Get Mystery Box with random crypto!

Davlat xizmatlari yangiliklari

Telegram kanalining logotibi davxizmat — Davlat xizmatlari yangiliklari D
Telegram kanalining logotibi davxizmat — Davlat xizmatlari yangiliklari
Kanal manzili: @davxizmat
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 46.05K
Kanalning ta’rifi

Davlat xizmatlari agentligi - Агентство государственных услуг
☎️ 1148
📩 info@davxizmat.uz
🌐 www.davxizmat.uz
📲 https://www.facebook.com/davxizmat/

Ratings & Reviews

5.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

3

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 149

2022-05-25 07:41:40
#Bilasizmi #Dx_qulaylik

Davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirishingiz mumkin.

Davlat xizmatlari markazlari bank shoxobchalarida navbatlarning oldini olish maqsadida zamonaviy ekeltron to‘lov usullari joriy etilgan.

Xizmatdan foydalanuvchilar operatordan uzoqlashmasdan maxsus ilovalar orqali to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Bu respublikamizdagi asosiy elektron to‘lov tizimlari, masalan, PayMe, Click, Apelsin, shuningdek mobil bank ilovalari orqali bajariladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
7.1K viewsedited  04:41
Ochish/sharhlash
2022-05-24 14:01:50 #Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz

Аvtotransport vositalari oynalarining tusini oʼzgartirishga (qoraytirish) ruxsatnoma olish tartibini bilasizmi?

VIDEOQOʻLLANMA

Elektron xizmatlardan foydalanilganda, belgilangan to‘lovning 10% miqdorida chegirma mavjud.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
6.0K views11:01
Ochish/sharhlash
2022-05-24 09:46:44
#Top-5 #Murojaatlar #Statistika #Bu_qiziq

O'tgan hafta davomida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan murojaatlarning eng ko'p qismi qaysi yo'nalishlarda kuzatildi?

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
6.8K views06:46
Ochish/sharhlash
2022-05-24 07:56:48
DIQQAT, EʼLON!

Ichki ishlar elektron tizimida profilaktika ishlari olib borilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot tizimlarida texnik-profilaktik ishlar amalga oshirilishi munosabati bilan, ayrim davlat xizmatlaridan (ID-karta rasmiylashtirish, haydovchilik guvohnomasini almashtirish, avtotransport vositalari bilan bog'liq notarial harakatlar va boshqalar) foydalanishda vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda.

Texnik-profilaktik tadbirlar yakunlangani haqida qoʻshimcha xabar beriladi.
17.3K viewsedited  04:56
Ochish/sharhlash
2022-05-23 16:25:55
#Infografika #FHDYO_xizmatlari #Bu_qiziq

FHDY organlari tomonidan 2022 yilning dastlabki 4 oyi davomida chet el fuqarolari bilan bog'liq 989 ta nikoh qayd etildi.

Batafsil, yuqoridagi infografikada

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
4.8K views13:25
Ochish/sharhlash
2022-05-23 15:26:09
#DXga_savol

Elektr va gaz hisoblagich kimni hisobidan xarid qilinadi?

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
6.8K views12:26
Ochish/sharhlash
2022-05-23 12:58:46
#Yodda_tuting #Eslatma #Diqqat_muhim #DX_nazorat

Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi
qonunchilikni buzish javobgarlikka sabab bo‘ladi!

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
6.4K views09:58
Ochish/sharhlash
2022-05-23 09:25:16
#DX_ochiqlik #Bu_muhim

Elektron hukumat - barcha uchun ochiq

O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to'g'risida”gi Qonunining maqsadi davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko'rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
7.1K views06:25
Ochish/sharhlash
2022-05-21 14:49:21
#DXga_savol

Savol: Bola parvarishi nafaqasini olish tartibi haqida ma’lumot bering.

Javob:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi PF-74-son Farmoniga (http://old.lex.uz/docs/-5865484) ko‘ra, parvarishlash nafaqasi fuqarolarning Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qilgan murojaatlari asosida budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi, ya’ni parvarishlash nafaqasi joriy etilgan.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning kasalliklari ro‘yxati bilan tanishish uchun – https://lex.uz/docs/-5865484.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
5.7K views11:49
Ochish/sharhlash
2022-05-21 14:45:13
#DX_nazorat

Xizmat sifati nazoratda

Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2022-yilning dastlabki 3 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida, jami 39 978 ta qonun buzilish holati aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan vakolatli idoralarga 1 865 ta ogohnoma va 168 ta taqdimnoma kiritildi hamda aybdor shaxslarga 716 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi.

Qo‘llanilgan ta’sir choralari natijasida 149 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, ulardan 4 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi, shuningdek 716 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanildi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
4.7K views11:45
Ochish/sharhlash