Get Mystery Box with random crypto!

Elektron kutubxona

Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona E
Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona
Kanal manzili: @e_kutubxona
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 37.83K
Kanalning ta’rifi

O'qi va ko'taril!
Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK
Kitob almashish guruhi: t.me/ Tj96NSH4NrMyZDgy
Uchun: @kutubxonachibot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 13

2023-02-22 19:41:25 ​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №169 mutolaa uchun Markus Zusakning "Kitob o‘g‘risi" romani tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 25-fevral, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in tafakkur maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.
865 views16:41
Ochish/sharhlash
2023-02-22 12:53:18 Har qanday mustamlakachilik hikoyasidan oldin mustamlaka bo‘lishga munosib millat hikoyasi bo‘ladi.

- Molik bin Nabiy

@e_kutubxona
2.0K views09:53
Ochish/sharhlash
2023-02-20 14:04:03 TARAQQIYOT

"Ba’zi kishilar mening da’vatlarimni eshitib, meni taraqqiyotga qarshi, rivojlanishdan uzoq inson, deyishibdi. Taajjub...
   Men mashinaning o‘rniga eshak mining, samolyotni qo‘yib tuya mining, elektr tokini o‘chirib qo‘yib sham yoqing, shifoxonalarni qo‘yib sahrodagi o‘t-o‘lanlar bilan davolaning, agar sizga qarshi dushmaningiz raketa, samolyot va tanklar bilan urushsa siz ularga qarshi nayza, qilich va kamon bilan kurashing, deydigan jinniga o‘xshaymanmi?!
   Yo‘q azizlar! Bu gapni faqatgina jinni aytishi mumkin. Dunyo sivilizatsiyasini uch davrga bo‘lish mumkin. Birinchi davrga avvalgi asrlarda Fir’avnlar, Finikiyaliklar, Xusiylar, Bobilliklar, Yunonlar va Rimliklar kabi yaqin sharq davlatlari asos solishgan.
   Ikkinchi davrga esa o‘rta asrlarda musulmonlar asos solishgan. O‘rta asrlarda Yevropa zulmat, qorong‘ulik, qoloq va vahshiylik ichida edi. Ammo islom sharqida taraqqiyot va madaniyat asri boshlangan edi.
   Uchinchi davrga esa hammaga ma’lum Yevropaliklar asos solishdi. Ammo biz musulmonlar bu taraqqiyotga begona emasmiz. Bu taraqqiyotning manbasi aslida bizmiz. Bunda biz sherikmiz. Ammo biz bir zamon uyquda qoldik. Karvon o‘tib ketdi. Biz makonimizni yo‘qotib qo‘ydik. Uyg‘ongach yo‘qotganimizni topish uchun yugurdik. Uyg‘onishimiz bilan biz oldin ko‘rmagan, bizga begona bo‘lgan narsalarni ko‘rdik. Darrov ikkiga bo‘lindik. Birinchi guruh u narsalarni fahmlamasdan, tushunmasdan, ajratmasdan olaverdi. Bu xato edi. Aslida dinimizdagi sobit asoslarga xilof kelmaydigan, odatlarimizga zid bo‘lmagan, bizga manfaatli bo‘lgan narsalarni olishimiz to‘g‘ri bo‘lar edi. Nega endi madaniyat ne’matlarini tark qilishimiz kerak?!
   Bugun bizdagi eng faqir kishi ham xalifa Abdulmalik ibn Marvondan yaxshi yashaydi. Abdulmalik ibn Marvonning tishi yemirilib kovak bo‘ldi. Undan sassiq hid chiqa boshladi. Uni davolash, plomba qo‘yish uchun shifokor topa olmadi o‘shanda. Bugun eng faqir inson ham tishi og‘risa shifokorga borib tishini davolab plomba qo‘ydirishi mumkin.
   Xalifa Horun ar-Rashid Bag‘doddan Makkaga borishi uchun tuyada yoki biror hayvonda ikki oy yo‘l bosishi lozim edi. Biz esa bu masofani samolyotda ikki soatda bosib o‘tayapmiz.
  Xalifa Abu Ja’far Mansur ichaklari og‘rishidan qattiq dard chekar, oddiy tabletkalarni topa olmas edi. Bizdan oddiy odam uni topib, ichaklarini virus va mikroblardan tozalashi, og‘rig‘ini qoldirishi mumkin.
  Madaniyatning bu ne’matlarini tark qilishimiz kerak deb kim aytdi?! Axir Alloh taolo Qur’oni Karimda:
  "Alloh o‘z bandalariga chiqargan ziynatlarni va pokiza rizqlarni kim harom qildi?!", deb ayt", deydi-ku!
   Yo‘q! Ammo biz aytamizki, garchi barcha insonlar uni taraqqiyot deb bilsada, usiz yashab bo‘lmaydi deb hisoblasada, Yevropadan bizning aqidamizni buzadigan, bizni haromga tushiradigan narsalarni olmaymiz!
  
- Ali Tantoviy rohimahulloh

@e_kutubxona
1.2K viewsedited  11:04
Ochish/sharhlash
2023-02-19 18:27:56 #Maqola
Haqiqatparvarga 7 tavsiya

1. Boshingizga biron ish tushganda «haqiqatni aytganim uchun tazyiq qilyaptilar», demang. «Qarashlarim, fikrim, e’tiqodim, tadqiqotim uchun, kasbiy, vatandoshlik burchimni ado etganim yoki faktlarni yoritganim uchun» deng. Chunki yakuniy haqiqatning egasi siz emassiz. Haqiqatning egasi inson bo‘lsa, u haqiqat emas.

2. O‘zgalarning ham fikri, e’tiqodi va ular fakt deb hisoblagan asoslari bor. Ularni eshitishni va tushunishni o‘rganing. Tushunish qabul qilish degani emas. Lekin tushunmay hech narsani qabul qilmang. Bahsda birovning argumentini tushunib, uning asos-dalillarida zaiflikni ko‘rsata bilgan g‘olib bo‘ladi. Eng baqirog‘i emas.

3. Ehtiroslarning buzg‘unchi kuchi bor. Uning yaratuvchanlik xususiyati ham bor. Ehtiros qamrab olganda, uni nimaga yo‘naltirish sizning qo‘lingizda. Oxir oqibatni o‘ylash to‘g‘ri qarorni belgilaydi.

4. «Haqiqatgo‘ylik» birovlarning haqini, nomusini toptash uchun ruxsat emas.

5. Har qanday mafkura faktlar oldida bo‘yin egishi lozim. Mafkurangizga mos faktlarni tanlab, to‘g‘ri kelmaganini tashlab yuborish g‘irromlikdir. Faktlar noyob, qimmatbahodir. Tekshirilgan narsani fakt deb atash mumkin. Yaxshi tekshirilmagan ma’lumot asosida fikr yuritadigan bo‘lsangiz, buni o‘zingiz va boshqalar oldida tan oling: taxmin, fikr, mulohaza, gipoteza shakllari samimiy muloqotga yo‘l ochadi.

6. Haqiqat haqida savol berish, uni gumon ostiga olib tadqiq etishdan hech kim to‘silmagan. Hatto farishtalar Allohdan nima uchun Odamni yerga xalifa qilinishi haqida so‘radilar.

7. Haqiqatparvarni halok qiluvchi narsa kibrdir. Iblis kibrga mubtalo bo‘lgan «haqiqatgo‘y» edi.

- Jamshid Muslimov

@e_kutubxona
1.4K views15:27
Ochish/sharhlash
2023-02-17 19:17:08 #Tafakkur

Agar musulmon Islom kelajagi undan talab etadigan ilmiy va iqtisodiy faoliyatni unutgan holda, Ka’ba oldida umrbod ibodat bilan mashg‘ul bo‘lsa ham, bu ishi uni Alloh oldida hech narsadan behojat qilolmaydi.
Zero, zavodlar qurish masjidlar qurish bilan barobardir!

- Shayx Muhammad Gʻazzoliy

@e_kutubxona
1.3K views16:17
Ochish/sharhlash
2023-02-16 11:45:28 #Keltirma

«Men sizga tarixga oid kitoblarni qasddan ko'p yuborgan edim. Balki xabaringiz bordir, otangiz podshoh hazratlariga ham hamma vaqt tarix o'qimoqni tavsiya qilamen. Davlatning butun mas'uliyati sizlarning zimmangizdadir. Obodonlik yoki inqiroz sizlarning tadbir va harakatingizga bog'liqdir. Shuning uchun siz tarix oynasiga qarab turmog'ingiz kerak. Qaysi davrlarda qaysi sabablar bilan yurtlar obod boʻlgan, ellar shod-xurramlik ko'rgan ham qaysi zamonlarda va ne sabablardan mamlakatlar halok boʻlgan bularni o'rganmoq darkor. Aql va adolatning yorug' kunduzini, zulm va jaholatning qora tunini hech bir ilm tarix kabi ravshan koʻrsata olmagan. Ulug' bobongiz Temurxon tarixni shunday yaxshi bilur ekanlarki, u zamonning ibn Xoldun kabi eng peshqadam muarrixlarni hayratda qoldirganlari toʻgʻrisida ma'lumotlar bor».

- Oybek. "Navoiy" romanidan

@e_kutubxona
1.4K views08:45
Ochish/sharhlash
2023-02-12 16:58:33 Har bir musulmon quyidagilarni bilishi kerak:

1) Liberalizm
2) Islomning fikriy/intellektual tarixi
3) Zamonaviy/modern davlat tushunchasi
4) Sekulyarizm
5) Feminizm


Agar siz bu haqda hech narsa bilmasangiz, na o‘zingizni, na oilangizni va farzandlaringizni modernizatsiya hujumidan himoya qila olmaysiz.

@e_kutubxona
916 views13:58
Ochish/sharhlash
2023-02-10 15:26:33 #Tildan_saboqlar

Ko‘p kuzatyapman, o‘zbeklar orasida ham "bla... bla... bla..." deyish urf bo‘libdi.

Yana o‘risga taqlid! Yana o‘ylamay o‘rischa so‘zlarga sig‘inish! Yana o‘zbekchani kamsitish!

Kirmagani shu qoluvdi o‘zi! Muncha birovnikini yaxshi ko‘radigan millatmiz?!

Ichimizda "Meniki emassan sen! Tur yo‘qol! Menga o‘zimizniki yetadi!" degizdiradigan tuyg‘u yo‘qmi?! Qolmaganmi?! O‘lganmi?!

Do‘stlar! Aka-uka va opa-singillar!
Tilning ham o‘ziga yarasha mahramiyati bor. Til yetti yot begonalar ruxsat so‘ramay bostirib kirib ketaveradigan karvonsaroy emas! Har bir millat o‘z tilini xuddi qizini, opa-singlisini, xotini va onasini yomon ko‘zlardan, tajovuzlardan asragandek asrashi lozim!

Oldin ham ko‘p yozganman: TIL DAYUSI bo‘lib qolmaylik! Tilimizga rashkli, qizg‘anchiq bo‘laylik!

O‘zbek tilimizda ko‘plar qo‘llayotgan shu "bla... bla... bla..."ni aniq ifodalaydigan "valaqlash" degan juda chiroyli so‘z bor. "Valaqlayapti", deng. "Valaqlama!" deng. "Valaqi-salaqi", deng. Juda agar uch marta takrorlamoqchi bo‘lsangiz, "valaq... valaq... valaq..." deng! Aytmang shu "bla... bla... bla..."ni!

Bo‘ladi-ku axir! O‘ris emassiz-ku axir! O‘zbeksiz-ku axir!

Oldin bilmagan yo unutgan bo‘lsangiz, endi bilib oldingiz. Iltimos, keling, bugundan boshlab shu o‘rischa "bla..."ni tilimizdan siqib chiqaraylik, kelgan yeriga haydaylik, o‘rniga o‘zimizning so‘zni tiklaylik! Yashataylik!

- Nurulloh Muhammad Raufxon

@e_kutubxona
1.2K views12:26
Ochish/sharhlash
2023-02-09 20:06:02 ​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №168 mutolaa uchun Oybekning "Navoiy" romani tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 11-fevral, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in tafakkur maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.
1.1K views17:06
Ochish/sharhlash
2023-02-07 15:25:05 #Oy_tavsiyalari
Fevral oyida mutolaa qilish uchun kitob tavsiyalari

• Diniy-ma'rifiy:
"Vasatiya - hayot yo‘li" (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)

• Jahon adabiyoti:
"Farengeyt bo'yicha 451 daraja" (Rey Bredberi)

O‘zbek adabiyoti:
"Yulduzli tunlar" (Pirimqul Qodirov)

• Biografik:
"Stiv Jobs" (Uolter Ayzekson)

• Shaxsiy rivojlanish:
"Liderlik qonunlari" (Teodor Ruzvelt)

Mumtoz:
"Mantiq ut-tayr" (Fariduddin Attor)

• Tarix:
"Alvido, Vatan" (A'zam Hoshimiy)

• Ilmiy-ommabop:
"Oq nilufarlar yurtida" (Grigoriy Petrov)

@e_kutubxona
1.9K views12:25
Ochish/sharhlash