Get Mystery Box with random crypto!

BUGUNGI GAP | Расмий канал

Telegram kanalining logotibi bugungigap — BUGUNGI GAP | Расмий канал
Kanaldagi mavzular:
Хайрли
Diqqat
Бужудамуҳим
Даҳшат
Ого
Тезкор
All tags
Kanal manzili: @bugungigap
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.67M
Kanalning ta’rifi

⚡️Bugungi Gap - кун давомидаги энг долзарб, тезкор хабарлар.
📹Видео юборинг, янгилик бўлса каналда чиқарилади: @BugungiGapBot
📈Реклама: @Nurov_N1

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 513

2022-05-03 12:17:13
O‘zbekistonda 77 nafar bolada kamyob genetik kasallik aniqlangan.

O‘zbekistonda ham 77 nafar bolada spinal mushak atrofiyasi – kamyob irsiy kasallik aniqlangan. Kasallikni 6 oy ichida davolash zarur. Aks holda, bemor bolalarning teng yarmi 2 yoshga yetgunicha vafot etadi. Aniqlangan holatlarning 24 foizi qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh oqibatida, 40 foizi esa ikki va undan ko‘p spinal mushak atrofiyasi bilan tug‘ilgan bolali oilalar hamda 36 foizi ota ham, ona ham ushbu gen tashuvchisi bo‘lgan oilalarda dunyoga kelgan.

@BugungiGap
13.6K views09:17
Ochish/sharhlash
2022-05-03 11:55:46
Oʻzbekiston xalqaro Soʻz erkinligi indeksida 24 pogʻonaga koʻtarildi.

“Chegara bilmas muxbirlar” xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan Soʻz erkinligi indeksining 2022-yilgi reytingida Oʻzbekiston oʻz pozitsiyasini 24 pogʻonaga yaxshilab, 157-oʻrindan 133-oʻringa koʻtarildi. Maʼlumot uchun, 3-may – Jahon matbuoti erkinligi kuni hisoblanadi.

@BugungiGap
13.5K views08:55
Ochish/sharhlash
2022-05-03 11:28:33
Rossiya raketalardan Ukrainaga zarba berishda davom etmoqda.

Rossiya Qurolli Kuchlari Buk-M3 va Buk-M2 raketa tizimlari yordamida Xarkov viloyatining Izyum yo'nalishida jangovar harakatlarni olib bormoqda.

@BugungiGap
13.8K views08:28
Ochish/sharhlash
2022-05-03 10:27:46
Turkiyaning “Trabzonspor” klubi muxlislari chempionlikni nishonlashmoqda.

38 yil deganda ilk bor Turkiyaning chempioni boʻlgan “Trabzonspor” futbol klubi muxlislari juda ajoyib tarzda chempionlikni nishonlashmoqda.

@BugungiGap
14.4K views07:27
Ochish/sharhlash
2022-05-03 09:23:17
Bo‘stonliqda sharsharada rasmga tushmoqchi bo‘lgan yigit tepalikdan tushib ketdi.

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida sharsharada rasmga tushmoqchi bo‘lgan yigit tepalikdan tushib ketgan. Shundan so‘ng, voqea joyiga qutqaruvchilar etib borib, jabrlangan fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishgan. Jabrlanuvchi yigit Bo‘stonliq tumani markaziy shifoxonasiga yuborilgan.

@BugungiGap
14.6K viewsedited  06:23
Ochish/sharhlash
2022-05-02 21:12:08
UEFA Rus futboliga yangi taqiqlar qoʻydi.

UEFA Rossiya terma jamoasini Millatlar ligasining 2022/23-mavsumida ishtirok etishini taqiqladi. Rossiya klublari yevrokuboklarning 2022/23-mavsumidan chetlashtirildi. UEFA Rossiyaning EURO-2028/32ʼni oʻtkazish uchun arizasini qabul qilmadi. Rossiya ayollar terma jamoasi EURO-2022 ishtirokchilari roʻyxatidan chiqarib yuborildi.

@BugungiGap
6.6K views18:12
Ochish/sharhlash
2022-05-02 20:18:00
Diqqat! Videoda haqoratli soʻzlar ishlatilgan. Muz ustidagi drift ayanchli yakun topdi.

Rossiyaning Irkutsk viloyatidagi muzlagan daryoda drift qilmoqchi bo‘lgan haydovchi, muz yorilib ketishi natijasida mashina bilan suvga tushib ketgan. Agar erkak tezda mashinadan chiqqanda, hammasi joyida bo‘lardi, lekin u negadir salonda qolib ketgan.

@BugungiGap
9.7K views17:18
Ochish/sharhlash
2022-05-02 19:15:03
Qozogʻistonga qum boʻroni yopirildi.

Qozogʻiston janubidagi viloyatlarda kuchli qum boʻroni kuzatilmoqda. Ayni paytda bir necha yirik magistral yoʻllar yopilgan. Fuqarolardan zarurat boʻlmasa uylaridan chiqmaslik soʻralmoqda.

@BugungiGap
11.0K viewsedited  16:15
Ochish/sharhlash
2022-05-02 18:25:42
Dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni yarim milliard kishidan oshdi.

Dunyoda koronavirus tarqalishi boshlanganidan buyon 6,2 million kishi kasallikdan vafot etgan. Bugun, 2-may kuni, dunyoda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 513,8 million kishiga yetdi.

@BugungiGap
11.9K viewsedited  15:25
Ochish/sharhlash
2022-05-02 17:48:48
Oʻzbekistonda dastlabki ishlab chiqarilgan avtomobillardan biri “Tiko”ning Janubiy Koreyadagi reklama roligi.

@BugungiGap
12.8K views14:48
Ochish/sharhlash