Get Mystery Box with random crypto!

Ajabo, bu merosu saodatning baland cho’qqisidan qanday qilib t | Elektron kutubxona


Ajabo, bu merosu saodatning baland cho’qqisidan qanday qilib tushib qoldik? Bu xususda o’zimizning ulamolarimizdan so’rasak, «kulli yavmin badtar», «bu xohishi ilohiy» va «qiyomat yaqindir» degan gaplardan boshqasini aytmaydilar. Lekin Qur’oni karimga murojaat qilsak, to’g’ri, yaxshi javobga yuzma-yuz qilib, bizga uni ko’rsatib qo’yadi. Agar shunga ham qanoat qilmasak, unda mana javobi: sabab shuki, o’tgan qavmlarning boshlariga azob yuborildi. (Negaki) har qavm solih amallarini yomon odatlarga alishtirar ekan, Alloh o’z ne’matlarini ulardan tortib olib, o’rniga azob yuborar.

Xo’sh, hozir qaysi dalilni qabul qilamiz? Ulamolarimizning so’zlarini qabul qilib, boshimizga kelgan va kelayotgan har baloni ilohiy rizo deb ketaveramizmi, yo Qur’oni karim farmoyishlarini jon qulog’imiz bilan eshitib, shu baxtsizliklarimizga sabab yomon amallarimizdan deb hisoblaymizmi?!
Bu savolga ham Qur’oni karim kamoli qat'iyat va mahobat bilan javob beradi: «Alloh odamlarga zulm qilmaydi, balki ular o’zlari o’zlariga zulm qiluvchilardandir…» «Sizlarga yetgan har bir musibat o’zlaringizning nosoz fe’lu amallaringizdandir, gunohlaringizning ko’plarini Alloh afv etadi. Agar gunohlaringiz evaziga musibatlar yuborilsa, holingizga voydir! Sizlarning amalingiz tufayli bu dunyo musibatlardan xalos bo’lmas edi. Sizlarga Allohdan o’zga himoyachi madadkor, balolarni daf etuvchi yo’qdir».

- Abdurauf Fitrat. "Najot yo‘li" kitobidan

@e_kutubxona