Get Mystery Box with random crypto!

DTM

Telegram kanalining logotibi dtm_axboroti_uz — DTM D
Telegram kanalining logotibi dtm_axboroti_uz — DTM
Kanal manzili: @dtm_axboroti_uz
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8
Kanalning ta’rifi

🔍
Reklama xizmati : @Rek_info
Murojaat: @Jasurbek_Niyozov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 31

2022-05-03 08:00:29 ​​Yaxshi yangilik: OTMga kirish uchun berilgan imtiyozlar qayta ko‘rib chiqiladi

Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun berilgan imtiyozlarni xatlovdan o‘tkazib, ularni qayta ko‘rib chiqqan holda yagona hujjatda qat’iy ro‘yxatini shakllantirish hamda ushbu imtiyozlarni umumiy kvotaga kiritmaslik to‘g‘risidagi qoidani belgilash rejalashtirilmoqda.

Mazkur loyiha tashabbuskori Adliya vazirligi ekan. Imtiyoz bor joyda kamida ikkita narsa doim bo‘ladi: korrupsiya va tanish-bilishchilik. Bundan tashqari, imtiyozlar tenglikning buzilishiga ham sababchi bo‘ladi. Imtiyozlar qayta ko‘rib chiqilishini esa olqishlash kerak.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
9.4K views05:00
Ochish/sharhlash
2022-05-02 02:51:15
Barchamizga bayram muborak bo'lsin.

Alloh taolo tutgan ro'zalarimizni dargohida qabul qilgan bòlsin. Gunohlarimizmi mag'firat qilsin.

Barchangizga bayram muborak.
1.5K views23:51
Ochish/sharhlash
2022-05-01 16:05:52
Ta'lim inspeksiyasi tomonidan litsenziyalangan O'zbekistondagi xususiy oliy ta'lim muassasalari ro'yxati

Ushbu ro'yxatdagi oliygohlar diplomi O'zbekistonda tan olinadi. Ro'yxat keyinchalik yangilanishi (yangi oliygohlar qo'shilishi) mumkin.

PS: Yuqoridagi OTMlarning diplomi davlat oliygohlarining diplomi bilan teng yuridik kuchga ega!

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
7.4K views13:05
Ochish/sharhlash
2022-05-01 09:17:15
ABITURIYENT HAM ODAMMI?!

Davlat test markazining qabulga 3 oy qolganda dabdurustdan e'lon qilgan yangi o'zgarishi ba'zi abituriyentlar uchun adolatsizlik bo'ldi.

Abituriyentlar o'z haqqini talab qilishi kerak. Sentyabrdan beri tayyorlanish uchun ketgan vaqti va pullari havoga uchmaydiku? Bu kabi yangiliklar o'quv yili boshida e'lon qilinishi kerak edi. Yoki bu tartib kelgusi o'quv yilidan amalga joriy etilishi shart. Bu yildan emas!

Barcha abituriyentlarga tarqataylik!

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
9.6K views06:17
Ochish/sharhlash
2022-04-30 04:40:12 7 usul orqali testlarni to‘g‘ri ishlashni o‘rganing !!!

Imtihonlarga oz muddat qolmoqda. Imtihon asosan turli xil ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.

Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab tanishing.
Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti bo‘lishi mumkin. Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering. Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan, sharti bilan yaxshilab tanishing. Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi mumkin.

Avvaliga oson savollarga javob bering.
1-qadamdan so‘ng, oson savollarga javob berib chiqing. Bu sizga imtihonning savollari, formati va qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi. Eng muhimi esa test boshlanishi bilanoq bir qancha savollarga to‘g‘ri javob berishingiz, o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi.

Javoblarni xayolda topishga harakat qiling.
Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang. O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi. Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib qolishdan saqlanasiz.

Har bir javob variantini o‘qing.
Hamma variantlarni o‘qing. Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab ketayotgan bo‘lishingiz mumkin.

“Chiqarib tashlash” usulidan foydalaning.
Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar ustidan ruchkada chizib tashlang. Qolgan variantlar orasidan javobni belgilashingiz, to‘g‘ri javobni topishingiz ehtimolligini oshiradi.

“Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar
Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob varianti bor. 2 ta javob to‘g‘riligini bilsangiz, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering.

Har bir savolga javob bering.
DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib tashlanmaydi. Shunday ekan, barcha savollarga javoblarni belgilang. To‘g‘ri javoblarni topish ehtimolingiz oshadi.

Maslahatlarimiz sizga ma'qul bo'lgan bo'lsa, abituriyentlarga va yaqinlarizga ham ulashing.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
14.6K views01:40
Ochish/sharhlash
2022-04-29 13:08:11
Qabul-2022: Abiturientlarni baholash mezoni o'zgardi, bu 5 ta yo'nalishni tanlash qamrovini ham o'zgartiradi

Endi abiturientlarga o'tgan yilgidek mutaxassislik blokidagi 2 ta fan uchun ham birday 3,1 balldan berilmaydi, 2-fanga 2,1 balldan beriladi. Mutasaddilar bunday o'zgarish nega kiritilganiga izoh berishdi.

Abituriyent do'stlaringizga yuboring!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
8.4K views10:08
Ochish/sharhlash
2022-04-29 03:04:36
#Juma muborak !

Jumaning xayri va barakoti sizga boʻlsin..

Paygʻambarimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallamga mukammal va cheksiz durudu - salavotlar boʻlsin..

اللهمَّ صلِّ على سيِّدنا محمَّد

Allohumma solli aʼla Sayyidina Muhammad ﷺ

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
1.1K views00:04
Ochish/sharhlash
2022-04-28 15:10:58
Blokida chet tili fani borlar bormi ?, bu xabar siz uchun!

Majburiy fanlar qatoriga chet tili fani ham qoʻshiladimi ?

Shu yil qabulidan boshlab kirish imtihonlarida chet tili fanidan quyidagi universitetlarda

1) Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti;
2) Samarqand davlat chet tillar instituti;
3) Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
4) Toshkent davlat pedagogika universiteti;
5) Qoʻqon davlat pedagogika instituti;
6) Nukus davlat pedagogika instituti.

tinglab tushunish
oʻqish
yozish
hamda
gapirish til koʻnikmalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladimi ?

Videoda batafsil javob olishingiz mumkin 0:00

Abituriyent do'stlaringizga yuboring!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
8.0K views12:10
Ochish/sharhlash
2022-04-28 09:57:38 Rasman! Imtihonsiz 2-kursga qabul qilish tartibi tasdiqlandi!

Texnikum bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalarining 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘lgan o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun, 2022/2023-o‘quv yili qabulidan boshlab texnikumlarda o‘rta maxsus professional ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
8.5K views06:57
Ochish/sharhlash
2022-04-27 14:27:11 Test topshiriqlarini bajarish uchun qancha vaqt beriladi ?

Testda oʻtgan yilgidan qanday oʻzgarishlar bor ?

"Спецблок" blokida qanday oʻzgarishlar boʻldi ?

Mutaxassislik fanlari savollar soni 20 tadan 30 taga koʻpaygani haqida maʼlumot 00:00

— Endi birinchi blok, ikkinchi blok degan tushuncha boʻladi ( 3.1 ball dan 2.1 ball beriladi) 00:00

Abituriyent do'stlaringizga yuboring!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
7.0K views11:27
Ochish/sharhlash