Get Mystery Box with random crypto!

Navbatdagi muvaffaqiyat egalaridan biri. 'Assalomu alaykum U | Bek Olimjon

Navbatdagi muvaffaqiyat egalaridan biri.

"Assalomu alaykum
Ustoz yaxshimisiz?
Siz bilan O'zbekistonda ekanligingizda ko'rishganimizda ingliz tilini boshlashga va tibbiyotni ingliz tilida o'rganishga motivatsiya bergandiz. Shundan keyin mana 1.5 yil ichida 6.5 natija bo'ldi va hozirda ingliz tilidagi kitob va videolardan ma'lumotni olish muammo emas.
Alloh sizdan rozi bo'lsin, rahmat.
Ishlaringizga muvaffaqqiyatlar tilayman."


Aytgani ijobat bo'lsin. Yaratgan roziligi muhim.

Bu yerda meni juda quvontiradigan joyi bu natijadan qat'iy nazar mana bu gap bo'ldi. "...hozirda ingliz tilidagi kitob va videolardan ma'lumotni olish muammo emas."

Eng muhimi ham shu. Ingliz tilidagi kitob va videolardan ma'lumot ola olish insonga cheksiz imkoniyatlar beradi.