Get Mystery Box with random crypto!

​​#Ota_onalar_uchun Qanday qilib bolalarda o'ziga bo'lgan yuqo | IT taʼlim

​​#Ota_onalar_uchun
Qanday qilib bolalarda o'ziga bo'lgan yuqori ishonchni shakllantirish mumkin?

Ota-onalikning dastlabki yillarida, ayniqsa, siz ishlaydigan ota-ona bo'lsangiz, farzandingiz bilan birga vaqt o'tkazish masalasida eng maqbul yechimni topishga qiynalishingiz mumkin. Ko'z ochib yumguncha bolangiz emaklashni, keyin yurishni va gapirishni boshlaydi. Shunda u nima uchun ishga ketayotganingizda uni tashlab ketishingiz kerakligini bilishni talab qiladi.

Har kunlik o'tish lahzalari, masalan, siz bilan xayrlashish, bog'chaga moslashish, tush paytidagi uyqudan sizning quchog'ingizda emas, bog'chada uyg'onish kabi vaziyatlar ular uchun stressli o'tishi va bolangizda o'ziga nisbatan ishonchsizlikni shakllantirishi mumkin.

Har bir ota-ona ish jadvali qanday bo'lishidan qat'iy nazar, farzandi o'ziga yuqori ishonch bilan voyaga yetishini xohlaydi. Ammo buni qanday amalga oshirish mumkin?

Bunga yechim sifatida mutaxassislar takrorlar va marosimlarni ko'rsatishadi.

Bolalar uchun yaratilgan film, multfilm, roliklar yoki kitoblarga e'tibor bersangiz, ularning boshlanish, tugash, qismdan-qismga o'tish paytida takrorlanadigan qandaydir bir jumla, qiziqarli kadr borligini ko'rishingiz mumkin. Bu siz uchun biroz zerikarli bo'lsa-da, bolalarni materialga jalb qiladigan narsa aynan shu takrorlar bo'lishi mumkin.
Bolalar bilan munosabatda mana shunday takrorlardan foydalanish, birgalikda qandaydir kichik marosimlar o'tkazish ularda o'z-o'ziga ishonchni kuchaytiradi.
- Har kuni bog'chaga ketishda yoki qaytishda bitta sevimli qo'shiqni kuylash;
- Ishdan qaytganingizda biror harakatni birgalikda bajarish;
- Ovqat oldidan qandaydir jumlalarni birgalikda takrorlash sizdan kam vaqt olsa-da, bu anchayin foydali bo'ladi.

Uydagi kichik ishlarni bajarish ham bolada o'ziga ishonch uyg'otadi. Bolalar kir kiyimlarini kir yuvish savatiga tashlab kela oladi, o'yinchoqlarni tartibga sola oladi, tushlik paytida stolga pechenilarni olib kela oladi yoki oshxona stolini arta oladi. Farzandingizdan mana shu ishlarni bajarishini so'rang. Shunda uning o'zini o'zi qadrlash tuyg'usini kuchaytirish barobarida, qo'shimcha "men nima bo'lishini, nima qilish kerakligini bilaman" degan hisni uyg'otasiz. Siz uchun arzimas bo'lgan biror ishni bolaga ishonib topshirishingiz, u uchun katta yutuq bo'lishi mumkin. Bu ularni keyinchalik katta vazifalarni o'z zimmalariga olishlari uchun tayyorlov vazifasini o'taydi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube