Get Mystery Box with random crypto!

Joriy yildan boshlab oltita OTMda chet tilidan ijodiy imtihonl | DTM

Joriy yildan boshlab oltita OTMda chet tilidan ijodiy imtihonlar bo‘ladi

Hukumatning tegishli qaroriga (№34, 19.01.2022 y.) ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan OTMlarga kirish imtihonlarida fanlar majmuasidagi chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Ushbu yangi tartib qoida quyidagi OTMlarga taalluqli:

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
Samarqand davlat chet tillar instituti;
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.

Izoh: Fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida.

Toshkent davlat pedagogika universiteti
Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
Nukus davlat pedagogika instituti.

Izoh: Xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarida.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarda chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi tegishli milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga beriladigan imtiyozlar saqlab qolinadi.

chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlari Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy