#Bilasizmi
Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?
Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.
Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun
Davlat xizmatlari markaziga yoki
YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.
Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
ko‘p kvartirali uydagi kvartira –
3 ish kunigacha;
yakka tartibdagi turar joy –
5 ish kunigacha;
Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:
umumiy maydoni
100 kv.m. gacha -
5 ish kunigacha;
umumiy maydoni
100 kv.m. dan
1000 kv.m. gacha -
7 ish kunigacha;
umumiy maydoni
1000 kv.m. dan
5000 kv.m. gacha -
10 ish kunigacha;
umumiy maydoni
5000 kv.m. dan
15000 kv.m. gacha -
15 ish kunigacha;
umumiy maydoni
15000 kv.m. dan
50000 kv.m. gacha -
20 ish kunigacha;
umumiy maydoni
50000 kv.m. dan ortiq -
25 ish kunigacha.
Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys)
Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga
elektron shaklda yuboriladi.
Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng
1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.
Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning
186-son qarori bilan belgilanadi.
Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat