Get Mystery Box with random crypto!

DTM

Telegram kanalining logotibi dtm_axboroti_uz — DTM D
Telegram kanalining logotibi dtm_axboroti_uz — DTM
Kanal manzili: @dtm_axboroti_uz
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8
Kanalning ta’rifi

🔍
Reklama xizmati : @Rek_info
Murojaat: @Jasurbek_Niyozov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 29

2022-05-12 17:59:01
Uraaa Xush Xabar

Shavkat Mirziyoyev Аbituriyetlarga o'ta muhim xabarni yetkazdi

Bu xabarni o'qigan abituriyentni fikri o'zgarib ketishi hech gap emas..

Lekin buni o'qimasangiz bo'lmaydi
4.2K views14:59
Ochish/sharhlash
2022-05-12 14:16:55 Lisenziyaga ega bo'lmagan soxta oliy ta'lim muassasalaridan ogoh bo'ling!

So'nggi paytlarda Ta'lim inspeksiyasi telegram botiga ayrim fuqarolar “Termiz shahridagi “UNIVERSITY AT-TERMIZIY” MCHJ tomonidan berilgan diplomlar O'zbekistonda oliy ta'lim muassasasi diplomi sifatida tan olinadimi?” deb murojaat qilmoqda.

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi yuqorida nomi keltirilgan ta'lim tashkilotiga O'zbekistonda oliy ta'lim xizmatlarini ko'rsatish huquqini beruvchi hech qanday lisenziyaga ega emasligini ma'lum qiladi.

Qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq, Ta'lim inspeksiyasidan oliy ta'lim xizmatlari ko'rsatish uchun lisenziya olmagan nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar tan olinmaydi.

Ma'lumot uchun : Imtihon javoblari va Diagnostik savollarini
@Free_lessonsbot orqali topishingiz mumkin


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
6.0K views11:16
Ochish/sharhlash
2022-05-11 18:29:02 TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

Taʼlim bosqichi BAKALAVRIAT

Taʼlim yo‘nalishi: 5230200-MENEJMENT (TARMOQLAR VA SOHALAR BO‘YICHA)

Taʼlim tili - O‘ZBEK

Taʼlim shakli - KUNDUZGI

Qabul kvotasi: 13 ta, shundan

Davlat granti asosida: 3 ta o‘rin. 2021 yilda ushbu taʼlim yo‘nalishida davlat grantiga o‘tish bali 180.6 ballni tashkil etgan.

To‘lov kontrakt asosida: 10 ta o‘rin. 2021 yilda ushbu taʼlim yo‘nalishida to‘lov kontraktga o‘tish bali 153.3 ballni tashkil etgan.

2021 yilda ushbu taʼlim yo‘nalishida quyidagi fanlardan imtihon topshirilgan:

MAJBURIY FANLAR - 63 ball
Ona tili: 2.1 balldan 10 ta savol (jami 2.1x10=21 ball)
Matematika: 2.1 balldan 10 ta savol (jami 2.1x10=21 ball)
O‘zbekiston tarixi: 2.1 balldan 10 ta savol (jami 2.1x10=21 ball)

MUTAXASSISLIK FANLARI - 126 ball
Matematika: 3.15 balldan 20 ta savol (jami 3.15x20=63 ball)
Chet tili: 3.15 balldan 20 ta savol (jami 3.15x20=63 ball)


Ma'lumot uchun : Imtihon javoblari va Diagnostik savollarini
@Free_lessonsbot orqali topishingiz mumkin


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
9.5K views15:29
Ochish/sharhlash
2022-05-11 12:01:02
Nodavlat oliy ta'lim muassalari diplomlari O'zbekistonda tan olinadimi

Turin, Inha, Yodju, Webster va MDIS kabi STARS Internetional University, ISFT Instituti hamda PROFY university kabi nodavlat ta'lim muassasi bo'lib, diplomlari O'zbekistonda tan olinadimi?

Ma'lumot uchun : Imtihon javoblari va Diagnostik savollarini
@Free_lessonsbot orqali topishingiz mumkin


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
8.6K views09:01
Ochish/sharhlash
2022-05-11 04:29:02 Talabalik yaxshi-da!

Uy ishidan qochgani,
Shahar tomon chopgani,
Yaxshi bir qiz topgani,
Talabalik yaxshi-da!

Og'ir mehnat qilmaysan,
"Yer chopaman" demaysan,
O'qib olim bo'lmaysan,
Talabalik yaxshi-da!

Tun yarmi ham kelmaydi,
Birov bilib yurmaydi,
Uydagilar ko'rmaydi,
Talabalik yaxshi-da!

Talaba bu erkin qush,
Kunduz o'qish tunda ish,
Ko'rinadi har xil tush,
Talabalik yaxshi-da!

Puli bo'lsa boyvachcha,
Kursdosh qizlar shaytoncha,
Do'stlarning soni ancha,
Talabalik yaxshi-da!

"O'qishdan chiqar" deb yor,
Gulhayo, Zebo, Dildor,
Hali unga... bunga bor,
Talabalik yaxshi-da!

Qo'llarida burda non,
Ovqat yeydi har zamon,
Joni shu bilan omon,
Talabalik yaxshi-da!

Qizlar bilan yuradi,
Sahar o'n bir turadi,
Stipendiya tushadi,
Talabalik yaxshi-da!

Tushmaydi unga oylik,
Puli bor - bitta choylik,
Stipendiya bu boylik,
Talabalik yaxshi-da!

O'n ikki oy ro'zada,
Hayolda osh yesada,
Cho'ntak qurg'uq tozada,
Talabalik yaxshi-da!

Og'ir yukmas birovga,
Jonin tashlar olovga,
Tuxum solar palovga,
Talabalik yaxshi-da!

Soxta shoir talaba,
Bu she'r hazil. Talaba
Bir kun qilar g'alaba,
Talabalik yaxshi-da!


Soxta shoir

Ma'lumot uchun : Imtihon javoblari va Diagnostik savollarini
@Free_lessonsbot orqali topishingiz mumkin

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
10.5K views01:29
Ochish/sharhlash
2022-05-10 18:32:01
Kechirasizmi? Vazirlik abituriyentlardan uzr so'radi!

Fanlar majmuasidagi o‘zgarishlar mutaxassislik OTMlar tomonidan asoslab berilgani uchun kiritiladi. Masalan, filologiyada ham chet tili tarixdan ko‘ra muhimligi asoslab berilgan. Men bu yo‘nalishda mutaxassis emasman, lekin soha mutaxassislari xorijiy til muhimligi taklifi bilan chiqishgan.

To‘g‘ri, bu yerda biroz kechikish bor: bu yashiradigan holat emas. Lekin bu yo‘nalishga hujjat topshiruvchi barcha abituriyentlar uchun sharoit bir xil. Qaysidir hududda eskicha, qaysidir OTMda yangicha emas.
Bu bo‘yicha bir nechta OTM fikrlar beradi va ular muhokama qilinadi.

Xohlaymizmi-yo‘qmi, o‘zgartirish kiritish vaqt talab qiladi. To‘g‘ri, abituriyentlarga ozgina noqulaylik tug‘diryapti, ulardan uzr so‘raymiz. Abituriyentlarga qolgan vaqtini to‘la sarflab imtihonga tayyorgarlik ko‘rishlarini taklif etamiz
”, 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov.

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
11.1K views15:32
Ochish/sharhlash
2022-05-10 11:05:25
Tanishuv: Toshkent tibbiyot akademiyasi

Biz bu gal biz sizlarga O‘zbekistonda shifokorlar tayyorlovchi asosiy bilim yurti – Tibbiyot akademiyasida bo‘ldik.

Yana qaysi oliygohlar haqida lavha tayyorlashimizni istardingiz?

Ma'lumot uchun : Imtihon javoblari va Diagnostik savollarini
@Free_lessonsbot orqali topishingiz mumkin


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
11.7K views08:05
Ochish/sharhlash
2022-05-09 18:29:01 Абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари диққатига!

Жорий йилда мактабни тамомлаб, олий таълим муассасаларига ҳужжат топширишни режалаштирган 16 ёшга тўлган мактаб битирувчилари ўз вақтида фуқаролик паспорти, яъни ID карта олишлари шарт.

ХТВ маълумотига кўра, айни пайтда 16 ёшга тўлган 122 мингдан ортиқ битирувчилар ID карта олмаган.

ОТМларга абитуриентларнинг ҳужжатлари Давлат тест марказининг dtm.uz сайти орқали онлайн қабул қилинади. Онлайн ҳужжат топширишда абитуриентлар ёки биометрик паспорт, ёки ID карта маълумотларини киритиш талаб этилади.

Шу боис, 16 ёшга тўлган (ўқув йили охирига қадар тўладиган) битирувчилар ўз вақтида, яна ҳам аниқроғи ОТМга қабул жараёнлари бошлангунга қадар ID карта олиш ҳаракатида (ҳозир биометрик паспорт бермаяпти, фақат ID карта берилади) бўлишларини тавсия этамиз.

Эртага ҳужжат топшириш бошланганда навбатлар кўпайиб кетиб, қийналиб қолманг, деяпман.


Маълумот учун : Имтиҳон жавоблари ва Диагностик саволларини
@Free_lessonsbot орқали топишингиз мумкин


Абитуриент дўстларингизга юборинг!

@DTM_Axboroti_uz | Батафсил
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
12.7K views15:29
Ochish/sharhlash
2022-05-09 11:04:22
Tanishuv: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

TDSHU – O‘zbekistondagi eng uzoq tarixga ega OTMlardan. Bu yerda sharq xalqlari tili, tarixi, madaniyati va iqtisodiyoti o‘rgatiladi. Jami 18 ta til, shuningdek, jurnalistika va jahon siyosati yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlanadi.

TDSHU 1918-yilda Turkiston Sharqshunoslik instituti sifatida tashkil etilgan, 2020-yilda universitet maqomini oldi.

Ma'lumot uchun : Imtihon javoblari va Diagnostik savollarini
@Free_lessonsbot orqali topishingiz mumkin


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
12.8K views08:04
Ochish/sharhlash
2022-05-08 18:31:58 #Atamalar
#Qadimgi_dunyo

Plebeylar – Rimga ko‘chib kelgan odamlar va ularning avlodlari.

Polis – yunoncha «shahar».

Respublika – «umumiy ish» ma’nosini anglatadi; tuzum nomi.

Sinantrop – «xitoy odami» ma’nosini anglatadi. Ilk paleolit
davrida yashagan ibtidoiy odam.

Senat – «Oqsoqollar kengashi» ma’nosini anglatadi.

Sun’iy sug‘orish – kanallar va ariqlar yordamida ekinlarni
sug‘orish.

Sfi nks – gavdasi sherniki va boshi insonniki bo‘lgan, piramidalarni
qo‘riqlovchi ulkan haykal – afsonaviy mavjudot.

Termalar – Qadimgi Rim shahridagi jamoat hammomlari.

Falanga – og‘ir qurollangan askarlarning bir necha, odatda 9
yoki 16 qator saf tortishi.

Falsafa (fi losofi ya) – yunoncha «fi lo» – sevish, «sofi ya» – donishmandlik
tushunchalarini anglatadi.

Fir’avn – Misr hukmdori; «ulug‘ xonadon» ma’nosini anglatadi.

Forum – Rimda yig‘ilish joyi va savdo-sotiq maydoni bo‘lib
xizmat qilgan shahar markazi.

Xronologiya – asrlar, davrlar, vaqt o‘lchovi haqidagi fan; turlituman
voqealar sanasi xronologiya yordamida aniqlanadi.

Sivilizatsiya – qadimdagi jamiyat taraqqiyotining ancha yuksak
darajasi (shaharlar, yozuv va davlatlarning rivojlanishi).

Shahar-davlat – tevaragidagi hududlarni tasarrufi ga olgan
o‘zini-o‘zi boshqaruvchi shahar.

Ellinlar – qadimgi yunonlar; dastlab Yunonistonning barcha
aholisi shunday atalgan.

Etnografiya – yunoncha atama bo‘lib, «xalqlar tavsifi »
ma’nosini anglatadi.

Qul – o‘zga bir kishining mulki bo‘lgan va ishchi kuchi sifatida
ishlatiladigan erksiz odam («so‘zlovchi mehnat quroli»); qul ni
sotib olish va sotib yuborish mumkin bo‘lgan.

Ma'lumot uchun : Imtihon javoblari va Diagnostik savollarini
@Free_lessonsbot orqali topishingiz mumkin


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
13.9K views15:31
Ochish/sharhlash