Get Mystery Box with random crypto!

BUGUNGI GAP | Расмий канал

Telegram kanalining logotibi bugungigap — BUGUNGI GAP | Расмий канал
Kanaldagi mavzular:
Diqqat
Тарқатинг
آنا
Расман
Тезкор
Хайрли
Фойдали
All tags
Kanal manzili: @bugungigap
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.73M
Kanalning ta’rifi

⚡️Bugungi Gap - кун давомидаги энг долзарб, тезкор хабарлар.
📹Видео юборинг, янгилик бўлса каналда чиқарилади: @BugungiGapBot
📈Реклама: @Nurov_N1

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 533

2022-04-27 13:22:02
Prezident topshirig‘iga muvofiq “UzAuto Motors” ishlab chiqarish hajmini oshirdi.

“UzAuto Motors” zavodida pandemiyagacha bo‘lgan ishlab chiqarish hajmlari tiklanib, yil boshida shartnoma tuzilgan avtomobillarning 92 foizi (82 300 donadan ortiq avtomobil) oʻz egalariga shartnomada ko‘rsatilgan muddatdan bir necha oy oldin topshirilgan.

@BugungiGap
13.6K views10:22
Ochish/sharhlash
2022-04-27 12:30:55
Rossiyada 46 ta “Sarmat” raketa komplekslari quriladi.

“Roskosmos” Bosh direktori Dmitriy Rogozin 46 ta “Sarmat” raketa komplekslarini qurish rejalashtirilganini maʼlum qildi. Oldinroq Rossiya “Sarmat” qitʼalararo ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazgan edi. “Sarmat” eng kuchli qitʼalararo ballistik raketa hisoblanadi.

@BugungiGap
14.1K viewsedited  09:30
Ochish/sharhlash
2022-04-27 11:44:01
Qashqadaryoda ayiq bolasini o‘ldirgani aytilgan fuqaro topildi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi inspektorlari va tuman IIB xodimlari bilan birgalikda olib borilgan tezkor qidiruv natijasida gumondor shaxslar Dehqonobod tumanida yashovchi fuqaro ekani aniqlangan. Ayiq bolasi terisini saqlab kelgan fuqaroning so‘zlariga ko‘ra, u ayiq bolasini o‘lik holda topgan. Bu holatga aniqlik kiritish maqsadida ayiq bolasi terisi ekspertizadan o‘tkaziladi.

@BugungiGap
14.6K viewsedited  08:44
Ochish/sharhlash
2022-04-26 21:09:57
Chiroqchida fuqaro YPX xodimining pagoni va bodi kamerasini yulib oldi.

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida fuqarolar xizmat vazifasini bajarayotgan YPX xodimlarning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan faol qarshilik ko‘rsatib, inspektorning xizmat kiyimidan pagoni, bodi kamerasi va ko‘krak nishonini yulib olgan. Xodimlar tomonidan qo‘shimcha kuchlar chaqirtirilib, jamoat tartibi tiklangan. YPX xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatgan 4 nafar fuqaro qoʻlga olinib, ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

@BugungiGap
9.0K viewsedited  18:09
Ochish/sharhlash
2022-04-26 20:43:48
BMT Bosh kotibi Guterrishning Putin bilan uchrashuvdagi bayonotlari:

– Biz Ukraina hududiga bosqin bo'lgan deb hisoblaymiz;
– Rossiya Federatsiyasining Ukraina va Yevropa va global xavfsizlik mavzularida da'volari borligini tushunaman, lekin ular BMT Nizomi asosida hal qilinishi kerak;
– “Azovstal”dan odamlarni evakuatsiya qilish masalasini hal qilish zarur;
– Biz gumanitar koridorlar bo‘yicha BMT-Rossiya-Ukraina aloqa guruhini yaratishni taklif qilamiz.

@BugungiGap
9.5K views17:43
Ochish/sharhlash
2022-04-26 20:38:06
Vladimir Putin BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Putinning uchrashuvda aytgan asosiy gaplari:
– Ukrainadagi barcha muammolar 2014-yilgi davlat to‘ntarishidan so‘ng paydo bo‘lgan.
– Rossiya Donbassda insonlarning genotsid bo‘lishining oldini olish maqsadida DXR va LXRni tan olishga majbur bo‘ldi.
– Biz Buchadagi provokatsiyani kim tayyorlaganini, bu insonlar kimligini bilamiz.

@BugungiGap
9.6K views17:38
Ochish/sharhlash
2022-04-26 19:21:25
Endi avtomobillarga har xil Led lampalarini oʻrnatib boʻlmaydi.

Endilikda ishlab chiqarilishi toʻxtatilgan yengil avtomobillarga foydalanishda boʻlgan transport vositalarining yoritkichlarni oʻrnatish ruxsat etiladi.

@BugungiGap
12.0K viewsedited  16:21
Ochish/sharhlash
2022-04-26 19:21:16
Tramp har kuni sudga 10 ming dollar toʻlashga hukm qilindi.

Nyu-York sudi AQSh sobiq prezidenti Donald Trampni “Trump Organization” kompaniyasi sodir etgan ehtimoliy jinoyatlarni tergov qilish doirasida sudga hujjatlarni taqdim etmagani uchun har kuni 10 ming dollardan jarima to‘lashga hukm qildi. Tramp bu jarimani sud talabini bajarmaguniga qadar to‘laydi.

@BugungiGap
11.0K views16:21
Ochish/sharhlash
2022-04-26 17:39:55
Yurtimiz bo‘ylab sayohat qilayotgan fuqarolarga chegirmalar taqdim etiladi.

1-sentyabrdan boshlab, yurtimiz bo‘ylab sayohat qilayotgan fuqarolarga:
– avia, temiryo‘l va avtobus chiptalari narxining 15 foizini (aviatransportga 200 ming so‘mgacha, temir yo‘l va avtobusga 100 ming so‘mgacha);
– mehmonxona xarajatining 20 foizini (bir kecha uchun – 80 ming so‘mgacha);
– muzey va boshqa madaniyat ob’yektlariga chipta narxining 50 foizini (bitta ob’yekt uchun – 20 ming so‘mgacha) qaytarish tizimi joriy etiladi.
Bayram kunlari qo‘shimcha avia, temiryo‘l va avtobus qatnovini tashkil etish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bunda chiptalarga 50 foizgacha chegirmalar joriy qilinadi.

@BugungiGap
12.8K views14:39
Ochish/sharhlash
2022-04-26 17:10:55
Tezkor xabar: Ramazon hayitida oʻzbekistonliklar 5 kun dam olishadi.

Prezident matbuot kotibi xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Ramazon hayiti munosabati bilan aholiga 5 kunlik dam olish berilishi ma'lum qilindi.

@BugungiGap
14.1K viewsedited  14:10
Ochish/sharhlash