Get Mystery Box with random crypto!

BUGUNGI GAP | Расмий канал

Telegram kanalining logotibi bugungigap — BUGUNGI GAP | Расмий канал
Kanaldagi mavzular:
Diqqat
Тарқатинг
آنا
Расман
Тезкор
Хайрли
Фойдали
All tags
Kanal manzili: @bugungigap
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.73M
Kanalning ta’rifi

⚡️Bugungi Gap - кун давомидаги энг долзарб, тезкор хабарлар.
📹Видео юборинг, янгилик бўлса каналда чиқарилади: @BugungiGapBot
📈Реклама: @Nurov_N1

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 534

2022-04-26 16:42:15
Qashqadaryoda qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq bolasi o‘ldirilgani aytilmoqda.

Ekologiya qo‘mitasi kecha, 25-aprel kuni Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanining tog‘li hududida Qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ona ayiq va uning 2 ta bolasi topilganini xabar qilgan edi. Bugun, ana o‘sha ayiq bolalaridan biri o‘ldirilgani haqida xabar tarqaldi.

@BugungiGap
13.0K views13:42
Ochish/sharhlash
2022-04-26 16:42:15
BMT ukrainalik qochqinlar sonini maʼlum qildi.

Birlashgan millatlar tashkilotining maʼlumotlariga koʻra, Ukrainada 7,7 million kishi qochqinga aylangan. Mamlakatning har oltinchi fuqarosi oʻz yashash uyini tark etishga majbur boʻlgan.

@BugungiGap
12.3K views13:42
Ochish/sharhlash
2022-04-26 16:02:36
Toshkentda ijaraga beriladigan elektr samokatlar paydo boʻldi.

Toshkent shahrida ijaraga berish uchun moʻljallangan elektr samokatli bekatlar tashkil etildi. Ijara narxi soatiga 65 ming soʻm.

@BugungiGap
12.8K views13:02
Ochish/sharhlash
2022-04-26 15:58:47
“Andijon polkasi”ga raqsga tushish uchun toqqa chiqqan oʻquvchilar.

Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumanida yuzlab oʻquvchilar toqqa chiqib “Andijon polkasi”ga raqsga tushishayotgani aytilmoqda.

@BugungiGap
12.9K views12:58
Ochish/sharhlash
2022-04-26 14:31:23
Pentagon rahbari Rossiya zaiflashishi kerak deb aytdi.

AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostinning aytishicha, Amerika Rossiya zaiflashganini ko‘rmoqchi. Shuningdek, AQSh Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidek, boshqa hech bir davlatga hujum qilmaydigan darajagacha zaiflashishini xohlaydi.

@BugungiGap
13.3K views11:31
Ochish/sharhlash
2022-04-26 14:31:23
Bolgariya Bosh vaziri Ukrainaga yordam berish uchun xalqni oylik maoshidan voz kechishga chaqirdi.

Ukrainaga yordam berish uchun Bolgariya Bosh vaziri Kiril Petkov oʻz maoshidan voz kechdi. U Bolgariya xalqini ham shunday qilishga chaqirdi. Vazir barcha yigʻilgan pullar Ukraina armiyasiga qurol-yaroq sotib olish uchun sarflanishini maʼlum qilgan.

@BugungiGap
13.0K views11:31
Ochish/sharhlash
2022-04-26 13:50:31
Qashqadaryoda kuchli sel keldi.

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining togʻli hududida joylashgan qishloqqa kuchli sel keldi. Qishloq maktabi hududini suv bosgani aytilmoqda.

@BugungiGap
13.3K views10:50
Ochish/sharhlash
2022-04-26 13:38:40
“Andijon polkasi”ga raqsga tushish boshlab yuborildi.

Andijon viloyati hokimining topshirigʻiga binoan maktablarda oʻqituvchi va oʻquvchilar “Andijon polkasi”ga raqsga tushishmoqda.

@BugungiGap
14.3K views10:38
Ochish/sharhlash
2022-04-26 13:01:52
BMT Bosh kotibi Moskvaga yetib keldi.

Ayni paytda Moskva shahrida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterish oʻrtasida muzokaralar boshlandi. Keyin Gutterish Putin bilan uchrashuv oʻtkazadi.

@BugungiGap
13.3K views10:01
Ochish/sharhlash
2022-04-25 20:00:25
Rossiya AQShdan Ukrainaga qurol yubormasligini talab qildi.

Moskva Vashingtonga Kiyevga qurol yetkazib berishni to‘xtatish talabi bilan nota yubordi. Bu haqda Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov ma’lum qilgan. Antonovning ta’kidlashicha, AQSh vaziyatni og‘irlashtirishga harakat qilmoqda.

@BugungiGap
10.4K views17:00
Ochish/sharhlash