Get Mystery Box with random crypto!

#DXga_savol Savol: Bola parvarishi nafaqasini olish tartibi | Davlat xizmatlari yangiliklari

#DXga_savol

Savol: Bola parvarishi nafaqasini olish tartibi haqida ma’lumot bering.

Javob:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi PF-74-son Farmoniga (http://old.lex.uz/docs/-5865484) ko‘ra, parvarishlash nafaqasi fuqarolarning Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qilgan murojaatlari asosida budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi, ya’ni parvarishlash nafaqasi joriy etilgan.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning kasalliklari ro‘yxati bilan tanishish uchun – https://lex.uz/docs/-5865484.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat