Get Mystery Box with random crypto!

Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi 2021-yil 26-27- | Milliy sertifikat

Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2021-yil 26-27-oktabr va 1-6-noyabr kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlari natijalari e’lon qilindi.

Talabgorlar test natijalari bilan my.dtm.uz sayti orqali “Milliy sertifikatlar” bo‘limining “Mening arizalarim” qismida tanishishlari mumkin.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini 29-noyabr kunidan boshlab olishlari mumkin bo‘ladi.

Sertifikatlar Toshkent shahrida Davlat test markazi binosida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda esa Davlat test markazining hududiy bo‘limlarida beriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube