Get Mystery Box with random crypto!

BUGUNGI GAP | Расмий канал

Telegram kanalining logotibi bugungigap — BUGUNGI GAP | Расмий канал
Kanaldagi mavzular:
Хайрли
Фойдали
Kanal manzili: @bugungigap
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.49M
Kanalning ta’rifi

⚡️Bugungi Gap - кун давомидаги энг долзарб, тезкор хабарлар.
📹Видео юборинг, янгилик бўлса каналда чиқарилади: @BugungiGapBot
📈Реклама: @Nurov_N1

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 515

2022-04-30 14:01:12
Turkiya NATO mashgʻulotlarida qatnashmasligini maʼlum qildi.

Turkiya harbiy-havo kuchlari vakillari 2022-yil 9–20-may kunlari Gretsiyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan NATO Tiger Meet mashg‘ulotlarida ishtirok etishdan bosh tortdi.

@BugungiGap
12.4K viewsedited  11:01
Ochish/sharhlash
2022-04-30 13:57:06
O‘zbekiston “Tolibon”ga afg‘on samolyotlari va vertolyotlarini qaytarmaydi.

Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev, O‘zbekistonga sobiq afg‘on uchuvchilari tomonidan olib o‘tilgan samolyot va vertolyotlar “Tolibon” harakatiga qaytarilmasligini ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyot va vertolyotlar AQSh mulki hisoblanib, Afg‘oniston sobiq hukumatiga vaqtinchalik foydalanish uchun topshirilgan.

@BugungiGap
12.3K views10:57
Ochish/sharhlash
2022-04-30 13:45:41
Old oʻnirdigʻida xavfsizlik kamarini taqmasdan oʻtirgan yoʻlovchi jarima toʻlaydimi?

Koʻpchilikni qiziqtiradigan mazkur savolga yurist tomonidan javob berildi.

@BugungiGap
13.0K views10:45
Ochish/sharhlash
2022-04-30 13:13:17
Toshkent shahar hokimi drift ishqibozlari uchun maxsus joylarni tashkil etishni taklif qildi.

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poyga ishqibozi bo‘lgan poytaxt yoshlarining qiziqishi va takliflarini o‘rganib, ular uchun maxsus joy tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish topshirig‘ini berdi. Poytaxt hokimi Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Aziz Toshpo‘latovga poytaxt ko‘chalarida poyga va drift qiladigan avtomashina haydovchilarini 5-10 sutkaga qamab qo‘ymasdan, ular bilan suhbatlashib, qiziqishlarini o‘rganish kerakligini aytgan.

@BugungiGap
12.6K views10:13
Ochish/sharhlash
2022-04-30 13:13:17
Toshkentda qiz bola begemotning qafasiga kirib, unga tosh otdi.

Hodisa Toshkent hayvonot bog‘ida sodir bo‘lgan. Videoda qiz bola begemotga tayoq uloqtirgani, so‘ng uning og‘ziga tosh otganini ko‘rish mumkin. Atrofdagilar bu veqeaga shunchaki tomoshabin boʻlishdi.

@BugungiGap
12.4K views10:13
Ochish/sharhlash
2022-04-30 12:03:55
Post Sovet davlatlarida Ikkinchi Jahon urushi faxriylariga 9-may Gʻalaba kuni munosabati bilan beriladigan pul mablagʻlari.

@BugungiGap
13.7K views09:03
Ochish/sharhlash
2022-04-30 10:56:26
AQSh rossiyalik mutaxassislarni oʻziga ogʻdirib olmoqchi.

“Bloomberg” agentligining maʼlumotlariga koʻra, Oq uy rossiyalik oliy maʼlumotli mutaxassislarni AQShda ishlashga jalb qilish uchun ayrim viza talablarini olib tashlash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Qo'shma Shtatlar yarimo'tkazgichlar, kosmik texnologiyalar, kiberxavfsizlik, ilg'or texnologiyalar va kompyuter tizimlari, yadro texnologiyalari, sun'iy intellekt, raketa dvigatellarini ishlab chiqish va boshqalar bo'yicha oliy ma'lumotga ega bo'lgan rossiyalik mutaxassislarni AQShga jalb qilmoqchi.

@BugungiGap
13.8K viewsedited  07:56
Ochish/sharhlash
2022-04-30 10:40:51
AQShda kuchli tornado kuzatilmoqda.

Kanzas shtatining Andover shahrida kuchli tornado kuzatilmoqda. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yuzga yaqin turar-joy binolari vayron boʻlgan. Jabrlanganlar haqida hozircha xabar berilmagan.

@BugungiGap
13.9K views07:40
Ochish/sharhlash
2022-04-29 20:26:23
1-maydan yoʻllarda yangi yoʻl belgilari paydo boʻladi.

Bu yoʻl belgilari haydovchiga Masjid, Cherkov, Ibodatxona, bozor va shunga oʻxshash obyektlar haqida maʼlumot beradi.

@BugungiGap
9.8K viewsedited  17:26
Ochish/sharhlash
2022-04-29 20:01:53
“Keksa yoshdagi aholi moddiy qoʻllab-quvvatlanadi” – prezident.

Shavkat Mirziyoyev mutasaddilar bilan yigʻilishda pensiya va nafaqalar oshirilishi hamda Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilarini moddiy ragʻbatlantirish haqida gapirdi.

@BugungiGap
10.6K viewsedited  17:01
Ochish/sharhlash