Get Mystery Box with random crypto!

DTM

Telegram kanalining logotibi dtm_axboroti_uz — DTM D
Telegram kanalining logotibi dtm_axboroti_uz — DTM
Kanal manzili: @dtm_axboroti_uz
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8
Kanalning ta’rifi

🔍
Reklama xizmati : @Rek_info
Murojaat: @Jasurbek_Niyozov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 32

2022-04-27 14:11:23
99% odamlar bu misolni hal qila olmaydi.

Siz bu misolni yecha oldingizmi?

A. 2 B. 8

Javobini


@onlinetestprobot ga yuboring
6.2K viewsedited  11:11
Ochish/sharhlash
2022-04-27 08:29:01
O‘tgan yilgi 2021-yil kirish imtihonlarida Ona tili va adabiyot fanidan shakllantiriladigan 20 talik variantlarda savollarning mavzu va bo'limlar bo'yicha taxminiy taqsimlanishi:

Ona tili:

Fonetika: 1 ta;
Imlo qoidalari (yozma savodxonlik): 1 ta;
Punktuatsiya (yozma savodxonlik): 1 ta;
Lug'at boyligi (leksikologiya: ma'nodosh, shakldosh, antonim va paronim so'zlar, ko'p ma'noli so'zlar, iboralar va b) 2 ta;
Uslubiyat: 1 ta;
Grammatika (morfologiya va sintaksis): 4 ta;
Matn ustida ishlash: 2 ta


Jami: 12 ta.

Adabiyot:

Xalq og'zaki ijodi: 1 ta;
Mumtoz adabiyot: 2 ta;
Zamonaviy adabiyot va mustaqil o'qish uchun badiiy asarlar: 2 ta;
Jahon adabiyoti: 1 ta;
Badiiy matn ustida ishlash (matn mazmunini tushunish va adabiyot nazariyasi): 2 ta.


Jami: 8 ta.

Abituriyent do'stlaringizga yuboring!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
9.0K views05:29
Ochish/sharhlash
2022-04-27 07:59:01
Dunyoning eng rivojlangan davlati Janubiy Kareyaga talaba vizasini 100% olishingizda kafolat beramiz.

Kuzgi qabul 2022
dasturiga ikkita hamkor universitetimiz shunday imkoniyat bermoqda. Bakalavr, Magistratura va Doktorantura uchun Ota ona yillik daromadi va KDB bank spravkasi talab etilmaydigan universitetlarda Grantlar!

Dastur: Til kursi
Shahar: Seoul +
Viza: Telex (viza kareyadan keladi)
Talab: Imtihonsiz
Kontrakt: $3500 - $5500 (universitetga qarab)

Hujjatlarni biz tayyorlaymiz (3oylik bankshotni ham)
Koreys tilini bilish yoki TOPIK 1-2 kerak
Ingliz tilini bilish yoki IELTS 4.5-5.0 kerak
Til bilmasangiz suhbatga tayyorlaymiz

Unutmang, agarda bu dasturda viza olmasangiz barcha xarajatlarni firmamiz qoplab beradi. Xozirda 5ta joy qoldi keyin qishki qabul ochiladi!

Ijtimoiy tarmoqlarimizga a`zo bo`ling va natijalarimizni kuzatib boring!

Murojaat uchun:

+998334702540 | Yozish
+998335702540 | Yozish
+998336702540 | Yozish

Youtube l Instagram l Tik Tok l Telegram
7.3K views04:59
Ochish/sharhlash
2022-04-27 04:50:12 Testda o‘tgan yilgidan qanday o‘zgarishlar bor?

Abituriyentlar e’tibor berishi kerak bo‘lgan ayrim jihatlar ma’lum bo‘ldi.


Mutaxassislik blokida savollar soni oshirildi. O‘tgan yili "spesblok"da 20 tadan jami 40 ta savol berilgandi. Joriy yilda 30 tadan jami 60 ta savol beriladi;

Mutaxassislik blokida birinchi va ikkinchi fanga beriladigan ball miqdori farq qiladigan bo‘ldi. O‘tgan yili ikkala fanga ham bir xil 3,15 balldan berilgandi. Joriy yilda birinchi o‘rindagi muhim fanga 3,1 ball, ikkinchi fanga 2,1 ball beriladigan bo‘ldi. Demak, bir-biriga mos 5 ta yo‘nalish tanlashda ham bu yil o‘zgarishlar bo‘ladi. O‘tgan yili ikkalasiga bir xil ball berilgani uchun birinchi va ikkinchi fanga ajratilmagandi. Endi bu yil shunchaki 2 ta fan to‘g‘ri kelishi kifoya emas, ularning muhimlik o‘rni ham ahamiyat kasb etadi;

Yo‘nalishidan qat’i nazar barcha uchun tushadigan majburiy blokdagi 3 ta fanga beriladigan ball miqdori kamaytirildi. O‘tgan yili 2,1 balldan berilgandi, joriy yilda 1,1 balldan beriladigan bo‘ldi. Bu degani majburiy blokdan ko‘p ball to‘plab bo‘lmaydi. O‘tgan yili majburiy blok 63 ball berardi, bu yil 33 ball to‘plash mumkin. Demak, joriy yilda asosiy ballarni mutaxassislik fanlaridan to‘plash mumkin, 2 ta fanga jami 156 ball (82,5%) berilmoqda.

Abituriyent do'stlaringizga yuboring!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
8.5K views01:50
Ochish/sharhlash
2022-04-26 16:25:39
#matbuot_anjumani

NEGA BLOK FANLARGA HAR XIL BALL BERILADIGAN BO'LDI ?

Savol: O'tgan yili ta'lim yo'nalishi bo'yicha fan bloklari 1-fan 3.2 ball, 2-fan 3.1 ball ko'rinishida baholangan edi, lekin bu yilda 1-fan 3.1 ball, 2-fan 2.1 ball ko'rinishida baholanar ekan. Bu esa abituriyentlar yo'nalish tanlashlariga ta'sir qiladi. Bunday o'zgarish qilinishining sababi nimada?

Javobni A.Xoliqov – Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshligʻi berib o'tdi. Videoni tomosha qiling!

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
7.8K views13:25
Ochish/sharhlash
2022-04-26 13:09:16
#tezkor

O‘zbekiston oliygohlarida imtihon to‘lovlari bekor qilinishi mumkin.

Xattoki, dunyoning ko'plab TOP universitetlarida ham imtihonda ishtirok etish uchun to'lov undirilmaydi. Lekin nega O'zbekistonda bu tizim pullik qilinganligi haqida berilgan savolga rasmiylardan berilgan javobni eshiting!

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
7.9K views10:09
Ochish/sharhlash
2022-04-26 08:20:36 ​#Tarqating

2022-yilgi testlar 2021-yilgisidan nimasi bilan farq qiladi?

Har yili nimanidir yangilab, abituriyentlarning rejalarini barbod qilib turishni odat tusiga aylantirgan Davlat test markazi va Davlat qabul komissiyasining 2022-2023 yilgi qabul uchun tasdiqlagan o'zgarishlariga ko'ra, abituriyentlar eʼtibor berishi kerak boʻlgan ayrim jihatlar bor:

Mutaxassislik blokida savollar soni oshirildi. Oʻtgan yili "spetsblok"da 20 tadan jami 40 ta savol berilgandi. Joriy yilda 30 tadan jami 60 ta savol beriladi;

Mutaxassislik blokida birinchi va ikkinchi fanga beriladigan ball miqdori farq qiladigan boʻldi. Oʻtgan yili ikkala fanga ham bir xil 3,15 balldan berilgandi. Joriy yilda birinchi oʻrindagi muhim fanga 3,1 ball, ikkinchi fanga 2,1 ball beriladigan boʻldi. Demak, bir-biriga mos 5 ta yoʻnalish tanlashda ham bu yil oʻzgarishlar boʻladi. Oʻtgan yili ikkalasiga bir xil ball berilgani uchun birinchi va ikkinchi fanga ajratilmagandi. Endi bu yil shunchaki 2 ta fan toʻgʻri kelishi kifoya emas, ularning muhimlik oʻrni ham ahamiyat kasb etadi;

Yoʻnalishidan qatʼi nazar barcha uchun tushadigan majburiy blokdagi 3 ta fanga beriladigan ball miqdori kamaytirildi. Oʻtgan yili 2,1 balldan berilgandi, joriy yilda 1,1 balldan beriladigan boʻldi. Bu degani majburiy blokdan koʻp ball toʻplab boʻlmaydi. Oʻtgan yili majburiy blok 63 ball berardi, bu yil 33 ball toʻplash mumkin. Demak, joriy yilda asosiy ballarni mutaxassislik fanlaridan toʻplash mumkin, 2 ta fanga jami 156 ball (82,5%) berilmoqda.

Xabarni tarqatib yuboring. Tez orada yangi tartibdagi javoblar varaqasini taqdim etamiz. «Abituriyent Off» kanalidan uzoqlashmang!

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
9.9K views05:20
Ochish/sharhlash
2022-04-25 13:24:48 Rasman tasdiqlandi

Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlar soni va baholash mezonlari

Davlat komissiyasining 13-son bayoni
bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili
(o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

- - -

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan - 30 ta savol
.
Har biri uchun 3,1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

2-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 2,1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

- - -

Umumiy holda, 2022-2023 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
9.7K views10:24
Ochish/sharhlash
2022-04-25 13:11:10 Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 13-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bilan yuqoridagi pdf faylda tanishishingiz mumkin.

Abituriyent do'stlaringizga yuboring!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
7.5K views10:11
Ochish/sharhlash
2022-04-25 08:38:22
Abituriyentlarga imtiyoz beruvchi yangi test tizimi tasdiqlandi!

«Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida» Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori imzolandi. (16.02.2022 yil 73-son)

Endilikda, bakalavr va magistratura bosqichlariga oʻqishga kirishda Cambridge Assessment tashkilotining Linguaskill B2 darajasi imtiyoz beruvchi sertifikatlar qatoriga qoʻshildi. 

Testlar haqida maʼlumot olish uchun Agentlikning barcha hududiy vakilliklariga murojaat etishingiz mumkin.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
8.9K views05:38
Ochish/sharhlash