Get Mystery Box with random crypto!

DTM

Telegram kanalining logotibi dtm_axboroti_uz — DTM D
Telegram kanalining logotibi dtm_axboroti_uz — DTM
Kanal manzili: @dtm_axboroti_uz
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8
Kanalning ta’rifi

🔍
Reklama xizmati : @Rek_info
Murojaat: @Jasurbek_Niyozov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 30

2022-05-08 14:41:30 ​​​​​​Talaba boʻlmoqchimisiz, unda, albatta, oʻqing!

Abituriyent - bu hayotini oʻzgartirish uchun yoʻlga chiqqan shaxs. Hamma ham odam boʻlib tugʻiladi, ammo kimdir inson boʻlib, kimdir odamligicha vafot etadi. Dunyoda birovga yomonlik qilmasdan yashaganing sening yaxshi inson ekanligingdan dalolat emas. Agar hamma narsaga loqayd boʻlsang, faqat oʻzingni oʻylasang, dangasa, tanbal boʻlsang va hech boʻlmasa, bir marta hayotingni oʻzgartirishga urunib koʻrmasang, insonlikka daʼvo qilma.

Inson uchun doimo harakatda boʻlmoq - tiriklikning belgisi.

Sen bugundan abituriyentsan, bu degani talabalik tomon yoʻl olding. Demak, sen hayotingni oʻzgartirishni xohlaysan. Shunday ekan, quyidagilarni yodda tut:

Hech qachon vaqtim yoʻq dema!
– Hohish boʻlsa, vaqt topiladi. Dunyoni boshqarayotgan mashhurlarning sutkasi senikidan ortiq emas.

Hech qachon eslab qololmayman dema!
— Inson istasa, hammasini yodda saqlaydi, Alloh senga bergan xotiraga shubha qilma. Xotirangni boʻysundir.

Hech qachon tushunmayman dema!
— Dunyoda tushunish qobilyati va ong berilgan yagona tirik jon sensan.

Ma'lumot uchun : Imtihon javoblari va Diagnostik savollarini
@Free_lessonsbot orqali topishingiz mumkin


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
14.0K views11:41
Ochish/sharhlash
2022-05-08 14:37:24
#DAXSHAT

ENDI BUNISI OSHIB TUSHDI


AGAR tegishli mutasaddilar tezda qaror qilmasa, JUDA KO'P abituriyentlarga qiyin bo'ladi.

Chunki...


Qarorni o'qish uchun bosing.
12.3K viewsedited  11:37
Ochish/sharhlash
2022-05-08 14:33:19
Mas’ullar abituriyentlarga yana “syurpriz” qildi. Bu qachongacha davom etadi?

Qabul boshlanishiga 1,5 oy, imtihonlarga 3 oy qolganda test olinadigan fanlari o‘zgarib ketgan abituriyentlar hozir qanday yo‘l tutishni bilmayapti: ular yo boshqa yo‘nalishni tanlashga yoki imtihonda tavakkal qilishga majbur bo‘lmoqda. O‘zgarishlarning bunday kech e’lon qilinishi yillardan buyon muntazam ro‘y berib kelmoqda.

https://kun.uz/uz/41584960

Ma'lumot uchun : Imtihon javoblari va Diagnostik savollarini
@Free_lessonsbot orqali topishingiz mumkin


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
13.2K views11:33
Ochish/sharhlash
2022-05-08 07:32:58 8 may — Xalqaro Onalar kuni!

ONAMNI KOʻRGANI BORAMAN!


Bozorga chiqibdi qulupnay,
Yetkazdi, Xudodan aylanay,
Ilinib, ilinib olvolay,
Onamni koʻrgani boraman.

Ishlarim yoʻlimni toʻssa ham,
Poyimda tikanlar oʻssa ham,
Bir dasta gul olib boʻlsa ham,
Onamni koʻrgani boraman.

Kirsam ham ikkita non bilan,
Bagʻriga bosadi jon bilan,
Aytadi: "keldingmi, jon bolam?"
Onamni koʻrgani boraman.

Aytmayin bolamning gʻamini,
Bildirmay roʻzgorim kamini,
Oʻchirmay yuragin shaʼmini,
Onamni koʻrgani boraman.

Akamning yaxshisin oshiray,
Ukamning aybini yashiray,
Quvnatib mehrini toshiray,
Onamni koʻrgani boraman.

Erkalay: «Oymomam, oʻzimni,
Quvnatib turasiz koʻzimni»,
Kuladi eshitib soʻzimni,
Onamni koʻrgani boraman.

- Dam olish kunidan unumli foydalanib, onalarimiz holidan xabar olamiz!

Marhabo Karimova


@DTM_Axboroti_uz |
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
17.5K viewsedited  04:32
Ochish/sharhlash
2022-05-07 18:30:01
Tanishuv: O‘zbekiston milliy universiteti

Bu gal Markaziy Osiyodagi birinchi oliygoh, O‘zbekistondagi davlat OTMlari orasida yetakchi – O‘zbekiston milliy universiteti haqida hikoya qilamiz.

Ma'lumot uchun : Imtihon javoblari va Diagnostik savollarini
@Free_lessonsbot orqali topishingiz mumkin


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
16.6K views15:30
Ochish/sharhlash
2022-05-07 11:47:08 Majburiy fanlar bo'yicha tayyorlangan” tarix, matematika, ona tili va adabiyot
Bizni kuzatib boring: @majburiy_bloklar_uz @Abitur_InfoUz testi
45 ta savol · 1 daqiqa
15.0K views08:47
Ochish/sharhlash
2022-05-07 08:37:04
Bu yilgi kirish imtihonlarning 15% testlari murakkab darajadagi testlar bo‘ladi!

DTM boshqarma boshlig‘i Zafarbek Olimbekovning qayd etishicha, kirish imtihonlarida tushadigan testlar sodda, o‘rta va murakkab darajalarga bo‘linadi.

Test variantidagi savollar soni 100 foiz deb olsak, 15 foizi oson darajada, 70 foizi o‘rta qiyinlik darajada, qolgan 15 foizi esa murakkab darajada bo‘ladi.

Mutaxassislik fanlar blokidagi birinchi va ikkinchi fanlardan tuzilgan testlar qiyinlik darajasiga ko‘ra bir-biridan farq qilmaydi. Lekin majburiy fanlar blokidagi: ona tili, matematika hamda O‘zbekiston tarixi fanlaridan beriladigan test savollari mutaxassislik fanlariga qaraganda soddaroq bo‘ladi.

Ma'lumot uchun : Imtihon javoblari va Diagnostik savollarini
@Free_lessonsbot orqali topishingiz mumkin


Abituriyent do'stlaringizga yuboring!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
15.2K views05:37
Ochish/sharhlash
2022-05-06 20:56:27 Solihon domlani gaplarini eshitib yuragim ezilib ketdi.

Agar Ota-Onangiz tirik bo'lsalar haqqiga duo qiling ularni, uzoq yashasinlar

Duolarini oling kech bo'lmasidan...

ALLOHIM Ota onalarimizni umrlarini uzoq qilgin. O'tganlaridan o'zing rozi bo'lgin.
15.1K views17:56
Ochish/sharhlash
2022-05-06 11:08:38 ​​97 ball bilan tibbiyot, farmasevtika yo'nalishlariga kirish mumkinmi ?

Albatta mumkin! Obunachilarimizning ba'zilari bunaqa zo'r ma'lumotlarni tarqatib yubormang, hamma endi o'sha yo'nalishlarga topshiradi bu yil deyishmoqda. Ammo biz, hamma buni birdek bilishga haqli deb hisoblaymiz.

Ro'yxatdan bilan tanishing:

1. Toshkent tibbiyot akademiyasi

O'tish balli: Kontrakt - 79.8 ball
Yo'nalish: Menejment: sog'liqni saqlash menejmenti
(Kunduzgi ta'lim shakli, o'zbek tili)

2. Toshkent tibbiyot akademiyasi

O'tish balli: Kontrakt - 91.35 ball
(kunduzgi ta'lim shakli, rus tili)
Yo'nalish: Tibbiy profilaktika ishi

3. Toshkent tibbiyot akademiyasi

O'tish balli: Kontrakt - 96.6 ball
Yo'nalish: Tibbiy-biologik ish
(kunduzgi ta'lim shakli, rus tili)

4. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti

O'tish balli: Kontrakt - 93.45 ball
Yo'nalish: Tibbiy-biologik ish
(kunduzgi ta'lim shakli, rus tili)

5. Toshkent farmatsevtika instituti

O'tish balli: Kontrakt - 90.3 ball
Yo'nalish: Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha)
(kunduzgi ta'lim shakli, rus tili)

Bunaqa zo'r xabarlarni faqatgina abituriyentlarga tarqatish mumkin!

Ma'lumot uchun : Imtihon javoblari va Diagnostik savollarini
@Free_lessonsbot orqali topishingiz mumkin


@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
22.3K views08:08
Ochish/sharhlash
2022-05-04 07:50:01 ​#Abituriyentlar uchun

2022-yilgi testlar 2021-yilgisidan nimasi bilan farq qiladi?

2022-2023 yilgi qabul uchun tasdiqlagan o'zgarishlariga ko'ra, abituriyentlar eʼtibor berishi kerak boʻlgan ayrim jihatlar bor:

Mutaxassislik blokida savollar soni oshirildi. Oʻtgan yili "spetsblok"da 20 tadan jami 40 ta savol berilgandi. Joriy yilda 30 tadan jami 60 ta savol beriladi;

Mutaxassislik blokida birinchi va ikkinchi fanga beriladigan ball miqdori farq qiladigan boʻldi. Oʻtgan yili ikkala fanga ham bir xil 3,15 balldan berilgandi. Joriy yilda birinchi oʻrindagi muhim fanga 3,1 ball, ikkinchi fanga 2,1 ball beriladigan boʻldi. Demak, bir-biriga mos 5 ta yoʻnalish tanlashda ham bu yil oʻzgarishlar boʻladi. Oʻtgan yili ikkalasiga bir xil ball berilgani uchun birinchi va ikkinchi fanga ajratilmagandi. Endi bu yil shunchaki 2 ta fan toʻgʻri kelishi kifoya emas, ularning muhimlik oʻrni ham ahamiyat kasb etadi;

Yoʻnalishidan qatʼi nazar barcha uchun tushadigan majburiy blokdagi 3 ta fanga beriladigan ball miqdori kamaytirildi. Oʻtgan yili 2,1 balldan berilgandi, joriy yilda 1,1 balldan beriladigan boʻldi. Bu degani majburiy blokdan koʻp ball toʻplab boʻlmaydi. Oʻtgan yili majburiy blok 63 ball berardi, bu yil 33 ball toʻplash mumkin. Demak, joriy yilda asosiy ballarni mutaxassislik fanlaridan toʻplash mumkin, 2 ta fanga jami 156 ball (82,5%) berilmoqda.


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+knqc0vJ7bEVkMTUy
8.2K views04:50
Ochish/sharhlash