Get Mystery Box with random crypto!

Elektron kutubxona

Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona E
Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona
Kanal manzili: @e_kutubxona
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 37.83K
Kanalning ta’rifi

O'qi va ko'taril!
Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK
Kitob almashish guruhi: t.me/ Tj96NSH4NrMyZDgy
Uchun: @kutubxonachibot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 12

2023-03-16 08:01:13
Yosh kitobxon — 2023: Adabiyotlar ro‘yxati

• Adabiyotlar soni:
10-14 yosh toifasida 40 ta
15-19 yosh toifasida 50 ta
20-30 yosh toifasida 50 ta

• Tanlovda:
2009–2013-yillar 10-14 yosh toifasida;
2004–2008-yillar 15-19 yosh toifasida;
1993–2003-yillar 20-30 yosh toifasida ishtirok etishlari mumkin;

• Tanlovga arizalar qabuli 1-sentabr kuniga qadar davom etadi va saralash bosqichlari sentabr oyida o‘tkaziladi;

• Ro‘yxatdan o‘tish

@e_kutubxona
1.4K views05:01
Ochish/sharhlash
2023-03-15 10:08:48 #Hikmatlar #Gyote

• Agar barcha buyukliklar risoladagidek idrok etilsa, ular ma’rifatga yetaklaydi.

• Extiros va hissiyotlar umumbashariy bo‘lishi mumkin, lekin tafakkur doimo alohida shaxslarga ato etiladi.

• Ko‘pincha raqamlar dunyoni boshqaradi deyishadi. Unchalik emas-u, raqamlar dunyo qanday boshqarilayotganini ko‘rsatishiga shubha yo‘q.

• Men hamisha qonunlarga qat’iy amal etishga da’vat etaman; ayniqsa ko‘ngilchanlik va ortiqcha erkinlik ko‘p narsani boy berishga olib kelayotgan hozirgi davrimizda.

• Insonning zamonaviy yutuqlarni baholashda o‘tmishdagi yutuqlarni ham hisobga olishi tarixiylik tuyg‘usi deb ataladi.

• Qarama-qarshi fikrlar o‘rtasida haqiqat yotadi, deydilar. Bo‘lmagan gap! Ular o‘rtasida faqat muammo yotadi.

• Vatanparvarlik san’ati ham, vatanparvarlik fani ham bo‘lishi mumkin emas.

- Gyote. "Hikmatlar"


@e_kutubxona
1.4K views07:08
Ochish/sharhlash
2023-03-12 12:55:48 #Buyuklar

13 yoshidan asar yoza boshlab, hayoti davomida 500dan ortiq kitob yozgan allomani bilasizmi?

Ushbu buyuk zot haqida ayrim ma’lumotlarni o‘rganish asnosida olim 89 yil umr kechirib, hayotlari davomida 500dan ortiq kitob yozgan ekanlarini o‘qib bildim. Alloh taolo bunday allomalarning vaqtiga qanchalar baraka ato etgani, naqadar yuksak iqtidor va kuchli zakovatga sazovor bo‘lishganini tafakkur qilarkanman, holimizga rahmim keldi. Toki bu o‘rganishlarimiz barchamizga ibrat bo‘lsin, o‘rnak bo‘lsin.
Imom Abul Faraj ibn Javziy (Abdurrahmon ibn Ali Hanbaliy Bag‘dodiy) uch yoshlik chog‘larida otalari olamdan ko‘z yumadi va onalari qaramog‘ida tarbiya ko‘radi. Yoshligidanoq ilm tahsilini boshlab, hofiz Muhammad ibn Nosir huzurida Qur’oni karimni to‘laligicha yod oladi.
Keyinchalik Abul Qosim Hiraviydan voizlik san’atini o‘rganadi. Shundan so‘ng faqih Ibn Zog‘uniyga shogird tushib, undan turli fanlar, ayniqsa, tafsir, hadis, fiqh, nahv, sarf, balog‘at, tarix, voizlik va boshqa sohalarda ko‘plab foydalar oladi.
Alloma bulardan tashqari usulul fiqh, ilmi xilof, ilmi jadal, hisob va tib ilmlarini Abu Bakr Daynuriy va qozi Abu Ya’lo kabi jami 90 ga yaqin o‘z davrining yetuk olimlaridan o‘rganadi.
Ibn Javziy bolalik davrlarida ham tengdoshlarining yosh bolalarga xos o‘yinlaridan uzoq bo‘lib, ilm talabiga sho‘ng‘igan holda hayot kechiradi. Bu haqda o‘zi: «Men biror marta yosh bolalar bilan o‘ynaganimni, baland ovozda kulganimni eslay olmayman», degan edi.

