Get Mystery Box with random crypto!

Davlat xizmatlari yangiliklari

Telegram kanalining logotibi davxizmat — Davlat xizmatlari yangiliklari D
Kanaldagi mavzular:
Биласизми
Telegram kanalining logotibi davxizmat — Davlat xizmatlari yangiliklari
Kanaldagi mavzular:
Биласизми
Kanal manzili: @davxizmat
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 45.87K
Kanalning ta’rifi

Davlat xizmatlari agentligi - Агентство государственных услуг
☎️ 1148
📩 info@davxizmat.uz
🌐 www.davxizmat.uz
📲 https://www.facebook.com/davxizmat/

Ratings & Reviews

5.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

3

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2024-03-29 14:21:00
#Adliya_davlat_xizmatlari

Avtotransport vositalarini texnik ko’rikdan o’tkazish uchun mavjud markazlar haqida ma'lumot olish tartibidan xabardormisiz?


Batafsil videoda...

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
14.4K views11:21
Ochish/sharhlash
2024-03-29 12:11:00
#Bilasizmi?

Ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini olish va ularga bo‘lgan huquqlaringizni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
- Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari

Murojaatlar qabul qilinadi:
-
Davlat xizmatlari markazi;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.

Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy va yuridik shaxslar.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 1 barobari va har bir gektar uchun BHMning 7 foizi.

Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 2 ish kuni.

Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha reyestrdan ko‘chirma taqdim etiladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
14.4K views09:11
Ochish/sharhlash
2024-03-29 10:00:00
#Bilasizmi

Yashash joyiga doimiy roʻyxat (propiska)ga turish uchun istalgan Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish mumkin

Fuqarolar Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar boʻylab doimiy roʻyxatga turish uchun murojaat qilishlari mumkin.

Shuningdek, mazkur xizmatdan Oʻzbekiston Respublikasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan shaxslar - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq:

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koʻchmas mulkka ega fuqarolar;

Toshkent shahrida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar - Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi doimiy yashash manziliga doimiy roʻyxatga turishlari;

Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar - Toshkent viloyati boʻylab boshqa manzilga doimiy roʻyxatga turishlari mumkin.

Xizmat ko'rsatilganligi uchun BHMning 2 foizi (6 800 so'm) miqdorida davlat boji undiriladi;

Arizalar 1 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.

Yashash joyiga doimiy roʻyxatga qo'yilganligi bo'yicha qayd varag'i beriladi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur davlat xizmatidan faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari foydalanishi mumkin.

Ma'lumot uchun: xizmatdan YAIDXP hamda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga ham murojaat qilishlari mumkin.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
13.5K views07:00
Ochish/sharhlash
2024-03-27 16:25:00
Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) haqida ma’lumotnoma olish tartibidan xabardormisiz

Batafsil videoda…


Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
13.4K views13:25
Ochish/sharhlash
2024-03-20 16:31:33
#Bu_muhim

Avtomototransport vositasini notarial idoraga bormasdan sotish mumkin

sotuvchi E-notarius.uz axborot portalida “Notarial harakatni rasmiylashtirish”ni tanlaydi, oʼzining shaxsiga oid maʼlumotlarni kiritadi va notarial harakatni yaratadi.

sotuvchi sotilayotgan avtomototransport vositasini tanlaydi va narxini kiritadi;

sotuvchi sotib oluvchining JShShIRni, shaxsini tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqamini va telefon raqamini kiritadi;

sotib oluvchining telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi. Sotib oluvchi havolaga kirib Face-Id orqali verifikatsiyadan oʼtadi va roziligini tasdiqlaydi;

avtomatik tarzda yoki ixtiyoriy notarius tanlanadi;

notarius notarial harakatni rasmiylashtirishga qabul qilib, vaqtni belgilaydi va taraflarning mobil telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi;

belgilangan vaqtda notarius taraflar ishtirokida videokonferensaloqa orqali notarial harakatni rasmiylashtiradi;

bitimning asl nusxalari taraflarga kuryerlik (pochta) xizmati orqali yuboriladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
14.1K views13:31
Ochish/sharhlash
2024-03-14 07:22:59
Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turish yoki turmaslik to‘g‘risida ma’lumotnoma olish tartibidan xabardormisiz?

Batafsil videoda...

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
14.7K views04:22
Ochish/sharhlash
2024-03-13 13:59:59 Tog‘-kon ishlarini yuritish huquqini beruvchi ruxsatnoma

"Litsenziya" axborot tizimi orqali “Tog‘-kon ishlarini yuritish huquqini beruvchi ruxsatnomani” olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi.

Murojaatlar qabul qilinadi:
– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz.

Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik shaxslar.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun
undiriladigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 20 kun davomida.


Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: bir yil

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
14.9K views10:59
Ochish/sharhlash
2024-03-13 12:00:00 Xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatini litsenziyalash

 “Litsenziya” axborot tizimi orqali “Xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatini litsenziya”ni olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:

— O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi.

Murojaatlar qabul qilinadi:
– “Litsenziya” AT - license.gov.uz;                                                                                
– YIDXP – my.gov.uz orqali.

Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik shaxslar.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida.

Litsenziya berilganligi uchun uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 15 kun davomida.


Litsenziyaning amal qilish muddati: Cheklanmagan
 
Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
14.5K views09:00
Ochish/sharhlash
2024-03-12 16:24:00 Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma

"Litsenziya" axborot tizimi orqali “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnomani” olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi.

Murojaatlar qabul qilinadi:
– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz.

Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari:

Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish faoliyati.

Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik shaxslar.

Xabarnomani yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
13.4K views13:24
Ochish/sharhlash
2024-03-06 15:50:00
#Bilasizmi

Agar uyingizga noma’lum shaxslar ro‘yxatga turib olgan bo‘lsa, nima qilishni bilasizmi?

Uyingizda kimlar ro‘yxatda turganini bilish uchun tegishli tashkilotga borish shart emas.

Buning uchun:

My.gov.uz saytiga kirish

"Shaxsiy kabinet"ga o‘tish

"Fuqarolik" bo‘limini tanlash

“Doimiy yashash joyida yashovchilar ro‘yxatini to‘g‘rilatish uchun so‘rov yuborish”
tugmasini bosish kerak.

Agar xonadoningizda notanish shaxslar ro‘yxatga olinganini aniqlasangiz, shu manzilning o‘zidayoq o‘chirishga elektron murojaat yuborishingiz mumkin.

Yaqinlaringiz bilan foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
16.5K views12:50
Ochish/sharhlash