Get Mystery Box with random crypto!

BUGUNGI GAP | Расмий канал

Telegram kanalining logotibi bugungigap — BUGUNGI GAP | Расмий канал
Kanaldagi mavzular:
Тезкор
آنا
Даҳшат
Фойдали
Diqqat
Тарқатинг
Хушхабар
Долзарб
Хайрли
All tags
Kanal manzili: @bugungigap
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.06M
Kanalning ta’rifi

⚡️Bugungi Gap - кун давомидаги энг долзарб, тезкор хабарлар.
📹Видео юборинг, янгилик бўлса каналда чиқарилади: @BugungiGapBot
📈Реклама: @Nurov_N1

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 516

2022-04-25 18:00:50
Sanksiyalar kuchaysa Rossiya arogʻi Oʻzbekistonga joʻnatilishi mumkin.

Agar Ukrainadagi harbiy harakatlar sabab Rossiyaga qarshi qoʻllanilgan sanksiyalar kuchayishda davom etsa, Yevropaga atalgan spirtli ichimiliklar O‘zbekiston, Ozarbayjon, Xitoy, Armaniston va Belarus bozorlariga joʻnatilishi mumkin.

@BugungiGap
14.2K viewsedited  15:00
Ochish/sharhlash
2022-04-25 16:52:13
Haydovchilik staji 2 yildan kam boʻlgan haydovchilar avtomobilida “ ” belgisi boʻlishi shart.

1-maydan yangilangan tahrirdagi Yoʻl harakati qoidalariga muvofiq, “Haydovchilik malakasi yetarli boʻlmagan” yaʼni haydovchilik tajribasi 2 yildan kam boʻlgan haydovchilar boshqarayotgan mexanik transport vositalarida “ ” belgisining tasviri tushirilgan, sariq rangli, tomonlari 150 millimetrlik kvadrat koʻrinishidagi belgi boʻlishi shart.

@BugungiGap
14.3K viewsedited  13:52
Ochish/sharhlash
2022-04-25 16:14:58
Turkiyada samolyot halokatga uchradi.

Turkiyaning Bursa shahridagi aeroport yaqinida samolyot halokatga uchradi. Hozircha halokat tafsilotlari va qurbonlar toʻgʻrisida hech qanday maʼlumot berilmagan.

@BugungiGap
13.6K views13:14
Ochish/sharhlash
2022-04-25 16:07:44
O‘zbekistonlik bloger 411 ming dollarga sotib olgan NFT o‘g‘irlangan ekan.

O‘zbekistonlik bloger A’zam Xodjayev 411 ming dollarga maymun tasvirlangan NFT kartinasini sotib olgan, biroq keyinchalik aniqlanishicha NFT kartina o‘g‘irlangan boʻlib chiqdi. Hozirda kartina bloklangan va undan foydalanishning imkoni yoʻq.

@BugungiGap
13.4K views13:07
Ochish/sharhlash
2022-04-25 14:34:18
Dunyodagi eng keksa ayol 119 yoshda vafot etdi.

Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng keksa ayol sifatida kirgan yaponiyalik Kane Tanaka shu yilning yanvar oyida 119 yoshga kirgan edi.

@BugungiGap
14.3K views11:34
Ochish/sharhlash
2022-04-25 14:07:11
Oʻzbekistonda 9-mayda harbiy parad oʻtkazilmaydi.

Oʻzbekiston respublikasi Mudofaa vazirligi 9-may Xotira va qadrlash bayrami arafasida hech qanday harbiy parad oʻtkazilmasligini maʼlum qildi.

@BugungiGap
13.8K views11:07
Ochish/sharhlash
2022-04-25 13:50:35
Turmush qurayotgan shaxslar molekulyar-genetik test topshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining qaroriga asosan, 2023-yil 1-iyuldan boshlab nikoh qurish uchun ariza topshirgan shaxslar molekulyar-genetik testdan oʻtkaziladi. Bu jarayonlar Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi hamda uning hududiy boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.

@BugungiGap
13.8K views10:50
Ochish/sharhlash
2022-04-25 13:32:36
Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronni tabrikladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronni ushbu mamlakatda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida g‘alaba qozongani bilan tabrikladi.

@BugungiGap
13.5K views10:32
Ochish/sharhlash
2022-04-25 13:19:01
Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi.

Bu yil ham abituriyentlar 5 ta fandan imtihon topshiradi. Maksimal ball – 189 ball.
Majburiy fanlar boʻyicha:
Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), Matematika, O‘zbekiston tarixi — 10 tadan savol, 1,1 balldan. Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball — 33 ball.
Bakalavriat taʼlim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:
1-fan — 30 ta savol, 3,1 balldan, 93 ball.
2-fan — 30 ta savol, 2,1 balldan, 63 ball. Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball — 156 ball.

@BugungiGap
13.5K viewsedited  10:19
Ochish/sharhlash
2022-04-25 13:03:44
Shifokorlarga har oy qo‘shimcha 2 million so‘m ustama toʻlanadi.

Prezident qaroriga muvofiq, 2022-yil 1-iyuldan olis va chekka hududlardagi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda faoliyat yuritayotgan barcha shifokorlar oylik ish haqiga qo‘shimcha 2 million so‘m miqdorida har oylik ustama belgilanadi hamda ularga ipoteka asosida uy-joy sotib olishda uy-joy qiymatining 50 foizigacha qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobaridan oshmagan miqdorda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. Olis va chekka hududlarda uzluksiz 3 yil ishlagan shifokorlar klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilinadi.

@BugungiGap
13.6K views10:03
Ochish/sharhlash