Ibn Javziyning boshqalardan ajralib turadigan ko‘plab xususiyatlari bo‘lib, ilmga o‘ta muhabbat va uni talab qilishga jo‘shqin shijoat, o‘tkir hifz, mislsiz zakovat, haddan tashqari oliy himmat hamda kamdan-kam insonlargina erisha oladigan zuhdu taqvo u kishini o‘z asrining yetuk olimi bo‘lib yetishlariga omil bo‘lgan.
Ibn Javziy olti yoshlarida hadis eshitishni, o‘n uch yoshlarida kitob yozishni boshlagan. Yigirma besh yoshidan to vafotigacha insonlarga va’z-nasihatlar qilib, ko‘pchilikning hidoyat yo‘lini topishiga sababchi bo‘lgan.
Bu haqda o‘zi: «O‘z qo‘llarim bilan ikki ming mujallad kitob yozdim, qo‘l ostimda yuz ming kishi gunohlariga tavba qildi va yigirma ming kishi musulmon bo‘ldi», degan.
Mashhur asarlaridan: «Al-mug‘niy» (Qur’oni karimning katta hajmdagi tafsiri bo‘lib, uni Ibn Javziyning o‘zi to‘rt juzga qisqartirib «Zodul masir» deb nomlagan); «Soydul xotir» (uch juz); «Minhojul qosidin» (ikki juz) va boshqalar.
«Al-vafiy bil vafayot» kitobida aytilishicha, olimning ba’zi shogirdlari u kishi yozib qoldirgan risolalarni jamlab, yashab o‘tgan umrlarining vaqtiga taqsimlashganida kuniga 9 risoladan to‘g‘ri kelgan ekan.
Ibn Javziy rahmatullohi alayh hijriy 597 yil 13 ramazon juma kechasi Bag‘dodda vafot etganlar.

@e_kutubxona
1.5K views09:55
Ochish/sharhlash
2023-03-10 16:16:52 #Turkiston_qaygʻusi

Ma’lumdirki, inglizlar qaysi joyga qadam qo‘ysalar, "madaniyatsiz" yerlik xalq g‘amxo‘rligi uchun kelganlarini bildiradilar. Agar bu so‘z haqiqat esa Sharqiy Turkiston xalqini bolshevizm balosidan qutqarish sharoiti ularga oson topilur edi. Biroq chinakam insoniyat g‘amxo‘rligi qiladigan Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomdan va ham uning haqiqiy ummatlaridan boshqa birovning bu kabi ulug‘ sharafga erishmagi mumkin emasdir. O‘sha kundagi Oltishahar Uyg‘uristondagi xitoy hukumati esa qog‘oz yuzi, til uchi bilan davlat markazi Pekinga bog‘lanmish bo‘lsa ham o‘rta asr Xitoy xonligi davridan qolgan esdalik bir haykal ko‘rinishi edi.
Demak, har ikki Turkiston xalqi ongsizlik, ilmsizlik kasofatidan shu kabi qulay sharoitlar bo‘la turib ham, bulardan o‘z vaqtida foydalanish yo‘llarini topolmadilar. Ochiq bir maqsadni o‘z oldilariga shart qilib qo‘yib, tashkiliy ravishda ish olib borish uchun harakat qilgudek birorta odam yo‘q edi. O‘zlarining kelgusi istiqbollari uchun hech qayg‘urmas edi. Chunki, bu bechora xalq xurofot zulmati, johiliyat botqog‘iga butunlay botgan edi. Bunga shu davrdagi muhit aybdordir. Qur’onning "Bilganlar bilan bilmaganlar har to‘g‘rida teng kela olmaydilar", degan hikmatlik so‘zini albatta amalga oshirish kerak edi.
Nima uchun keyingi asrlarda Turkiston xalqi bunday johiliyat botqog‘iga botdi? Buning bosh sababi - dinni asosi bilan tushunmagan ilm-madaniyat dushmanlari hokimiyat tepasida bo‘ldilar. O‘zlarini din homiylari deb e’lon qilib, xalqni ma’rifat nuridan mahrum, zamonaviy fanniy ilmlardan butunlay yiroq tutdilar. Chet davlatlar bilan aloqa bog‘lamadilar, o‘qish-o‘qitish ishlariga hech qanday ahamiyat bermadilar. Shuning uchun Turkiston xalqining ichida uyg‘onish, fikr ochilish va bor sharoitdan foydalanish imkoniyatlari bo‘lmadi. Davlatning inqirozi, millatning ongsizligiga shu johillar sababchidur.

- Alixonto‘ra Sog‘uniy. "Turkiston qayg‘usi"

@e_kutubxona
1.5K views13:16
Ochish/sharhlash
2023-03-09 20:39:32 ​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №170 mutolaa uchun Alixonto‘ra Sog‘uniyning "Turkiston qayg‘usi" asari tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 11-mart, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in tafakkur maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.
2.4K views17:39
Ochish/sharhlash
2023-03-09 12:56:07 #Turkiston_qaygʻusi

O‘tmishdagi tarixini unutib, endigi tarixini tuymagan bir millat qorong‘uda qolgan, qo‘lida tayog‘i yo‘q ko‘r kishi kabi qayoqqa oyoq qo‘yishini bilmaganlikdan dushman yetakchisi keyinidan ketishga majbur bo‘ladi. Ochiq fikrli, sezgir vatan o‘g‘illari tarixning qandayin zarur ekanligini manim shu so‘zimdan ilhom olib chuqur tushunishlari kerak.
Endi Vatanim meni suymas ekan, men uni suyganligimdan, ulusim meni tanimas ekan, men uni taniganligimdan vatan ustida bo‘layotgan tarixiy o‘zgarishlarni va ham buning kelajakdagi yomon natijalarini ko‘rsatib, vatan bolalariga ulgu¹ bo‘lg‘udek, boshqalar bundan ibrat olg‘udek tarixiy bir asar yozishga kirishdim.


- Alixonto‘ra Sog‘uniy. "Turkiston qayg‘usi"

_
¹ Namuna, o‘rnak

@e_kutubxona
2.9K views09:56
Ochish/sharhlash
2023-03-06 10:25:00
#Yangi_nashr
“Vatandoshlik dasturi”

Mazkur asar o‘z davlatini asrash va takomillashtirishda faol ishtirok etish zaruratini his etganlar va haqiqiy vatandosh bo‘lishni istaganlar uchun yozilgan.

Asarda insoniyat oldida turgan muhim masalalar - inson, hayot, yashash muhiti, jamiyat, madaniyat, mehnat, rahbarlik, hamkorlik kabi mavzular o‘ziga xos tarzda batafsil yoritilgan.

Dolzarb mavzular yoritilgan ushbu kitob siyosatshunos olim Hamid Sodiq tomonidan tarjima qilingan bo‘lib, hozirda Azon kitoblari nashriyotida chop etilish arafasida.

Muqovasi: qattiq
Sahifalar soni: 704 bet
Narxi: 75 000 so‘m

@e_kutubxona
1.8K views07:25
Ochish/sharhlash
2023-03-04 08:50:09 #Oy_tavsiyalari
Mart oyida mutolaa qilish uchun kitob tavsiyalari

• Diniy-ma'rifiy:
"Mukoshafat-ul qulub" (Abu Homid G'azzoliy)

• Jahon adabiyoti:
"Jarayon" (Frans Kafka)

O‘zbek adabiyoti:
"Chinor" (Asqad Muxtor)

• Biografik:
"Mening hayotim" (Mahatma Gandi)

• Shaxsiy rivojlanish:
"Kitoblar qanday o‘qiladi" (Mortimer J. Adler, Charlz Van Doren)

Mumtoz:
"Siyosatnoma" (Nizomulmulk)

• Tarix:
"Turkiston sayohatlari" (Ismoilbek G‘asprali)

• Ilmiy-ommabop:
"Islom hazorasi" (Ahmad Muhammad)

@e_kutubxona
1.5K views05:50
Ochish/sharhlash
2023-02-28 09:58:19 VATAN QURTLARI

1970-yilda Kuba o‘z fuqarolarini Amerikaga ko‘chib o‘tishini man qiluvchi qonun chiqardi. Maqsad Amerika razvedkasining Kuba fuqarolaridan Kuba yetakchisi Fidel Kastroga qarshi foydalanishining oldini olish edi.
1980-yil Amerika Kubani yana tashvishga qo‘yishni maqsad qildi. Prezident Jimmi Karter Kubaliklar uchun Amerikaning quchog‘i ochiq ekanini, ularga maosh va bepul uy-joylar berishlarini aytdi.
Fidel Kastro Gavana portida 600 ta kema tayyorladi. 125 ming inson yig‘ildi. Kastro: "Kim Amerikaga ketishni xohlasa marhamat, ketaversin", dedi.
Muhojirlarga juda ko‘p jinoyatchilar, qamalganlar qo‘shildi. Ular Amerika tomon yo‘lga chiqishdi.
Amerika muhojirlarning ko‘pligini ko‘rgach ularning istiqboliga chiqmadi. Ular bir necha hafta kishilar va dunyoning ko‘z o‘ngida dengizda qolib ketishdi. O‘nlab qarilar, yosh bolalar va ayollar vafot etishdi. Nihoyat ularni Guantanamodagi boshpanalarga joylashtirishdi.
Qizig‘i, ular ketgach Kubaning iqtisodi ko‘tarila boshladi. Savdo, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi tez sur’atlar bilan rivojlanib ketdi.
Fidel Kastro ular haqida shunday degan edi:
"Anavi qurtlar bizning ichimizda joylashib olgan Amerikaliklar edi".
Karter o‘zining ahmoqligi sabab ko‘p tanqidlarga uchradi. Saylovda mag‘lubiyatga uchradi. Yangi prezident Reygan shunday degan edi:
"Agar muhojirlar Kubada qolishganda Kastro aniq sinar edi".
Ibrat:
Har-bir vatanning o‘z qurtlari bo‘ladi. Ular vatanning kulfati va harob bo‘lishiga sabab bo‘lishadi. Ularning vatandan chiqib ketishi kishilarga rohatdir. Kim ketmoqchi bo‘lsa ketsin. Vatan o‘z aholisigadir! Xoinning vatani bo‘lmaydi!
_
Bu yerda oilam, yurtim kelajagi deb chetda yurganlar emas, aksincha vatanga tupurib qo‘yganlar nazarda tutilgan.

- Abdulqodir Samarqandiy

@e_kutubxona
2.6K viewsedited  06:58
Ochish/sharhlash
2023-02-23 10:34:20
Nabaviy strategiya

Ijtimoiy, siyosiy, boshqaruvga oid va oilaviy qoida.

@e_kutubxona
479 views07:34
Ochish/sharhlash