Get Mystery Box with random crypto!

Davlat xizmatlari yangiliklari

Telegram kanalining logotibi davxizmat — Davlat xizmatlari yangiliklari D
Telegram kanalining logotibi davxizmat — Davlat xizmatlari yangiliklari
Kanal manzili: @davxizmat
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 46.05K
Kanalning ta’rifi

Davlat xizmatlari agentligi - Агентство государственных услуг
☎️ 1148
📩 info@davxizmat.uz
🌐 www.davxizmat.uz
📲 https://www.facebook.com/davxizmat/

Ratings & Reviews

5.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

3

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 151

2022-05-18 05:36:17
#Davlat xizmatlari #Bepul #Onlayin #Ma’lumot

Pensiya (nafaqa) haqida ma’lumot olish tartibini bilasizmi?

Pensiya (nafaqa) miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari faqat DXM yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi

Davlat xizmatlari Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan ko ‘rsatiladi

Davlat xizmatidan foydalanish uchun elektron shaklda so‘rovnoma to‘ldiriladi

Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi

So‘rovnoma olinganidan so‘ng 5 daqiqa mobaynida QR-kodli ma’lumotnoma shakllanadi hamda elektron tarzda yuboradi

Аloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
6.4K views02:36
Ochish/sharhlash
2022-05-17 20:41:24
#Qiziqarli faktlar #Ma’lumot uchun #Markazkarda

Davlat xizmatlari markazlariga aholi vakillarining tashrif buyurishi o‘rganilganda murojaat etuvchilar soat 09-00dan – 12-00gacha ko‘p, 12-00dan – 16-00gacha o‘rtacha hamda 16-00dan – 18-00gacha kam sonni tashkil etishi aniqlandi

Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
2.7K viewsedited  17:41
Ochish/sharhlash
2022-05-06 13:20:56
#Adliya_brifing

Adliya sohasida amalga oshirilgan ishlar, raqamlar, o‘zgarishlar

AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida shu mavzuda brifing bo‘lib o‘tdi.

Batafsil videoda.

@adliyangiliklari
9.6K views10:20
Ochish/sharhlash
2022-05-06 11:48:01
#Top-5 #Xizmatlar

2022 yilning 1-choragida eng ko'p foydalanilgan davlat xizmatlari top-5 taligi

Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
10.2K viewsedited  08:48
Ochish/sharhlash
2022-05-06 11:41:50
#Adliya_sayli

Tadbir 7-may kuni soat 10:00 da Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan EKOBOZOR hududida bo‘lib o‘tadi.

Saylda, Toshkent shahar adliya boshqarmasi, tuman adliya bo‘limlari, FHDY bo‘limi, "Adolat" axborot markazi, “Madad” NNT, Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va boshqa mutasaddilar tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish va ularni hal etish choralarni ko‘rish maqsadida sayyor qabullar tashkil etiladi.

Sayl dasturidan xushovoz xonandalar ijrosidagi konsert, badiiy chiqishlar, sahnalashtirilgan teatr tomoshalari, mehnat yarmarkalari va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi va savdolari o‘rin olgan.

Saylda “Huquqiy viktorina” o‘tkazilib, viktorina g‘oliblarga esdalik sovg‘alari taqdim etiladi.

Tadbirda ishtirok etish istagi bor barcha yurtdoshlarimizni taklif etamiz!!!

Telegram / Facebook / Murojaat uchun: @Poytaxtadliyabot
8.2K views08:41
Ochish/sharhlash
2022-05-06 06:53:13
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi rahbariyati Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi qurilish ishlari ketayotgan davlat xizmatlari markazlari bilan tanishdi

Batafsil

@adliyangiliklari
7.8K views03:53
Ochish/sharhlash
2022-05-05 09:43:27 #Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz

Tabiiy gaz hisoblagichini qiyoslashdan o'tkazish (yechish va o'rnatish bilan birga) tartibini bilasizmi?

VIDEOQOʻLLANMA

Elektron xizmatlardan foydalanilganda, belgilangan to‘lovning 10% miqdorida chegirma mavjud.

Аloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
9.1K views06:43
Ochish/sharhlash
2022-05-02 07:44:32
#Адлия_табриги

Азиз юртдошлар!

Барчангизни шукроналик, саховат ва меҳр-оқибат айёми – Рамазон ҳайити билан самимий муборакбод этиб, эзгу ниятларингиз ижобатини тилаймиз!

Юртимизда тинчлик ва хотиржамлик бардавом, адолат ҳамиша барқарор бўлсин!

Ҳурмат билан Адлия вазирлиги жамоаси

Каналга уланиш
https://t.me/huquqiyaxborot
3.0K views04:44
Ochish/sharhlash
2022-05-01 19:31:38
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
2.2K views16:31
Ochish/sharhlash
2022-04-30 13:34:11 ​#Adliya_loyiha

Davlat boshqaruv organlarida korrupsion sxemalarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi. Muhokamada faol bo‘ling.

Adliya vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentiligi bilan hamkorlikda davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirishga oid Prezident qarori loyihasini tayyorladi.

Loyiha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Unda quyidagilar nazarda tutilmoqda:

2022-yil 1-sentabrdan boshlab davlat tashkilotlarida "E-Antikorrupsiya" loyihasini to‘liq ishga tushirish. Ushbu loyiha korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholash, "Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri"ni shakllantirish va yuritish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha samarali choralarni ishlab chiqishni nazarda tutadi.

Davlat tashkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash ishlari Agentlik va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyotiga muvofiq amalga oshirilishi.

Davlat tashkilotlari tomonidan o‘ziga yuklangan funksiyalar va ularni amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlarning elektron reestrini ochiq e'lon qilib borish.

Ijtimoiy so‘rovlar va mustaqil ekspertlar ishtirokida muhokamalarni o‘tkazish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni “past”, “o‘rta” va “yuqori” o‘lchovlarida “E-Anticor.uz” elektron platformasida baholab borish.

Korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalarini tuzish amaliyoti yo‘lga qo‘yish.

Kadrlar bilan ishlash sohasida inson omilini minimallashtirish maqsadida kadrlar bilan ishlash bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimni davlat boshqaruvi organlarida joriy etish.

Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash ishlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish, shu jumladan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash sohasida ilmiy va amaliy ishlanmalarni tarqatish, bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual platformasi” loyihasini ishga tushirish.

Baholash ishlarini nazorat qilish, shu jumladan axborotlarni eshitish va javobgarlik choralarini ko‘rish vazifasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga yuklatilmoqda.

Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanmoqda.

Loyihani ishlab chiqishda ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menedjment tizimlari” xalqaro standarti va mazkur sohada ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan xorijiy davlatlarning (Bolgariya, Moldova va Litva) amaliyoti o‘rganilgan.

Ushbu loyihaning qabul qilinishi davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlashga va ularni bartaraf etishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Muhokamada faol bo‘ling https://regulation.gov.uz/oz/d/60468

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
3.4K views10:34
Ochish/sharhlash