Get Mystery Box with random crypto!

Bek Olimjon

Telegram kanalining logotibi drbekolimjon — Bek Olimjon B
Telegram kanalining logotibi drbekolimjon — Bek Olimjon
Kanal manzili: @drbekolimjon
Toifalar: Bloglar , Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.08K
Kanalning ta’rifi

www.bekolimjon.com - Balki foydasi tegar...

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2021-08-15 19:57:46 Aziz do'stlar!

Ko'pchiligingizni xabaringiz bor. Oxirgi paytlarda men oftalmologiya bo'yicha o'zbek tilida ma'ruzalar tayyorlab YouTube kanalimga joylab borayotgan edim. Ushbu videolar faqat oftalmologlar va shu sohaga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan bo'lgani uchun bunday videolar uchun alohida kanal ochishga va videolarni o'sha kanalga ko'chirishga qaror qildim. Endi mutahassislar uchun mo'ljallangan videolar yangi OFTALMOLOG UZ deb nomlangan kanalga qo'yib boriladi. Bek Olimjon shaxsiy YouTube kanalida esa ommaga, ayniqsa yoshlarga ko'proq foydasi tegadigan turli xil mavzulardagi videolar qo'yib boriladi. Kanalda tez orada yangi videolar chiqishi kutilyapti

Oftalmolog Uz youtube kanaliga o'tish uchun link
1.3K viewsBek Olimjon, 16:57
Ochish/sharhlash
2021-08-12 11:02:15 Bu post avvalgi postga bog’liq mavzuda…

Talabalarda, ayniqsa tibbiyot institutida o’qiyotganlarda, maqsadlar yuqori bo’ladi. Kimdir neyroxirurg, kimdir kardioxirurg, yana kimdir zo’r nevrolog bo’laman deydi. Maqsadni yanada yuqori qo’yganlar mana shu sohalarda chet elda, Amerika yoki Yevropada mutahassis bo’laman deydi. Bu albatta zo’r. Ammo mana shunday maqsadi bor 22-25 yoshdagi yigit-qizlar ”umrim o’tib qolyapti, tezroq oila qurish kerak” deb ham qayg’uradi. Yoki ”ota-onam uylab qo’ymoqchi, erga bermoqchi” deydi.

Hayotda juda ko’p muammolar sababi 2+2=4 dek sodda va tushunarli aslida.

Fikrimcha yaxshi mutahassis bo’lish, har qanday yo’nalishda bo’lmasin, ish mas’uliyatini bo’yniga olishdan boshlanadi. Agar sizda biror sohada ilm, ko’nikma va tajriba bo’lsa va odamlarni sizga ishi tushib kelsa, ularga men shu ishni qila olaman deyish va ulardan pul olish mas’uliyati juda katta. Oila mas’uliyati esa bir umrlik va ish mas’uliyatidan bir necha barobar yuqori. Negadir mana shu oila mas’uliyatga o’ta yengillik bilan qaraladi. Oila mas’uliyatini to’liq tushunmay turib, jamiyat tomonidan bo’ladigan bosim tufayli oila qurish bu eng katta mas’uliyatsizliklardan biri deb tushunaman. Fikrimcha oila qurishdan oldin, hech bo’lmaganda erkak kishi, oilani ta’minotiga javob bera oladigan darajaga erishishi shart. Er oilani moliyaviy va ma’naviy ta’minlashga qurbi yetishi shart. Ayol esa eng kamida ona vazifasini bajara oladigan darajada bo’lishi shart.

Aytishingiz mumkin, madaniyatimizda erta turmush qurish odati bor deb. Madaniyat har doim shakllanib boruvchi va o’zgarib turadigan tushuncha. Aytishingiz mumkin, dinimizda erta turmush qurishga chaqirilgan deb. Shu bilan birga dinimizda oiladagi er va ayol vazifalari ham aniq keltirib berilgan. Dinni o’zimizga yoqadigan joyini olib, ma’qul kelmaganidan yuz o’girishimiz ikki yuzlamachilik ham bo’ladi. Mayli meni din haqida ko’p gapirishga haqqim yo’q.

