Get Mystery Box with random crypto!

BUGUNGI GAP | Расмий канал

Telegram kanalining logotibi bugungigap — BUGUNGI GAP | Расмий канал
Kanaldagi mavzular:
Diqqat
Бужудамуҳим
Ого
آنا
Хайрли
Даҳшат
Долзарб
Фойдали
All tags
Kanal manzili: @bugungigap
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.68M
Kanalning ta’rifi

⚡️Bugungi Gap - кун давомидаги энг долзарб, тезкор хабарлар.
📹Видео юборинг, янгилик бўлса каналда чиқарилади: @BugungiGapBot
📈Реклама: @Nurov_N1

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 512

2022-05-12 15:17:48
AQSh Afgʻonistonga yana harbiylarini kirgizishi mumkin.

Pentagon agar Qoʻshma Shtatlar Afgʻonistonda milliy xavfsizlikka tahdid yuzaga kelganini koʻrsa, bu mamlakatga yana zarba berishga tayyorligini bildirdi.

@BugungiGap
11.9K views12:17
Ochish/sharhlash
2022-05-12 14:43:54
Baʼzi oʻqituvchilarga 50 foizlik ustama toʻlanadi.

Oʻzbekistonda oʻz fani boʻyicha xalqaro yoki milliy sertifikatga ega boʻlgan oʻqituvchilarga 50 foizgacha ustama toʻlanadi. Shuningdek, kutubxona xodimlari oyligi 1,2 baravarga oshiriladi. Bu toʻgʻrisida prezident farmoni qabul qilindi.

@BugungiGap
12.5K viewsedited  11:43
Ochish/sharhlash
2022-05-12 13:53:36
Surxondaryoda 4-5 balli zilzila ro'y berdi.

FVV zilzila episentri Surxondaryo viloyati Boysun tumanida kuzatilganini xabar qildi. Respublika boʻylab zilzila kuchi:
– Toshkent shahri: 2-3 ball;
– Toshkent viloyati: 2-3 ball;
– Samarqand: 3-4 ball;
– Surxondaryo: 4-5 ball;
– Qashqadaryo: 4 ball;
– Jizzax: 3 ball;
– Navoiy: 3 ball;
– Buxoro: 3 ball;
– Sirdaryo: 3 ball;
– Farg‘ona: 2 ball.

@BugungiGap
14.5K viewsedited  10:53
Ochish/sharhlash
2022-05-12 13:42:16
Oʻzbekistonda kuchli yer silkinishi kuzatildi.

Hozirgina, 15:27 da Oʻzbekistonda kuchli zilzila qayd etildi. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida zilzila kuchliroq sezildi.

@BugungiGap
13.1K viewsedited  10:42
Ochish/sharhlash
2022-05-12 13:07:22
“Tonirovka” uchun toʻlovni bekor qilmaslik sababi tushuntirildi.

Taʼkidlanishicha, agar bola oynalari qoraytirilgan avtomobilda yursa, u dunyoni barcha ranglarda koʻra olmaydi va bu uning dunyoqarashiga salbiy taʼsir qiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda koʻpchilik bu soʻzlardan norozi boʻlmoqda.

@BugungiGap
14.4K viewsedited  10:07
Ochish/sharhlash
2022-05-12 12:40:21
Oʻzbekistonda inson aʼzolari va toʻqimalari transplantatsiyasiga ruxsat berildi.

O‘zbekistonda “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Qayd etilishicha, qonunning maqsadi inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Hujjatga ko‘ra, tirik donordan yoki inson murdasidan olingan inson a’zolari va to‘qimalari transplantatsiya obyektlari bo‘lishi mumkin.

@BugungiGap
13.1K views09:40
Ochish/sharhlash
2022-05-12 12:08:18
Toshkentda eksklyuziv avtomobillar shousi oʻtkazildi.

Toshkentda boʻlib oʻtgan eksklyuziv avtomobillar kolleksiyasida Ferrari 488, Lamborghini kabi qimmatbaho avtomobillar namoyish qilindi.

@BugungiGap
12.9K views09:08
Ochish/sharhlash
2022-05-12 11:21:28
Finlyandiya NATO a’zoligi uchun ariza topshirdi.

“Umid qilamizki, bu qaror yaqin kunlarda qabul qilinadi”, – dedi Finlyandiya prezidenti va bosh vaziri qo'shma bayonotda. Shvetsiya ham 16-may, dushanba kuni NATO aʼzoligi uchun ariza topshirishni rejalashtirmoqda.

@BugungiGap
13.0K views08:21
Ochish/sharhlash
2022-05-12 10:22:17
Qarshida Islom Karimov hayotiga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi.

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi. Unda Tatyana Karimova ham ishtirok etdi.

@BugungiGap
13.4K views07:22
Ochish/sharhlash
2022-05-04 21:47:45
“Qamchiq” dovoni avtomobillar qatnovi uchun vaqtincha yopildi.

Bu bo‘yicha FVV ma’lumot berdi. Kuchli yomgʻir natijasida “Qamchiq” dovonida sel oqimlari kuzatilgan. Shu sababdan yo‘lning bir tomonida yig‘ilib qolgan sel qoldiqlarini tozalash maqsadida “Qamchiq” dovoni vaqtincha yopilgan.

@BugungiGap
7.4K viewsedited  18:47
Ochish/sharhlash