Get Mystery Box with random crypto!

​​ Bu yilgi pasport (ID karta) olmagan maktab bitiruvchilari o | DTM

​​ Bu yilgi pasport (ID karta) olmagan maktab bitiruvchilari oʻqishga topshira olmaydi!

Oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarning hujjatlari Davlat test markazining abitur.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi. Abituriyentlar endi avvalgidek oliy taʼlim muassasalariga ovora boʻlib borishlari, uzundan-uzoq navbatga turishlariga xojat qolmadi.

Onlayn hujjat topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) maʼlumotlarini (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami -JSHSHIR) kiritish talab etiladi. Shu bois, 16 yoshga toʻlgan bitiruvchilar oʻz vaqtida pasport (ID karta) olishlari zarur, deya xabar bermoqda Xalq taʼlimi vazirligi.

Bu jarayonda bitiruvchilarga yanada qoʻlaylik yaratish maqsadida attestat.uzedu.uz elektron bazasi DTM abitur.dtm.uz sayti bilan integratsiya qilingan.

Maʼlumot uchun, joriy oʻquv yilida maktablarni 390 mingdan ortiq oʻquvchilar bitiradi. Bugungi kunda bitiruvchilarning elektron maʼlumotlar bazasi attestat.uzedu.uz saytida 16 yoshga toʻlgan 122 mingdan ortiq bitiruvchilar (31%) pasport olmagan.

Eslatib oʻtamiz, 16 yoshga toʻlgan bitiruvchilar pasport olishlari uchun Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlariga murojaat etishlari mumkin.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy