyasi tunda ham ishlaydi. Shunga koʻra, bola yotadigan xonada televizor yoki radio yoqib qolmasin.

Parkka sayr qilish paytida bolangizga daraxtlar va hayvonlar haqida aytib bering. Birgalikda mamlakat tarixi yoki dengiz hayoti haqidagi hujjatli film tomosha qiling. Oilaviy mutolaa tashkil qilishda sarguzasht romanini emas, balki yulduzlar haqidagi ensiklopediyani tanlang. Farzandingizga atrofingizdagi dunyo haqida savollar bering va oʻzingiz ham qiziq maʼlumotlar aytib bering.
Uni muzey, teatr, galereya va koʻrgazmalarga olib boring. Bunday sayohatlar intellektual rivojlanishdan tashqari, badiiy didi va estetik idrokini shakllantiradi. Unga yangi narsalarni oʻyin tarzda oʻrgating.

Kanalga obuna bo`lish:
Telegram|Facebook|Instagram