Get Mystery Box with random crypto!

Davlat xizmatlari yangiliklari

Telegram kanalining logotibi davxizmat — Davlat xizmatlari yangiliklari D
Telegram kanalining logotibi davxizmat — Davlat xizmatlari yangiliklari
Kanal manzili: @davxizmat
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 46.05K
Kanalning ta’rifi

Davlat xizmatlari agentligi - Агентство государственных услуг
☎️ 1148
📩 info@davxizmat.uz
🌐 www.davxizmat.uz
📲 https://www.facebook.com/davxizmat/

Ratings & Reviews

5.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

3

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 147

2022-06-02 09:48:27
#Xizmatlar #Yangilik #Bu_muhim

VETERENARIYA XIZMATI VA MODDIY MADANIY MEROS RESTOVRATOR-USTALARI UCHUN MALAKA SERTIFIKATINI OLISH XIZMATLARI ISHGA TUSHDI.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
6.0K views06:48
Ochish/sharhlash
2022-06-01 16:20:30
#Soʻrov

Azizlar! Sizning fikringiz biz uchun muhim.

Eslatib oʻtamiz, aholiga davlat xizmatlari koʻrsatish sohasini yanada takomillashtirish maqsadida navbatdagi onlayn soʻrov oʻtkazilmoqda.

Barchani soʻrovdan oʻtib, davlat xizmatlari sohasini yanada yaxshilashga oʻz hissasini qoʻshishga chorlaymiz.

SOʻROVDAN OʻTISH

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
5.6K viewsedited  13:20
Ochish/sharhlash
2022-06-01 14:20:44
Davlat xizmatlari markazlarida yana bir yangi xizmat!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-apreldagi 166-son qaroriga asosan “Moddiy madaniy meros restavrator-ustalari uchun malaka sertifikatini olish” xizmati ishga tushirildi.

Unga ko'ra, yuridik shaxslar yoki
restavrator-ustalar (jismoniy shaxslar) quyidagi harakatlarni amalga oshirishlari lozim bo'ladi:

Har yili 20-noyabrgacha DXM yoki YAIDXP orqali murojaat qiladi.
Toʻlov (har bir restavrator-usta uchun BHMning 10 baravari)ni amalga oshiradi.

Madaniy meros agentligi quyidagilarni amalga oshiradi:

Har yili 20-dekabrga qadar arizalar asosida tinglovchilar guruhini shakllantiradi.
Malaka oshirish kurslari boshlanishi haqida 5 kun oldin xabardor qiladi.
Tinglovchilar attestatsiyadan oʻtkazilgach 3 ish kunida sertifikatlarni beradi.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt: Madaniy meros agentligi

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
5.1K viewsedited  11:20
Ochish/sharhlash
2022-06-01 13:01:42
#Infografika
#FHDY_xizmatlari
#Bu_qiziq

FHDY organlari tomonidan 2022-yilning 1-iyun holatiga ko'ra yurtimizda yashovchi boshqa millat vakillarining umumiy 339 275 tugʻilish holati qayd etilgan.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
5.0K viewsedited  10:01
Ochish/sharhlash
2022-06-01 09:40:36
#Xizmatlar #Yangilik #Bu_muhim

Yana bir yangi xizmat ishga tushdi!

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19-yanvardagi 33-son qarori bo'yicha "Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish" xizmati ishga tushirildi.

Kimlar davlat xizmatidan foydalanishi mumkin?

veterinariya xizmati tizimiga kiruvchi mutaxassislar;
tasarrufida veterinariya xizmati mavjud bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar mutaxassislari;
ishlab chiqarishda veterinariya xizmatlari tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar mutaxassislari;
xususiy veterinariya xizmatlari mutaxassislari.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt: Samarqand veterinariya meditsinasi instituti huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi (Malaka oshirish markazi).

Xizmat uchun BHMning 20 foizi miqdorida yig‘im undiriladi (YIDXP orqali foydalanilganida 10 foiz miqdorida chegirma mavjud).

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
5.8K viewsedited  06:40
Ochish/sharhlash
2022-06-01 08:28:00
#Адлия_табриги

Адлия вазирлиги болажонларни 1 июнь – Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни билан табриклайди!

Фарзандингизга берадиган энг яхши ҳадянгиз – вақтингиздир!

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
6.1K views05:28
Ochish/sharhlash
2022-05-31 17:34:08
#Bilasizmi

Davlat xizmatlari ko'rsatish sohasidagi quyidagi qonunbuzilish holatlari mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (810 ming so'mdan 1 mln 350 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi:

arz qiluvchidan murojaatni qabul qilishni rad etganlik;
davlat xizmatlari ko'rsatish chog'ida murojaatlarni ko'rib chiqish tartibini va muddatlarini buzganlik;
arz qiluvchidan qonunchilikda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish;
davlat xizmatlari ko'rsatish sohasidagi vakolatli davlat organining qonuniy talabini (topshirig'ini) bajarmaganlik.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilsa, mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 350 ming so'mdan 2 mln 700 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
3.9K views14:34
Ochish/sharhlash
2022-05-31 16:23:40
#Sayyor_xizmatlar

Sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi davom etmoqda!

“Oʻzimiz keldik” loyihasi doirasida 2022-yilning 1-choragida Respublika boʻylab tashkil etilgan sayyor davlat xizmatlari koʻrsatish tadbirlari natijalari bilan infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Sayyor davlat xizmatlari orqali jami 179 936 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Eng ko‘p foydalanilgan davlat xizmatlari:

Elektron raqamli imzo olish – 87 015 ta ariza;
Kommunal sohadagi davlat xizmatlari – 3 845 ta ariza;
Bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yish – 2 697 ta ariza.

Eng ko‘p sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilgan hududlar:

Samarqand viloyati – 25 941 ta davlat xizmati;
Namangan viloyati – 25 423 ta davlat xizmati;
Toshkent viloyati – 23 793 ta davlat xizmati;

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
4.1K viewsedited  13:23
Ochish/sharhlash
2022-05-31 14:07:45
#Infografika #FHDY_xizmatlari #Bu_qiziq

17 yoshgacha bo'lgan yoshlar oʻrtasida nechta nikoh qayd etildi?

Oila kodeksiga asosan nikoh yoshi erkak va ayollar uchun 18 yosh etib belgilangan.

Alohida hollarda (homiladorlik, bola tugʻilishi, voyaga yetmagan shaxsning toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilinishi (emansipatsiya) nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga koʻra, tuman (shahar) hokimining qaroriga asosan nikoh yoshi koʻpi bilan bir yilga kamaytirilishi mumkin.

FHDY organlari tomonidan 2021-yil davomida nikoh yoshi 1 yilga qisqartirilgan 94 nafar, 2022-yilning 5 oy davomida 31 nafar fuqaroning nikohi rasmiylashtirib berilgan.

Eng yuqori koʻrsatgich: Surxondaryo viloyati (36 ta), Jizzax viloyati (16 ta), Toshkent viloyati (13 ta) va Samarqand viloyati (11 ta) .

Ushbu davrda eng koʻp – Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani hokimi tomonidan 15 nafar va Uzun tumani hokimi tomonidan 5 nafar fuqaroning nikoh yoshi 1 yoshga qisqartirilgan.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
5.1K views11:07
Ochish/sharhlash
2022-05-31 10:06:53
#Инфографика #Услуги_ЗАГСа #Это_интересно

За 5 месяцев 2022 года в Узбекистане самое популярное имя для новорожденных мальчиков Мухаммадали, а для девочек Солиха.

Наш канал
https://t.me/davxizmat
6.0K views07:06
Ochish/sharhlash