Get Mystery Box with random crypto!

#Xalqaro_hamkorlik Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan | DTM

#Xalqaro_hamkorlik
Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

2021-yil 21-aprel kuni Davlat test markazida Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda baholash sohasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ushbu sohada o‘zaro tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, “Rus tili chet tili sifatida” (TRKI) testlarini Davlat test markazida joriy etish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Uchrashuvda Davlat test markazidan direktor o‘rinbosari Sardor Radjabov va soha mutaxassislari hamda Sankt Peterburg davlat universitetining yoshlar siyosati va qabul bo‘yicha birinchi prorektori Aleksandr Vyacheslavovich Babich, Tillarni baholash markazi direktori Dmitriy Viktorovich Ptyushkin ishtirok etdilar.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy