Get Mystery Box with random crypto!

Yuridik universitetga huquqiy fanlardan test topshirish amaliy | DTM

Yuridik universitetga huquqiy fanlardan test topshirish amaliyoti joriy etiladi

2023/2024 o‘quv yilidan Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirishda huquqiy fanlardan test topshirish amaliyoti joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Bugungi kunda Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirishda abituriyentlar 2 ta bo‘limdan iborat 5 ta fan majmuasidan test sinovlari topshiradi.

Bular: 1-bo‘limda barcha yo‘nalishlar uchun majburiy 3 ta fanOna tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi; 2-bo‘limda “yurisprudensiya” ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha 2 ta fan – tarix va chet tili fanlari.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab, TDYuUga o‘qishga kirishda test sinovlarining 2-bloki, ya'ni “yurisprudensiya” bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha tarix fani o‘rniga huquqiy fanlarni kiritish masalasi universitet kengashida ko‘rib chiqilgan va ma'qullangan.

Bildirilishicha, mazkur taklifning joriy etilishi quyidagi qator natijalarga xizmat qiladi:

maktab yoshidanoq bolalarni huquqiy fanlarni chuqur o‘zlashtirishga, Konstitutsiya va qonunlarni puxta o‘rganishga;

maktablarda sifatli, xalqaro standartlarga mos yuridik darsliklarning yaratilishiga;

huquqshunoslik fanlaridan ta'lim beruvchi o‘qituvchilarga nisbatan qo‘yiladigan talablar oshishi natijasida ularning malakasini doimiy oshirib borishi uchun mustahkam zamin yaratiladi;

TDYuUga dastlabki huquqiy bilimlarga ega yosh avlod vakillari kirib kelishiga erishiladi.

Bugungi kunda umumiy o‘rta ta'lim maktablarida 4 yil davomida yuqori sinflarda davlat va huquq asoslari hamda konstitutsiyaviy huquq asoslari fanlari o‘qitib kelinmoqda. Test savollari ushbu darsliklar asosida tuziladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy