“O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi o‘tkazildi
2021-yil
24-noyabr kuni
Andijon shahrida navbatdagi “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi bo‘lib o‘tdi.
Test sinovi
Britaniya Kengashi (British Council) bilan hamkorlikda
kompyuterda o‘tkazildi.
Test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning test natijalari 72 soat ichida
shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.
Keyingi test sinovlari
Toshkent,
Nukus va
Jizzax shaharlarida quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:
Toshkent shahri –
26-noyabr va
22-dekabr;
Nukus shahri –
30-noyabr;
Jizzax shahri –
6-dekabr.
Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar
my.dtm.uz sayti orqali
onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Ilmiy markazning telegram kanali:
@dtmilmiymarkaz