Get Mystery Box with random crypto!

#OAVga_ma’lumot    Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi t | Davlat xizmatlari yangiliklari

#OAVga_ma’lumot
  
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan “O‘zsuvta’minot” AJning hududiy filiallarida davlat xizmatlari ko‘rsatish ahvoli yuzasidan o‘rganish o‘tkazilganda 204 748 ta qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari aniqlandi.

Shundan, 142 751 tasi muddat buzilishi, 38 117 tasi ortiqcha hujjat talab qilish, 11 930 tasi asossiz rad etish, 735 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat xizmati ko‘rsatish hamda 11 215 tasi boshqa turdagi qonun buzilishini tashkil etadi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan hududiy suv ta’minoti korxonalariga 37 ta taqdimnoma kiritildi hamda 200 dan ortiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi.

Eslatma:
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlariga asosan davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli organlar tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlaridan 120 turdagi ma’lumotnoma va hujjatlarni talab qilish bekor qilinib, ushbu ma’lumot va hujjatlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olishi belgilangan.


Hurmatli fuqarolar!
Hududiy suv ta’minoti korxonalari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida Sizdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat, kadastr hujjati nusxasi yoki shunga o‘xshash talab qilinishi bekor qilingan hujjatlarni taqdim etish so‘ralganda Adliya vazirligining 1148-ishonch telefoniga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Talab qilinishi bekor qilingan ma’lumot yoki hujjatlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholidan talab qilinishi ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat