Get Mystery Box with random crypto!

DTM

Telegram kanalining logotibi dtm_axboroti_uz — DTM D
Telegram kanalining logotibi dtm_axboroti_uz — DTM
Kanal manzili: @dtm_axboroti_uz
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8
Kanalning ta’rifi

🔍
Reklama xizmati : @Rek_info
Murojaat: @Jasurbek_Niyozov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 34

2022-04-22 18:29:01 Yuridik universitetga huquqiy fanlardan test topshirish amaliyoti joriy etiladi

2023/2024 o‘quv yilidan Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirishda huquqiy fanlardan test topshirish amaliyoti joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Bugungi kunda Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirishda abituriyentlar 2 ta bo‘limdan iborat 5 ta fan majmuasidan test sinovlari topshiradi.

Bular: 1-bo‘limda barcha yo‘nalishlar uchun majburiy 3 ta fanOna tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi; 2-bo‘limda “yurisprudensiya” ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha 2 ta fan – tarix va chet tili fanlari.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab, TDYuUga o‘qishga kirishda test sinovlarining 2-bloki, ya'ni “yurisprudensiya” bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha tarix fani o‘rniga huquqiy fanlarni kiritish masalasi universitet kengashida ko‘rib chiqilgan va ma'qullangan.

Bildirilishicha, mazkur taklifning joriy etilishi quyidagi qator natijalarga xizmat qiladi:

maktab yoshidanoq bolalarni huquqiy fanlarni chuqur o‘zlashtirishga, Konstitutsiya va qonunlarni puxta o‘rganishga;

maktablarda sifatli, xalqaro standartlarga mos yuridik darsliklarning yaratilishiga;

huquqshunoslik fanlaridan ta'lim beruvchi o‘qituvchilarga nisbatan qo‘yiladigan talablar oshishi natijasida ularning malakasini doimiy oshirib borishi uchun mustahkam zamin yaratiladi;

TDYuUga dastlabki huquqiy bilimlarga ega yosh avlod vakillari kirib kelishiga erishiladi.

Bugungi kunda umumiy o‘rta ta'lim maktablarida 4 yil davomida yuqori sinflarda davlat va huquq asoslari hamda konstitutsiyaviy huquq asoslari fanlari o‘qitib kelinmoqda. Test savollari ushbu darsliklar asosida tuziladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
8.9K views15:29
Ochish/sharhlash
2022-04-22 08:22:40
Nogiron abituriyentlarga qanday imtiyozlar bor?

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25 iyundagi 417-sonli qarorida nogironligi bo‘lgan shaxslarga 2 foizlik kvotalar ajratilishi va ularni qabul qilishda 30 foiz eng quyi chegara etib belgilangan.

Ya’ni, abituriyent 30 foiz ball to‘plagan, belgilanggan kvota bo‘yicha ball yig‘a olgan bo‘lsa, grant asosida o‘qishga qabul qilinadi. Aks holda boshqa abituriyentlar qatori qo‘shimcha yoki orttirilgan kontrakt asosida o‘qishi lozim bo‘ladi.

DTM Bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov

Abituriyent do'stlaringizga yuboring!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
9.7K views05:22
Ochish/sharhlash
2022-04-21 18:15:16
#Xalqaro_hamkorlik
Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

2021-yil 21-aprel kuni Davlat test markazida Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda baholash sohasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ushbu sohada o‘zaro tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, “Rus tili chet tili sifatida” (TRKI) testlarini Davlat test markazida joriy etish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Uchrashuvda Davlat test markazidan direktor o‘rinbosari Sardor Radjabov va soha mutaxassislari hamda Sankt Peterburg davlat universitetining yoshlar siyosati va qabul bo‘yicha birinchi prorektori Aleksandr Vyacheslavovich Babich, Tillarni baholash markazi direktori Dmitriy Viktorovich Ptyushkin ishtirok etdilar.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
5.3K views15:15
Ochish/sharhlash
2022-04-21 16:26:17
Nega Repetitorlar, atigi bir yilda o'rgatadigan bilimni maktablar 11 yilda o'rgatolmaydi? 00:43

Prezident Shavkat Mirziyoyevdan o'rinli tanqid!

Siz qanday fikrdasiz? !

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
6.9K views13:26
Ochish/sharhlash
2022-04-21 13:09:58 O'zbekistonda yillarning nomlanishi

1991-yil "Alisher Navoiy yili"

1992-yil "Hamshiralar yili"

1993-yil "Ahmad Yassaviy yili"

1994-yil "Mirzo Ulug'bek yili"

1995-yil "Ibn Sino yili"

1996-yil "Amir Temur yili:

1997-yil "Inson manfaatlari yili"

1998-yil "Oila yili"

1999-yil "Ayollar yili"

2000-yil "Sogʻlom avlod yili"

2001-yil "Onalar va bolalar yili"

2002-yil "Qariyalarni qadrlash yili"

2003-yil "Obod mahalla yili"

2004-yil "Mehr-muruvvat yili"

2005-yil "Sihat-salomatlik yili"

2006-yil "Homiylar va shifokorlar yili"

2007-yil "Ijtimoiy himoya yili"

2008-yil "Yoshlar yili"

2009-yil "Qishloq taraqqiyoti va faravonligi yili"

2010-yil "Barkamol avlod yili"

2011-yil "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili"

2012-yil "Mustahkam oila yili"

2013-yil "Obod turmush yili"

2014-yil "Sogʻlom bola yili"

2015-yil "Keksalarni eʼzozlash yili"

2016-yil "Sogʻlom ona va bola yili"

2017-yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

2018-yil "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili"

2019-yil "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"

2020-yil "Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"

2021-yil "Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"

Abituriyent do'stlaringizga yuboring!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
8.1K views10:09
Ochish/sharhlash
2022-04-21 04:50:08 Sifatli PDF formatdagi titul!

Juda ko'pchilik so'ragan taklif

Joriy yilgi blokli test sinovlarida foydalaniladigan javoblar varaqasi (Titul) namunasini yuklab oling

Ushbu javoblar varaqasini chop eting va uni to‘g‘ri to‘ldirishni hozirdan mashq qilishni boshlang.

Unutmang: Javoblar varaqasi faqatgina bir marta beriladi. Xato qilgan abituriyentlarda boshqa imkoniyat mavjud bo‘lmaydi!


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
9.5K views01:50
Ochish/sharhlash
2022-04-20 18:31:02 Joriy yildan boshlab oltita OTMda chet tilidan ijodiy imtihonlar bo‘ladi

Hukumatning tegishli qaroriga (№34, 19.01.2022 y.) ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan OTMlarga kirish imtihonlarida fanlar majmuasidagi chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Ushbu yangi tartib qoida quyidagi OTMlarga taalluqli:

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
Samarqand davlat chet tillar instituti;
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.

Izoh: Fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida.

Toshkent davlat pedagogika universiteti
Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
Nukus davlat pedagogika instituti.

Izoh: Xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarida.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarda chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi tegishli milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga beriladigan imtiyozlar saqlab qolinadi.

chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlari Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
10.8K views15:31
Ochish/sharhlash
2022-04-20 11:59:01
#Soraganlar_uchun #arxiv

Maktabni oltin yoki kumush medal asosida bitirgan bitiruvchilarga o‘qishga kirishda imtiyoz beriladimi?

JAVOB: YO‘Q, BERMAYDI. Nega bermasligini sobiq Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ushbu videoda batafsil tushuntirib bergan.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
11.5K views08:59
Ochish/sharhlash
2022-04-20 04:31:12 ​​​SIZ DAVLAT GRANTI ASOSIDA O'QISHGA QABUL QILINDINGIZ!

Abituriyentlar uchun atalgan ajoyib she'r

Sabr qiling deyishdi sabr qilyapmiz
O'ylayverib o'zimizga jabr qilyapmiz
Tushlarimiz folbin kabi taʼbir qilyapmiz
Biz ham bir quvonchga to'laylikda
O'qishga grand asosida kiraylida

Bu DTM qo'ydiku ko'p o'ylatib
Testlarni ham belgiladik qoyillatib
Ota onamiz baxtdan voy... voyillatib
Ko'zlarida quvonchini ko'raylikda
O'qishga grant asosida kiraylikda.....

Niyatimiz Oliy unvon olish xalos
Va albatta yaxshi inson bo'lish halos
Menga esa poytaxtda qolish xalos
Biz ham bir kerilib yuraylikda
O'qishga grant asosida kiraylida.....

Ag'darilsin yelkadagi baland tog'lar
O'chib ketsin ko'ngildagi turli dog'lar
Bizni kutar baland bino, so'lim bog'lar
Biz ham to'yib to'yib uxlaylikda
O'qishga grant asosida kiraylida.....

Bir yil kutdik ikki uch yil oz emas
Bizga grantdan pastrog'i soz emas
Bizchalik hech kim ishqiboz emas
Bilim bilan davlatimiz qo'llaylikda
O'qishga grant asosida kiraylikda.....

Quloq tutsin Xudo bizning nomamizga
Nasib qilsin talabalik hammamizga
Maqtanaylik tog'a xola ammamizga
O'lsak ham talaba bo'lib o'laylikda
O'qishga grand asosida kiraylikda...

Yaxshi niyat yaxshi bo'lsa amalga oshar
Erta bilmam kimga qanday taqdir shoshar
Lekin biling egilmasin mag'rur boshlar
Kantrak bo'lsa bo'lsin to'laylikda
Bo'lmasa grand asosida kiraylikda....

Sabr qiling deyishibdi sabr qiling
Sizga shubha qilganlarga jabr qiling
Tushingizni faqat yaxshi taʼbir qiling
Duo qiling duo qiling duo qiling
Hammamiz quvonchga to'laylikda
O'qishga grand asosida kiraylikda...

Abituriyent do'stlaringizga yuboring!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
14.2K views01:31
Ochish/sharhlash
2022-04-19 12:31:19 ​​ Bu yilgi pasport (ID karta) olmagan maktab bitiruvchilari oʻqishga topshira olmaydi!

Oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarning hujjatlari Davlat test markazining abitur.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi. Abituriyentlar endi avvalgidek oliy taʼlim muassasalariga ovora boʻlib borishlari, uzundan-uzoq navbatga turishlariga xojat qolmadi.

Onlayn hujjat topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) maʼlumotlarini (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami -JSHSHIR) kiritish talab etiladi. Shu bois, 16 yoshga toʻlgan bitiruvchilar oʻz vaqtida pasport (ID karta) olishlari zarur, deya xabar bermoqda Xalq taʼlimi vazirligi.

Bu jarayonda bitiruvchilarga yanada qoʻlaylik yaratish maqsadida attestat.uzedu.uz elektron bazasi DTM abitur.dtm.uz sayti bilan integratsiya qilingan.

Maʼlumot uchun, joriy oʻquv yilida maktablarni 390 mingdan ortiq oʻquvchilar bitiradi. Bugungi kunda bitiruvchilarning elektron maʼlumotlar bazasi attestat.uzedu.uz saytida 16 yoshga toʻlgan 122 mingdan ortiq bitiruvchilar (31%) pasport olmagan.

Eslatib oʻtamiz, 16 yoshga toʻlgan bitiruvchilar pasport olishlari uchun Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlariga murojaat etishlari mumkin.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
16.1K views09:31
Ochish/sharhlash