Get Mystery Box with random crypto!

Davlat xizmatlari yangiliklari

Telegram kanalining logotibi davxizmat — Davlat xizmatlari yangiliklari D
Telegram kanalining logotibi davxizmat — Davlat xizmatlari yangiliklari
Kanal manzili: @davxizmat
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 46.05K
Kanalning ta’rifi

Davlat xizmatlari agentligi - Агентство государственных услуг
☎️ 1148
📩 info@davxizmat.uz
🌐 www.davxizmat.uz
📲 https://www.facebook.com/davxizmat/

Ratings & Reviews

5.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

3

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 150

2022-05-20 12:21:31 #Adliya_xabari

Davlat xizmatlari markazlariga keluvchilarning 90 foizi rozi – so‘rovnoma natijasi

Adliya vazirligi, Yevropa itifoqi hamda BMT Taraqqiyot dasturining “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari koʻrsatishni yaxshilash va boshqaruv tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida “PricewaterhouseCoopers” xalqaro kompaniyalar tarmog‘i tomonidan Davlat xizmatlari markazlari faoliyati o‘rganildi.

“PricyewaterhouseCoopers” (PwC) konsalting va audit sohasida xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyadan biri bo‘lib, 160 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat ko‘rsatib keladi.

Kompaniyaning bosh qarorgohi Londonda joylashgan va bugungi kunda dunyodagi eng yirik to‘rtta auditorlik kompaniyalaridan biri hisoblanadi.

O‘rganish suhbatlar, anonim so‘rovlar va “sirli mijoz” murojaatlari shaklida o‘tkazilib, unga Davlat xizmatlari markazlarining 100 dan ortiq xodimlari hamda 200 ga yaqin respondentlar jalb etildi.

Olingan natijalarga ko‘ra 81 foiz foydalanuvchilar Davlat xizmatlari markazlari xodimlarining sifatli xizmat ko‘rsatishlariga guvoh boʻlganliklarini, aksariyat “sirli mijoz”lar esa navbat kutmasdan darhol maslahat olganliklarini bildirib o‘tganlar. Kutishga to‘g‘ri kelgan holatlar uzog‘i bilan 15 daqiqani tashkil etganligi qayd etilgan.

Fuqarolarning katta qismi, ya’ni 90 foizi ko‘rsatilayotgan xizmatlardan qoniqish hosil qilib, faoliyatni a’lo baholar bilan baholashgan.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
4.4K views09:21
Ochish/sharhlash
2022-05-20 09:06:20
#2022_yil_1_iyundan

Qonunchilikka koʻra:

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar OTMga oʻqishga qabul qilishda oʻtkaziladigan kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan toʻlovlardan ozod etiladi;

Markazlarda aholi va tadbirkorlarga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish uchun oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatuvchi joylar tashkil etiladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
5.0K views06:06
Ochish/sharhlash
2022-05-19 18:37:15
#DXdan_qulaylik

5 TURDAGI XIZMATDAN BIR TELEFON TUGMASI YORDAMIDA FOYDALANING!

Axborot turidagi davlat xizmatlarini, jumladan, maʼlumotnomalarni avtomatik tarzda, navbatsiz hamda arizasiz (mobil aloqa orqali USSD soʻrovi bilan) olish tartibi joriy etilganidan xabardormisiz?

Maktabgacha taʼlim muassasasiga navbatga qoʻyish, ijro holati boʻyicha qarzni aniqlash, kadastr obyektiga taqiqni aniqlash, xorijga chiqishga taqiqni aniqlash, tadbirkorlar maʼlumotlarini avtomatik tarzda, navbatsiz hamda arizasiz olish imkoniyati yaratilgan.

Qanday deysizmi?

Buning uchun telefoningiz orqali *1148# USSD soʻrovini yuborishingiz va Sizga kerakli xizmat turini tanlashingiz kifoya.

Hozirda xizmat sinov tariqasida yoʻlga qoʻyilgan.

Xizmatlar soni bosqichma-bosqich oshirib boriladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
3.5K views15:37
Ochish/sharhlash
2022-05-19 18:35:44
#Tayinlov

HUDUDIY ADLIYA BOSHQARMALARIDA DAVLAT XIZMATLARIGA MAS’UL O‘RINBOSARLAR LAVOZIMGA TAYINLANDI:

Qayim Ismatovich Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari

Аkmal Mamarasulovich Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbasari

Murodulla Narqabilovich Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi

Bekzod Xatamovich Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligining orinbosari vazifasini bajaruvchisi

Ilxomjon Erkinjonovich Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari

Maksud Muinjonovich Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi

Ulug‘bek Umarjonovich Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari

Mo‘minjon Xursandovich Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshligining o‘rinbosari

Davronbek Ravshanbekovich Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
3.5K views15:35
Ochish/sharhlash
2022-05-19 14:28:41
Bilasizmi?

Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar 3 ish kunidan ko'proq vaqtga kechiktirilsa, undirilgan to'lovlarning 50 foizi Sizga qaytarilishi mumkin.

Buning uchun Adliya vazirligiga murojaat qilsangiz bo'lgani.

To'lovlar Adliya vazirligi maxsus jamg'armasi mablag'lari hisobidan Sizga bir ish kunida qaytariladi (keyinchalik qaytarilgan mablag'lar Adliya vazirligi tomonidan muddat buzilishiga yo'l qo'ygan vakolatli organ hisobidan undirib olinadi).

Batafsil tanishib chiqish uchun havola:

https://lex.uz/uz/docs/-5530487

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
5.7K viewsedited  11:28
Ochish/sharhlash
2022-05-19 08:13:21
#2022_yil_1_iyundan

38 turdagi davlat xizmatlarini YAIDXPda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
7.6K views05:13
Ochish/sharhlash
2022-05-18 19:45:32
#Infografika
#FHDY_xizmatlari

FHDY organlari tomonidan 2022-yilning dastlabki 4 oyi davomida yurtimizda egizak bolalar tugʻilishi holati hududlar kesimida

Ushbu davrda:

3 nafar ayol - 4 nafardan
43 nafar ayol - 3 nafardan
3084 nafar ayol - 2 nafardan

Batafsil, yuqoridagi infografikada

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
2.8K viewsedited  16:45
Ochish/sharhlash
2022-05-18 16:21:21
#Diqqat #Bu_muhim #DX_qulaylik

Hurmatli fuqarolar!

Endilikda Siz davlat xizmatlari yo‘nalishida ariza, shikoyat yoki taklif bilan murojaat qilish uchun nafaqat 1148 ishonch telefoni orqali, balki telegramdagi @tezkor_murojaat_bot orqali ham murojaatingizni yo‘llashingiz mumkin.

Sizlarga ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida ishga tushirilgan ushbu bot, nafaqat yozma balki ovozli va video murojatlarni ham qabul qiladi.

Murojaatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartiblarda ko'rib chiqiladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
4.4K viewsedited  13:21
Ochish/sharhlash
2022-05-18 11:18:31
Hurmatli fuqarolar

Davlat xizmatlari ko'rsatilishi bilan bog'liq muammo bo‘lsa,
ya'ni xizmat olish jarayonida ortiqcha kuttirish yoki to‘siqlar bo‘lsa, "1148" ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.

"Call markaz"da 10 nafar oliy toifadagi mutaxassislar dushanba-Juma kunlari soat 9-00 dan 13-00 gacha hamda 14-00 dan 18-00 gacha xizmatingizga tayyor.

Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi xodimlari masalangizni ijobiy hal qilib berishga yordamga shay.

Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
5.9K viewsedited  08:18
Ochish/sharhlash
2022-05-18 11:15:07
#Diqqat_muhim

Ogoh boʻling!

Elektron imzo kalitingiz, login va parollaringizni hech qachon birovga bermang. Sizning nomingizdan boshqalar ish koʻrishlarga yoʻl qoʻymang. Oʻzingiz bilmagan holda noqonuniy harakatlarning ishtirokchisiga aylanmang!

Unutmang! Elektron kalitingiz orqali barcha mol-mulkingiz oʻzlashtirilishi mumkin.

Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
6.0K viewsedited  08:15
Ochish/sharhlash