Get Mystery Box with random crypto!

BUGUNGI GAP | Расмий канал

Telegram kanalining logotibi bugungigap — BUGUNGI GAP | Расмий канал
Kanaldagi mavzular:
Хайрли
Фойдали
Kanal manzili: @bugungigap
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.49M
Kanalning ta’rifi

⚡️Bugungi Gap - кун давомидаги энг долзарб, тезкор хабарлар.
📹Видео юборинг, янгилик бўлса каналда чиқарилади: @BugungiGapBot
📈Реклама: @Nurov_N1

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 514

2022-04-30 19:04:24
Anjelina Joli ukrainalik qochqinlar bilan uchrashdi.

Dunyoga mashhur aktrisa Anjelina Joli Lvov shahridagi temir yoʻl vokzali yaqinida harbiy harakatlar sabab uysiz qolgan ukrainaliklar bilan uchrashdi.

@BugungiGap
11.6K views16:04
Ochish/sharhlash
2022-04-30 17:40:38
Rus harbiy kemasi suv osti minasiga tushib portlab ketdi.

Ukraina Mudofaa vazirligi Odessa shahri qirgʻoqlari yaqinida Rossiyaning Qora dengiz flotiga tegishli harbiy kemasi suv osti minasiga tushib portlab ketgani aks etgan video tasvirlarni eʼlon qildi.

@BugungiGap
12.6K viewsedited  14:40
Ochish/sharhlash
2022-04-30 17:10:12
Anjelina Jolini Ukrainadagi qahvaxonada ko‘rib qolishdi.

Video Ukrainaning Lvov shahridagi qahvaxonada suratga olingan. Anjelina Joli BMTda qochqinlar masalalari bilan shug'ullanadi. Aktrisa uysiz qolgan ukrainaliklarga yordam berishga tayyorligini bildirgan.

@BugungiGap
12.7K views14:10
Ochish/sharhlash
2022-04-30 16:52:18
O‘zbekistonliklar Ramazon hayiti munosabati necha kun dam olishadi?

Adliya vazirligining maʼlumotlariga koʻra, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 5 kun, 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar esa 4 kun dam olishadi:
– 30-aprel – shanba, dam olish kuni (6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun ish kuni)
– 1-may – yakshanba, dam olish kuni;
– 2-may – dushanba, Ramazon hayiti;
– 3–4-may – seshanba va chorshanba, qoʻshimcha dam olish kunlari (7- va 14-may, shanbadan dam olish kunlari koʻchirildi)

@BugungiGap
12.8K views13:52
Ochish/sharhlash
2022-04-30 16:10:23
Tezkor xabar: Ramazon hayiti rasman 2-may kuni nishonlanadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi Ramazon hayitining birinchi kuni 2-may – dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Shunga asoslangan holda prezidentning tegishli qarori e'lon qilindi. 3- va 4-may kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari sifatida belgilandi.

@BugungiGap
14.4K views13:10
Ochish/sharhlash
2022-04-30 15:56:10
Rossiya Ukrainaga 7,5 mlrd dollarlik raketa uchirgan.

“Forbes” agentligi o‘z hisob-kitoblariga asoslangan holda xabar berishicha, Rossiya armiyasi Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya davomida umumiy qiymati 7,5 mlrd dollardan kam bo‘lmagan 1300 ta raketa uchirgan.

@BugungiGap
12.1K views12:56
Ochish/sharhlash
2022-04-30 15:48:50
Aftidan xitoyliklar koronavirus bilan kurashishning yangi usulini oʻylab topishgan koʻrinadi.

@BugungiGap
12.0K views12:48
Ochish/sharhlash
2022-04-30 15:42:58
Xitoyda odamlarni oʻz uylariga qamab qoʻyishmoqda.

Xitoy hukumati koronavirus cheklovlariga amal qilmagan fuqarolarni oʻz uylariga qamab qoʻyishmoqda.

@BugungiGap
11.9K views12:42
Ochish/sharhlash
2022-04-30 15:33:06
Ukrainalik askarlarni AQSh harbiylari tayyorgarlikdan oʻtkazishmoqda.

AQSh Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Jon Kirbi, Germaniyada ukrainalik askarlar Kiyev tomonidan harbiy yordam sifatida olingan Amerika jihozlaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini boshlashganini maʼlum qildi.

@BugungiGap
11.8K views12:33
Ochish/sharhlash
2022-04-30 14:07:25
O‘zbekistonda o‘qituvchilarning yarmidan koʻpi yetarlicha malakaga ega emas.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondagi maktablarda 504 ming nafar o‘qituvchi ishlasa, ulardan 280 ming nafardan ortig‘i (56 foizi) yetarlicha malakaga ega emas. Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidovning soʻzlariga koʻra, qariyb 3 million bola yuqori malakali o‘qituvchilardan ta’lim olish imkoniyatiga ega emas.

@BugungiGap
12.8K views11:07
Ochish/sharhlash