Qizlarimizga achinaman. Ular jamiyat tomonidan bo’ladigan bosimga dosh berishlari juda qiyin. Orzu-umidlarini bitta qopga solib, podvalga olib tushib qo’yib, institutdagi o’qishlarini qoq o’rtasida turmushga berishadi. Ulardan jamiyat tomonidan kutiladigan bir dunyo vazifalar bor. ”Kelinkil xizmati” degan tushuncha ostida eri, er ota-onasi, mahalla, jamiyat tomonidan kutiladigan vazifalardan ortib, o’z o’qishiga, mutahassisligiga, rivojlanishga jismonan ulgurish qiyin. Bunda hohish juda kuchli bo’lsa ham ulgurish juda qiyin. Jamiyat esa hammasini ustiga to’ydan bir yil o’tmasdan farzand ko’rishni ”majburiy” holatga aylantirib olgan. Kelin yoki kuyov ”yo’q, biz 3 yildan keyin farzand ko’rmoqchimiz. O’qishimizni tugatishimiz kerak birinchi, o’zimizni eplaydigan bo’lishimiz kerak” deyishsa, ko’pchilikdan, ayniqsa eng yaqinlari, ota-onasidan, katta so’kishlar va noroziliklar ostida qoladi. Paradoksal holat. Ota-ona bolasini baxtli bo’lishini hohlaydiyu, lekin mana shunday talablari bilan ularni erkinlikka erishishiga to’sqinlik qiladi.

Insonda tanlov deyarli har doim bor. Yaxshi mutahassis bo’lish, vaqt va mehnat talab etadi. Uni prioritetga qo’yishni talab etadi. Ba’zi narsalardan voz kechishni talab etadi. Nima muhim? Mutahassislik muhimmi, demak unga qattiq kirishish shart. Oila qurishni 26-28 yoshgacha surib tursa bo’ladi. Bu 2+2 dek gap.

Men oila qurishga qarshi emasman. Men oila quraman degan, ammo oilasini, farzandlarini boqa olish imkoniyatiga erishmay turib, xotin olaman deganlar fikrlashiga qarshiman. Agar siz oilangizni mustaqil boqa olaman, mendan kutiladigan vazifalarni bajara olaman desangiz, marhamat 18 yoshda ham turmush quravering. Agar tayyorgarlik qilmay turib, hammasi yaxshi bo’ladi deb tavakkal qilsangiz, ertagalik jiddiyroq muammolarga tayyor turing. Oilada muammo bo’lib tursa, IELTSga tayyorgarlikni 6-etajdan otvorishga to’g’ri keladi. Podvaldagi orzularni esa sichqon yeb tugatadi…

Bek Olimjon
Stockholm, 12.08.2021
2.0K viewsBek Olimjon, 08:02
Ochish/sharhlash
2021-08-09 00:36:11 Oldingi postda romantizm degan so’zni ishlatgan edim. Bu bilan nima demoqchi bo’lganligimni tushunmaganlar men bilan bog’lanib, aynan nima demoqchi bo’lganimni so’rashdi. Ularni tushunmaganligi aslida bu meni xatoim. Biror fikr yozganda auditoriyaga tushunarli qilib yozish, fikr bildirayotgan odam vazifasi.

Xullas romantizm deganda nima demoqchi bo’lgan edim? Romantizm degan so’z balki lug’atda yo’q hamdir Ingliz tilida ”romanticize”, rus tilida ”романтизировать” degan so’z bor. Bu so’zning meni xayolimdagi taxminiy mazmuni quyidagicha: ”vaziyatlarni xayoliy ideallashtirish, aslida real xayotdan uzoqda bo’lgan vaziyatlarda o’zlarini tasavvur qilish, vaziyatni asli kabi emas, bo’rttirib fikrlash yoki tasavvur qilish, biror bir hodisani faqat ijobiy tomonini o’ylab, salbiy tomonlarini inkor etish, vaziyatga baho berishda unga ta’sir qiluvchi barcha faktorlarni inobatga olmagan holda, o’ta optimistik yondashuv va hok”.

Balki bir xayotiy misol bilan keltirsam yanada tushunarliroq bo’lar. Ikki hafta avval men va bir shifokor talaba orasida bo’lgan suhbat taxminiy mazmuni. (Pampers haqidagisini men qo’shdim )

Samarqandda 5-kursni tamomlayotgan 24 yoshli yigit yetuk kardioxirurg bo’lmoqchi, Angliyada. Keyin vatanga qaytib kelib xalq xizmatini qilmoqchi, xususiy klinika ochib.

Ingliz tilini hali o’rganishni boshlagani yo’q. Institutni tamomlashiga 1 yil vaqt qoldi. Uyidagilar esa uni uylantirishmoqchi. Bola hali ishlamaydi, pul topmaydi. Uylanish harajatlarini barchasini ota-onasi qoplaydi. O’zi shu paytgacha kontraktda o’qidi. Yoqtirgan qizi med. institutda 2-kursni tamomlayapti. U ham kontraktda o’qiydi. Uylangandan keyin bola ota-onasi qizni kontrakt pulini ham to’laydi.

Oradan yarim yil o’tdi, bola 6-kurs yarmida, ingliz tili o’rganishni hali ham boshlamadi. 6 oydan keyin institutni bitiradi va shifokor degan diplomga erishadi. Hali ham Angliyada kardioxirurg bo’lmoqchi. Bu haqida ko’p gapiradi, orzular qiladi, yuragidagi nuqson sabab o’layotgan yosh qizni operatsiya qilib qutqarib qolayotganini xayol qilib, jilmayib kulib qo’yadi o’ziga.

Insitutni tamomlashga 3 oy qoldi. Ingliz tili o’rganishga endi vaqt qolmadi deydi o’z-o’ziga. Endi Rossiyada ordinatura o’tib kardioxirurg bo’lmoqchi. Bilsa u yerda operatsiya qilishni o’rgatmas ekan. Rossiyada diplom ovosam, kelib shu yerda shogird tushib o’rganvolaman deydi. Rossiyaga o’qishga yuboradigan agentliklar bilan gaplashishga tushadi. Ular 5 000 dollarga joylab qo’yamiz deydi. Orzu qilgan, unga erishishim kerak deydi. Ota-onasiga keladi yana, ko’zi mo’ltillab. Oz pul emas. Bilsa Rossiyada ordinaturaga kirish uchun bizni diplom o’tar ekanu, lekin bemorlar bilan ishlash uchun rus tili kerak ekan. Institutda 6 yil davomida rus tilini o’qimaganligiga pushaymon qilishni boshlaydi.

6-kursni tamomladi va diplom oldi. Qishloq vrachlik punktida ishlagani bormadi. O’ziga ep ko’rmadi. Chunki 2 million oylikka oila boqib bo’larmidi. Endi Toshkentda diagnostika bo’yicha o’qiyman va MRTchi bo’laman dedi. Chunki shunda soqqa ko’p ekan. Bir qancha million to’lab o’qishga kiradi va Toshkentga ketadi. 2-3 ta sherik bilan shaharni chotkiy joyidan kvartira topadi. Ijara haqqini bo’lishib to’laymiz deydi. Ota-onasi hisobidan yashashda davom etadi. 3 kun oldin 26 ga kirdi. O’rtoqlariga yaxshi dnyuxa qilib berdi.

Kelin 4-kursda o’qiyapti, 3 hafta oldin chaqaloqli bo’ldi. Pampers kerak. Kelin onasi qizini ko’rgani keldi va 4 pachka pampers tashlab ketdi…


Bek Olimjon
263 viewsBek Olimjon, edited  21:36
Ochish/sharhlash
2021-08-06 21:45:48
Hali bu xalq kelajagidan umid uzilmagan. Maqsadi aniq, romantizmga berilmagan va harakatchan yoshlarni xalq uchun yordami katta bo’ladi hali. Bunday insonlarga faqat va faqat muvaffaqiyat tilash kerak va muhimi ijtimoiy bosim o’tkazmaslik kerak.
1.3K viewsBek Olimjon, edited  18:45
Ochish/sharhlash
2021-08-02 15:00:08 Men ingliz tili o’rganishni 2004-yili boshlagandim. U payt tibbiyot institutida 2-kursda o’qir edim. IELTS imtihonini esa 2008-yili topshirgan edim. O’sha payt o’zim uchun IELTSga tayyorlanish strategiyasini tuzib chiqib, deyarli mustaqil o’rgangan edim va birinchi martadayoq 7 ball olgan edim.

U strategiyani keyin ko’pchilik qo’lladi va foyda olgani haqida ko’p aytishdi. Hozir ular katta odamlar bo’lib ketishgan

Ana o’sha strategiyani sizlar bilan ham o’rtoqlashmoqchiman. Ancha oldin Youtube kanalimda ham qo’ygan edim.Agar siz IELTSga tayyorlanayotgan bo’lsangiz 20 daqiqa vaqtingizni ajratishni o’ylab ko’ring. Agar siz tanigan kimgadir kerak bo’lsa, ularga yuboring. Balki foydasi tegar.

2007-yildan beri texnologiya ancha rivojlandi va videodagi manbaalar eskiroqdek tuyulishi mumkin. Videodagi ma’lumotlarga asoslanib, o’zingiz uchun strategiya ishlab chiqishingiz mumkin.

Video mana bu yerda:



1.9K viewsBek Olimjon, 12:00
Ochish/sharhlash
2021-07-31 02:47:00 Diqqati jamlangan maqsadli inson zehni dunyodagi eng katta kuchlardan biri...

Instagramda bir ukamiz yozipti.

"Assalomu aleykum Behzod aka
Siz meni eslay olmasangiz kerak. 1
yarim yilcha oldin sizdan maslahat sorab yozgandim, zavodda elektrik bolib ishlayman ingliz tilini organayabman oqish topshirish uchun Deb.

Siz menga hech narsaga chalgimasdan ingliz tiliga focus qilishni aytgandingiz
Bugun telegram kanalizda postingizni korib menham oz resultim
(natijam) bilan bolishgim keldi"

Haqiqatdan ham men bu insonni tanimayman. Hozir eski DMlarni qarab chiqdim. Birinchi marta menga 2019-yil dekabr oyida yozgan ekan. Yoshi o'sha paytda 19 da bo'lgan bu ukamiz, zavodda elektrik bo'lib ishlashi, bizni YouTubedagi videolarimizni ko'rganidan keyin chet elda o'qish hohishi paydo bo'lgani va bunga hohishi kuchli ekanini yozgan ekan. Mendan nima qilish haqida maslahat so'ragan ekan. Bilganimcha maslahat bergan ekanman. Oradan 2 yil ham o'tgani yo'q. Menga 6.5 baho yozilgan IELTS sertifikati rasmini yuboripti. Bunday yutuq meni juda quvontirdi.

Aslida bu yigit endi chet elga o'qishga boradimi yoki yo'qmi ahamiyatsiz. Bu ukamiz endi o'zini oldiga qo'ygan maqsadiga erisha olishiga 200% ishonadi. Eng muhimi shu. Endi natija qanday bo'lishidan qat'iy nazar, o'ziga bo'lgan ishonchi o'ta yuqori. Bunday ishonch esa muvaffaqiyat garovi. Bu yigit hayotda muvaffaqiyatli inson bo'lishiga men ishonaman.
826 viewsBek Olimjon, 23:47
Ochish/sharhlash
2021-07-27 20:12:40
Buyuklar qanday fikrlaydi

Kecha Tokyodagi olimpiadada triatlon sporti bo’yicha musobaqa bo’lib o'tdi. Triatlon 3 turdagi sportdan iborat bo'lib, unda suzish, velosiped va yugurish kiradi. Turli masofalari mavjud va olimpik masofasi 1,5km suzish, 40km velosiped va 10km yugurishdan iborat.

Kecha norveg triatleti Kristian Blummenfelt oltin medalni oldi. U marraga yetib kelganda shu darajada charchagan ediki, ichgan suviyu yegan ovqatlarini qusib yubordi va oyog'ida yura olmaydigan holatda bo'lgani uchun aravada olib chiqib ketishdi.

Olimpiadada oltin olishni o'zi bu juda katta yutuq. Unga erishish uchun necha yillab mehnat qilgani aniq. Ammo haqiqiy hayron qolarli qismi ohirgi ikkita rasmda. U oltin uchun bo'lgan musobaqa tugagandan 10 soat o'tmasdan, jamoasi bilan yana mashq qilishga qaytishipti. U olimpiadada oltin medal oldim deb hech bo'lmasa 3 kun dam olayam demapti.

Uning jamoadoshi Gustav Iden bu mashq ustida quyidagi izohni qoldiripti: "Erta bugundan boshlanadi".
1.9K viewsBek Olimjon, 17:12
Ochish/sharhlash
2021-07-24 17:46:03
Bugun bir yigit quyidagi xabarni yozipti va rasmni ilova qilib jo'natipti. Muvaffaqiyatidan hursand bo'ldim va sizlar bilan ham ulashgim keldi.

Men bu yigitni shaxsan tanimayman, lekin chin yurakdan muvaffaqiyat tilab qolaman. Bu kichkina bo'lsada yutuq. Kuchli hohish va mehnat natijasi. Kelajakdagi yutuqlarni boshlanishi.

"xxx xxx xxx, [24 Jul 2021 at 14:19:47]:
Assalomu alaykum! Behzod aka yaxshimisiz? Sog‘ligiz joydami?

Aka sizga katta raxmat sizi bergan maslaxatlariz, sizdan olgan yo‘l yo‘riqlarim sababli ingliz tilini o‘qishni boshlagan edim. Mana xozir IELTS sertifikatga ega bo‘ldim. Alloh rozi bo‘lsin sizdan. Ilmizi, martabayizi bu dunyoda ham ohiratda ham ziyoda qilsin. Siz va sizdek insonlarni boriga shukur."




Otam aytardilar...

"Bolam odamga yaxshilik qil va suvga tashla. Bilsa bildi, bilmasa egam biladi. Suv aylanib-aylanib kimgadir foydasi tegadi bir kun" deb.
2.2K viewsBek Olimjon, edited  14:46
Ochish/sharhlash
2021-07-08 11:51:18
Bemorlarimdan biri. Seni hurmat qilganimdan shu futbolkani kiyvoldim bugun deydi. Ajoyib inson.
1.0K viewsBek Olimjon, 08:51
Ochish/sharhlash
2021-06-17 19:20:26
Videoni ohirigacha ko’ring

3 kunlik velosayohatga chiqdim. Bu haftaga velomarafon rejalashtirilgan edi. Ammo rona sabab uni bekor qilishdi. Biz esa challengeni bekor qilgimiz kelmadi. Shuning uchun Shvetsiyani ko’ndalangiga kesib o’tishni reja qildik. Reja Stockholmdan Göteborg shahriga poyezdda borib, u yerda velosipedda qaytib kelish. Dushanba kuni ishga chiqish kerak Shunga ulgurish kerak. Hozir poyezddamiz. Issiqqinada o’tirib ketyappiz

Sayohatni Instagram storiesda Imkon qadar (yoki hohishga qarab ) qo’yib bormoqchiman.
355 viewsBek Olimjon, edited  16:20
Ochish/sharhlash